O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innavatsiyalar vazirligi


Download 1.19 Mb.
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1548196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ABDUKARIMOVA FERUZA

Simfilalar (Symphyla) синфи. Simfilalar nihoyatda kichik ko’p oyoqlilar bo’lib, yer yuzining barcha o’rmonlari nam tuproqlarda tarqalgan 160 ga yaqin turni birlashtiradi. Simfilalar juda kichik ko’p oyoqli hayvonlar bo’lib, uzunligi 1 – 8 mm gacha boradi. Rangi oq.Tanasi ko’plab segmentlarga bo’lingan. Antennasi bosh qismi old tomoni 2 yonida joylashgan.



  1. rasm: Symphyla Alchetron.

Simfilalar ayrim jinsli. Urug’lanishi tashqi. Erkak individlar ko’payish vaqtida “spermatofor” hosil qiladi. Simfila erkagining jinsiy organi teshigi 4 – segment ostki tomonidan tashqariga ochilgan. Simfilalarning jinsiy xulq atvori o’ziga xos bo’lib, erkaklari ko’payish vaqtida 150 – 450 tagacha spermatofor hosil qilib oyoqlariga yopishtirib olib yuradi. Urg’ochi simfilalar erkaki qoygan spermatoforni yeydi va uni og’iz bo’shlig’ga ochilgan 2 ta urug’ qabul qiluvchi maxsus organlariga joylab qoyadi. Keyinchalik urg’ochi simfilalar etilgan tuxumlarini (8–12 tagacha) lishaynik yoki moxlarga ilashtirib qoyadi va bu tuxumlarga o’giz bo’shligidagi spermatoforni surtib urug’lantiradi. Simfilalar partenognez yo’li bilan ham ko’payadi. Tuxumdan yosh 6 – 7 ta segmentli simfilalar chiqadi. Har po’st tashlagan yangi segment va juft oyoqlar hosil bo’ladi. Simfilalar 4 yilgacha yashaydi va doimo po’st tashlab turadi.


    1. Ikki juftoyoqlilar (Diplopoda), Pauropoda sinflari va filogeniyasi.




Ikki juft oyoqlilar (Diplopoda) sinfi.Mazkur jonivorlarning har bir tana bo‘g‘imida ikki juftdan oyoqchalari bo‘lganligi shu nom bilan atalgan. Ikki juft oyoqlilar yoki kivsyakalar oyoqlari eng ko’p bo’lgan ko’poyoqlilar. Ba’zi turlarini oyoqlar soni 710-ta gacha bo’ladi. Kivsyaklar yashirin xayot kechiruvchi tungi hayvonlardir. Tunlarda yer yoriqlarida, tosh-shag’allar ostida daraxtlar pustlog’I va barglari ostida yashaydi. Ko’pchilik turlari g’orlarda tarqalgan. Kattaligi 2mm dan 30 sm gacha bo’ladi. Diplopodalarni 10000 dan ortiq turi qayd qilingan bo’lsada, mutassislarni fikricha yana 70000 ga yaqin turlari o’zini kashf etilishini kutib yotibdi. Diplopoda butun yer yuzida tarqalgan bo’lib aksariyat turlari tropik mintaqalarga yashaydi. Ikki juft oyoqlilarni 6 ta katta turkumi bor. Diplopodalarni barcha vakillarini tanasi uzunchoq va silindirsimon. Gavdasi oldingi uchi bosh va segmentlardan iborat tana qismlarga ajralgan. Bosh qismi ustki tomonga qavariq chiqqan bo’lib ostki tomonga bukulgan. Har xil turlarga 4 tadan 90 tagacha yaxshi taraqqiy etmagan ko’zchalar mavjud. Kalta moylovlar 8 ta segmentdan tuzilgan. Tashqi tomondan kutikula bilan qoplangan bo’g’inlar ko’zga tashlanadi. Bu bo’g’inlar har biri 2 ta segmendan iborat. Tanasi har birida 2 tadan segment bo’lgan kutikulali bo’g’inlarga ajralgan va har bir bo’g’indan 2 juft oyoq chiqadi. (Shundan Diplopoda jami berilgan). Ko’pgina turlarida 7 xalqa oyoqlari gonopodiyalarga aylangan va urug’lantirish jarayoniga ishtirok etadi. Kivsyaklar ko’pgina umirtqasiz va umurtqali hayvonlarni ozuqasi sanaladi. Lekin ular juda sekin harakat qiladi va o’ta nochor ko’rinadi. Shuning uchun ularda turli himoyaviy moslanishlar hosil bo’lgan. Bular tana rangi va shaklini yashaydigan muhitga nihoyatda o’xshash bo’lishi ayrim turlarida xid va zaxar hosil qiluvchi bezlarni bo’lishi yoki xarfdan ogohlantiruvchi yorqin rangda bo’lishi va x. k. o. Ayniqsa tunda hayot kechiruvchilarda o’zidan yorug’lik chiqarish - ,,Biolyuminessensiya” hodisasi nomoyon bo’ladi.
Bosh qismi tanasidan yaxshi ajralgan bo‘lib, ko‘pchilik turlarining tana bo‘g‘imlari yomg‘ir chuvalchanglariga o‘xshash silindrsimondir.
Og‘iz atrofidagi ikki juft kichik jag‘lari chirindilar tanasi ko‘pincha 20-30, ba’zi turkumlari (mingoyoqlar) 70-80 tacha bo‘g‘imlardan tarkib topgan. tanasining ustki qismi ancha qalin xitin qavati bilan himoyalangan. Ko‘pchilik avlodlarining jag‘ qismiga ochilgan zarar bezlari (ba’zi turlari sassiq hidli zahar, ba’zilari sostavida-sian kislota saqlovchi zahar, o‘rmonlarda ko‘p tarqalgan kul rang kivsyak esa rangdor modda ajratadi) hamda himoya vazifasini bajaradi.



  1. rasm: Archispirostreptus digas -




Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling