O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innavatsiyalar vazirligi


Download 1.19 Mb.
bet8/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1548196
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ABDUKARIMOVA FERUZA

Sanchuvchi-so‘ruvchi tipdagi og‘iz organi o‘simlik tanasini teshib, sharbat yoki hayvon tanasidan qon so‘rib oziqlanadigan hasharotlar (qandalalar, iskabtoparlar, oqqanotlar, bezgak chivinlari, o‘simlik qandalalari, shiralar va h. k lar) da rivojlangan. Bu xildagi og‘iz apparati sanchuvchi-so‘ruvchi ignalar va mazkur ignalarni himoya qiluvchi qinlardan tarkib topgan. Ustki lab kaltaroq, ostki lab esa mazkur ignalarni himoya etuvchi tarnovsimon “qin” ga aylangan. Lekin bularda mazkur “tarnov” qon so‘rishga ham yordam beradi. O‘simlik sharbatini so‘ruvchi yoki suvda yashovchi qandalalarda ham mazkur organ ko‘rsatilgan.
Turli hayvonlar yoki odam tanasidan qon so‘rib oziqlanadigan hasharotlarda sanchuvchi ignalar uzun, o‘tkir va ko‘pincha beshta bo‘ladi. Mazkur sanchuvchi- suruvchi ignalarni himoya qiladigan ustki qin (ustki lab) bo‘laklari ham ancha uzun va mustahkam tuzilgan. Hasharot qon (yoki o‘simlik sharbati) so‘rish vaqtida ignalarni “qin” dan ajratib, teri (yoki gulga) sanchadi va qon yoki sharbatni so‘rib oladi.
So‘ruvchi yoki xartumcha tipidagi og‘iz apparati faqat gul sharbatini so‘rib oziqlanadigan hasharotlar – kapalaklarda rivojlangan. Bularda bir juft ostki jag‘ kuchli darajada o‘zgarib, ikkita uzun tarnov shaklidagi hartumchaga aylangan. Gul sharbatini so‘rish vaqtida og‘izning ikki yon tomonidagi tarnovchalar tutashib uzun naycha (“xartumcha”) xosil qiladi. So‘rish tamom bo‘lgandan keyin esa hasharot hartumchasini o‘rab oladi. Bularda xartumchaga aylangan ostki jag‘dan boshqa og‘iz organlari – ustki lab, ustki jag‘ va ostki lab rivojlangan. Faqat jag‘ning paypaslovchilari saqlangan bo‘lib, u sezish (maza bilish) organi bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa xil qon so‘ruvchi hasharotlar masalan, so‘nalarda sanchuvchi va qon so‘rib oluvchi organ sifatida tarnovchaga aylangan ostki va ustki lab, ba’zilarida esa ustki lab va ostki jag‘dan hosil bo‘lgan xartumcha xizmat qiladi.
Ko‘krak oyoqlari hamma turlarida ko‘rsatib o‘tilgan bosh qism-dumg‘azacha, o‘ynog‘ich, son, boldir va kurakcha (“kaft”) dan tuzilgan bo‘lsa ham hasharotning yashash sharoiti va hayotiga qarab oyoq qismlari turlicha o‘zgargan. Yer qazuvchi buzoqboshlarda u kalta bo‘g‘im va o‘tkir yapaloq tirnoqchali bo‘lsa, sakrab harakatlanuvchilar orqa oyoqlari uzun va kuchli muskullidir. Suvda yashovchi qandala – gladish va suv qo‘ng‘izlarida oldingi oyoqlar yapaloq – kuraksimon bo‘lsa, gul changlarini to‘plovchi asalarilarining son qismida maxsus “savatcha” hosil bo‘lgan.
Qanotlar ham turli hasharotlarda turlicha o‘zgargan. Uchqir hasharot– so‘zanak (ignachi) da qanot hajmi (sathi) kattalashib, yupqa va yengillashgan. Ba’zi turlar (masalan, chigirtkalar) da ham ostki qanot ko‘p martaba kattalashgan. Qandalalarda ustki qanotining tanaga yopishgan qismi xitinlashib, tanani himoya qilishga yordam beradi. Kapalaklarda esa juda nozik qanotining sathi turli shakldagi yengil “tangacha” lar bilan qoplangan. Qo‘ng‘izlarning hamma turlarida faqat ostki yupqa qanot uchishga yordam beradi. Ustki qanot bularda qalin – xitinlashgan; u ostki qanotini va qorinchani yopib, himoya vazifasini o‘taydi.
Pashshalarda faqat bir juft ustki qanot saqlangan bo‘lib, ostki qanotining kalta qoldig‘i uchganda ovoz chiqaruvchi (“vizildoq”) organga aylangan. Nihoyat bir qancha hasharotlarda butunlay yo‘qolgan.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling