O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innavatsiyalar vazirligi
Download 1.19 Mb.
|
ABDUKARIMOVA FERUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eshitish organi
Sezuv organlari. Murakkab, ya’ni yuzlarcha fosetkalardan tashkil topgan ko‘z hamma hasharotlarda, ayniqsa, asalari, boshqa parda qanotlilar, kapalaklar, yirtqichlar (so‘zanak) va ikki qanotlilarda nihoyatda yaxshi rivojlangan. Murakkab ko‘zni tashkil etgan fosetiklar soni ham hasharotning hayot faoliyatiga qarab har xildir. Masalan, suvaraklarning har bir ko‘zida 1800 tacha fosetik bo‘lsa, asalari va ba’zi qo‘ng‘izlarda u 25 minggacha boradi.
Aniqlanishicha hasharotlar narsalarning shaklini yaxshi sezsa ham ranglarni sezish xususiyati bir xil emas. Bizga qizil, yashil (zangori), havo rang (ko‘k) bo‘lib ko‘rinadigan ranglar, asalarilarga “havo rang-yashil” va “havo rang-binafsha” bo‘lib ko‘rinadi. Lekin, ular bizning ko‘zimiz ilg‘amaydigan o‘ta binafsha nurni, ba’zi hasharotlar esa biz qo‘rolmaydigan nurlarni ko‘ra oladi. Hasharotlarda hid bilish (himoyaviy sezuv) organlari nihoyatda kuchli rivojlangan. Ular, asoan mo‘ylovlarda joylashgan maxsus tukchalar yordamida bir qancha hasharotlar butun tanasidagi maxsus tukchilar yordamida hid sezadi. Asalarilarda ba’zi organik moddalarning hidini sezish odam sezishiga nisbatan 40 martaba ortiq. Ko‘p hasharotlarda hid sezuv xususiyati insonnikiga qaraganda bir necha martaba ortiq ekanligini aniqlangan. Shu bilan birga ko‘p hasharotlar hidni uzoq musofadan sezadi. Ba’zi kapalaklarning erkagi urg‘ochisi tarqatgan hidli moddani 11 km dan sezadi. Hid sezish xususiyatini hasharotlarning oziqlanishida va bir-birini qo‘shilish vaqtida topishida katta ahamiyatga ega. Eshitish organi ham hasharotlarda yaxshi rivojlangan. Qora chigirtka, sariq chigirtka va ko‘p kapalaklar timponal organ deb atalgan yupqa xitin parda vositasida ovoz to‘lqinini qabul etib eshitadi. Bu organ qora va sariq chigirtkalar son qismining oldingi bo‘g‘im, katta chigirtkalarning oldingi qorincha bo‘g‘imida, boshqa hasharotlarda esa ko‘krak yoki qorincha bo‘g‘imlarida joylashgan. Xordatonal organ deb nomlanuvchi eshitish organi nerv ho‘jayralari bilan tutashgan xitin tolachalaridan iborat. Hasharotlarning eshituv xususiyati insonning eshituv layoqatidan boshqacharoq. Masalan, ko‘p hasharotlar odam eshita olmaydigan tovush to‘lqinlarini ham eshitadi. Ovoz chiqaradigan hasharotlarda eshitish organi yaxshi rivojlangan. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling