O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innavatsiyalar vazirligi
Download 1.19 Mb.
|
ABDUKARIMOVA FERUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hasharotlarning ko‘rayishi va rivojlanishi
Maza bilish organi yuqorida ko‘rsatilganidek ostki jag‘, ostki lab paypaslovchilarida, mazkur organlarning maxsus tukchalari va o‘simtalarda va og‘iz-halqum bo‘shlig‘ida joylashgan. Kapalak va pashshalar esa moddalarning mazasini oyoq kurakchalari yordami bilan tez aniqlay oladi. Hasharotlarda maza bilish xususiyati insonga nisbatan bir necha marta kuchli taraqqiy etgan bo‘lib ular shirin, achchiq, nordon, sho‘r ta’mni oson va xatosiz aniqlaydi.
Hasharotlar hayotda havo yoki suv haroratni sezish alohida ahamiyatga ega. Binobarin ularda havo haroratinining o‘zgarishini aniqlovchi organ rivojlangan. Mazkur organ chigirtka va ba’zi boshqa hasharotlarda mo‘ylovining ostki bo‘g‘imida joylashgan bo‘lsa, suvarak harorat o‘zgarishini oyoq kurakchalardagi o‘simtalar vositasida aniqlaydi. Ko‘p hasharotlarda uchish vaqtida qanot harakati tezligini va tananing holatini aniqlovchi muvozanat organi, uchish tezligini boshqaruv organlari taraqqiy etgan. Uchqur hasharotlarda ayniqsa bu organlar yaxshi rivojlangan. Bir qancha hasharotlar, xususan polimorf koloniya holda yashovchi turlar (asalarilar, arilar, termitlar, chumolilar) da turli signal sistema vositasi vujudga kelgan. Ishchi asalarilar o‘rtasidagi oziq izlovchi arilar uyaga kelishi bilan oziq manbai joylashgan joyini turli xil harakat (“raqs”) vositasida “xabar qilib” ko‘rsatib beradi. Chumolilar hayotini yaxshi o‘rgangan rus olimi Marikovskiy “ishchi” chumolilarda 20 dan ortiq harakat bilan bildiriladigan signallar mavjudligini aniqlangan. Keltirilgan faktlar hasharotlarda nerv va sezuv organlar faoliyati nihoyatda yaxshi rivojlanganligini ko‘rsatadi. Hasharotlar ko’payishi va rivojlanishi.Hasharotlarning ko‘rayishi va rivojlanishi - turli hasharotlarda turlicha boradi. Suvaraklarda va boshqa bir qancha turlarida jinsiy dimorfizm rivojlangan. Lekin, ko‘pchilik hasharotlar, sirtdan qaraganda, erkak va urg‘ochilari o‘xshash bo‘ladi. Shu bilan birga koloniya hosil qilib yashovchi hasharotlarda koloniyadagi individ (fard) lar turlicha tuzilgan, ya’ni polimorfizm hodisasi vujudga kelgan. Hasharotlarning ko‘pchiligi otalangan tuxum qo‘yib ko‘payadi. Shiralar va boshqa bir qancha hasharotlarning bir qancha avlodi otalanmaydigan tuxum qo‘yib, partenogenez yo‘li bilan ko‘paysa, ikkinchi xil avlodlari erkaklar ishtirokida otalanib rivojlanadi. Juda ko‘p turlarining tuxumi ma’lum darajada yirik bo‘lganidan undan embrionning rivojlanishi uchun yetarli oziq – sariqlik bo‘ladi. Tuxum qobig‘ida mayda – mikropille teshikchalar bo‘lib, bu spermatazoid kirishini osonlashtiradi. Otalangan tuxum sirtqi maydalanish shaklida rivojlanadi. Hosil bo‘lgan dastlabki ho‘jayralarning bir tomonida embrion chizig‘i degan yirik hujayralar yetishib, so‘ngra bu “chiziq” sariqlikning ichiga o‘sib kiradi. Qayrilgan joyda hujayralarning o‘sib, qo‘shilishi natijasida tashqi – seroza qavati va ichki – entoderma hosil bo‘ladi. Keyinchalik ichga qayrilib kirgan hujayralaridan mezoderma yetishadi (keyinchalik mezodermadan muskullar, jinsiy organlar, qon aylanish sistemasi, yurak va tomirlar) rivojlanadi. Ko‘rsatilgan davrlar tuxum qobig‘ining ichida boradi. Bu davrn embrion rivojlanishi deb nomlangan. Hozirgi davrda yashayotgan hamma qanotli hasharotlarning tuxumdan chiqqan avlodi voyaga yetganlari (imago) ga o‘xshamagan lichinka shaklida bo‘lib, u embrion so‘nggi rivojlanish davrini o‘tib, taraqqiy etadi. Lekin mazkur lichinkaning embrion so‘nggi taraqqiyoti ikki xil yo‘nalishda: 1-tadrijiy yoki chala o‘zgarib rivojlanishi va 2-birdaniga to‘la o‘zgarib rivojlanish yo‘nalishida boradi. Tadrijiy yoki chala rivojlanadigan hasharotlar (suvaraklar, termitlar, so‘zanaklar, birkunlilar, to‘g‘ri qanotlilar, bitlar) ning tuxumdan chiqqan lichinkalari ko‘p jihatdan katta yoshlilari (imagosi) ga o‘xshagan bo‘lib, u asta – sekin po‘st tashlab o‘sgan sari voyaga yetgan avlodlariga o‘xshab boradi. Boshqacha qilib aytganda bularning taraqqiyoti davrida keskin (to‘liq) o‘zgarishlar ro‘y bermaydi. Birdaniga yoki to‘liq o‘zgarish bilan taraqqiy etadigan hasharotlar (buloqchilar, qo‘ng‘izlar, kapalaklar, ikki qanotlilar, burgalar) ning tuxumdan chiqqan lichinkalari esa voyaga yetgan avlodlariga sira o‘xshamagan – qurt shaklida bo‘lib, u ko‘p jihatdan ko‘p oyoqlilarga o‘xshaydi. Bu xildagi lichinkaning og‘iz apparati kavshovchi tipda, qorincha qismida oyoqchalar bo‘lishi va ko‘pchiligini voyaga yetgan hasharotga nisbatan boshqacha hayot kechirishi harakterlidir. Bir necha po‘st tashlab bu xildagi lichinka o‘zida ma’lum oziq zapasi hosil etgach, birdan (keskin) o‘zgarib, g‘umbak davriga o‘tadi. Ko‘p hasharotlarda g‘umbak harakatsiz (yoki kam harakat) bo‘lib, bu davrda lichinkaning juda ko‘p ichki organlari qaytadan quriladi. Qorincha oyoqlari yo‘qolib, og‘iz apparati qaytadan taraqqiy etadi. (Shuning uchun ham g‘umbak davrida lichinka, ko‘pincha harakatsiz, u oziqlanmay, zapas oziq – yog‘ tanachalari hisobiga yashamaydi). Mazkur katta o‘zgarishlar natijasida g‘umbak ohirgi marta po‘st tashlab imagoga aylangan. Ba’zi hasharotlarning g‘umbak harakatchan bo‘lsa-da, ko‘pchilik turlarda bu davr harakatsiz yoki harakat bo‘lishi tabiiydir. Bir qancha hasharotlar (ko‘pincha kapalaklar va ba’zi qo‘ng‘izlar)ning g‘umbaklari maxsus ajratilgan toladan o‘ralgan pilla ichida himoyalangan bo‘lsa, bo‘chkasimon g‘umbaklarni qalin xitin qavati tashqi muhit ta’siridan saqlaydi. To‘liq o‘zgarish bilan taraqqiy etish mazkur guruh hasharotlarning so‘nggi evolyutsiyasi natijasida vujudga kelgan o‘ziga xos layoqatlanish nihoyatda ko‘plab ko‘payishini muvofiqlashtirgandir. To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar to‘liq metamorfozni o‘tab rivojlanadi. Bunda ontogenez “tuxum – lichinka – g‘umbak - imago” stadiyalarini o‘taydi. Metamorfoz davri turli hasharotlarda turlicha bo‘ladi. Ba’zilarida lichinkalik davri juda uzoq davom etadi, voyaga yetganda qisqa umr ko‘radi. Turlari tabiatda juda keng tarqalgan. Xozirgi vaqtda 1 mln.ga yaqin hasharot turi borligi fanga ma’lum. Ular 1,5 mln.dan kam emas degan fikrlar ham mavjud, chunki har yili 7-8 ming tur (yangi) aniqlanmoqda O‘zbekistonda 17000 dan oshiqroq hasharot turi uchraydi. Shundan ikki qanotlilarni dunyoda 120000 turi uchrasa, O‘zbekistonda 10000 turi uchraydi. Qattiqqanotlilarni 250000 turidan – 3000 turi; tangacha qanotlilarilarni 150000 turidan 1500 turi; Pardaqanotlilarni 300000 turidan 3000 turi uchraydi va h.k. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling