O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi


Download 0.63 Mb.
bet1/7
Sana07.11.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1752902
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ergashova Nargiza Boboxonovna Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

“IKKINCHI OLIY TA’LIM” FAKULTETI


«MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH» KAFEDRASI
“Ikkinchi oliy ta’lim” fakulteti “Makroiqtisodiy tahlil va
prognozlash” kafedrasi
Ro‘yhatga olindi № Ro‘yhatga olindi №
«____» _______2023 y. «____» _______2023 y.
KURS ISHI


Mavzu: Pul bozori va vositalari
Ilmiy rahbar: Sultonov Mansur Qilichovich


Bajardi: DEK-61 guruh talabasi Ergashova Nargiza Boboxonovna
Komissiya a’zolari: _________________________
_________________________
_________________________


Himoya natijasi: «_____» ball «____» ______________2023y.


Toshkent-2023



Reja:
Kirish……………………………………………………………..………………..3
Asosiy qism

  1. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibiy qismlar ……………….....5

  2. Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi.Yevropa valyuta tizim…………………………………………………………………………...…..12

  3. Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari…………...………..……..21

  4. O’zbekistonning xalqaro valyuta munosabatlaridagi o’rni… ……….…….34

Xulosa…………..…………………………………………………………..…….38
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………..…………..….41


Kirish.
Har bir mustaqil davlat o'z milliy pul tizimiga ega bo'lgani singari, o'zining valyuta tizimiga ham ega.
O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda. Bunda mamlakatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari,amalga oshirish yo‘llarining aniq va to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bosh maqsad yo‘lidagi yutuq va marralarning salmoqli bo‘lishiga imkon yaratdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil qabul qilingan farmonga asosan:“2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida Valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi1.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat-milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro miqyos-da moliya, kredit va valyuta munosabatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari -bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko‘plab omillar ta’sirida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari murakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o‘zining o‘ta beqarorligi bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valyuta bozori,undagi valyuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.Shu sababli xorijiy valyutalar bilan bog‘liq jahon tajribasini o‘rganish O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillikning birinchi kunidanoq ushbu masala Respublikamiz Prezidenti va Hukumatining diqqat-e’tiborida bo‘ldi.Dastlab O‘zbekiston Respublikasida milliy pul birligi «so‘m»ni muomalaga kiritish va hozirgi davrga kelib, respublikada valyuta tizimini barpo etish,uni rivojlantirish bilan bog‘liq bir talay ishlar amalga oshirildi.Natijada Respublikamizda valyuta birjasi shakllandi va u valyutalar oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishi ishlab chiqarish kuchlarining o'sishi,jahon bozorining tashkil etilishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishi, iqtisodiyotning jahon tizimini shakllantirish, iqtisodiy aloqalarni xalqarolashtirish bilan bog'liq.
Tarixiy jihatdan birinchi bo'lib xalqaro huquq normalarini hisobga olgan holda milliy qonunchilikda mustahkamlangan milliy valyuta tizimlari paydo bo'ldi. Milliy valyuta tizimi nisbatan mustaqil va milliy chegaralaridan tashqarida bo'lsa-da,mamlakat pul tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.Uning xususiyatlari mamlakat iqtisodiyoti va tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanish darajasi va holati bilan belgilanadi.
Xalqaro valyuta munosabatlari pullarning jahon pullari sifatida ishlashi bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlarning jamiyati hisoblanadi. Pul jahon pullari kabi tashqi savdo va xizmatlarga, kapital migratsiyasiga, investitsiyalarga , kreditlar va subsidiyalarni taqdim etishga , ilmiy va texnik almashinuvga , turizmga , davlat va xususiy pul o'tkazmalariga xizmat qiladi.
Xalqaro valyuta tizimining asosiy vazifasi barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash, inflyatsiyani to'xtatish,turli mamlakatlarning tashqi iqtisodiy almashinuvi va to'lov aylanmasining muvozanatini saqlash uchun xalqaro hisob-kitoblar va valyuta bozorlarini tartibga solishdir.XVT iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish yoki aksincha cheklash ,shuningdek, ichki pul muomalasiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan eng muhim mexanizmlardan biridir.
Kurs ishining asosiy maqsadi valyuta tizimi, uning turlari, jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari, yevropa valyuta tizimi hamda O’zbekistonning valyuta munosabatlaridagi o’rnini chuqurroq o’rganishdir.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling