Oliy ta’lim fan va innovatsialar vazirligi Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Institutining Raqamli iqtisodiyot kafedrasi 1-IQ-S-2022 guruh talabasi fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Qabul qildi: Isayev OtabekTayyorladi Tayyorladi:Maxmudov Tursoat Mavzu:Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat - Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida iqtisodiyotning hamma boTimlarida va tarkibiy qismlarida yaratilgan turli tovar va xizmatlarni sotib olishga mo’ljallangan pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va hududlari, korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlaming yalpi miqdori sifatida namoyon bo’lishini aytib o’tgan edik.
- Endi shuni ta’kidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi jarayonida pul egalari, ya’ni iste’molchilar ixtiyoridagi pullar tovar va xizmatlar egalariga, aksincha yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o’tishi lozim. Boshqacha aytganda tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o’rtasidagi harakat qarama-qarshi oqim hosil qiladi. Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi bo’lgan tovar va xizmatlar tarkibi, miqdori, sifati hamda narxi bo’yicha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar turi, miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos tushishi lozim.
- Bunday moslikning qanchalik ta’minlanishi turli bozorlar orqali aniqlanadi va tartibga solinadi. Bu moslik darajasi yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi orqali aniqlanadi.
- Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi nisbatni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin . Albatta, real hayotda bunday to’liq muvozanatlik sodir bo’lishi juda qiyin va murakkabdir. Lekin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, miqdori va sifati bo’yicha mos kelish hollari uchrab turadi. Yalpi talab bilan yalpi taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat deb ham yuritiladi.
- Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati yalpi taklif egri chizig’ining qaysi kesmasida ro’y berishiga qarab o’ziga xos xususiyat kasb etadi.
- Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kesmada kesib o’tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o’sishi milliy ishlab chiqarish real hajmining oshishiga, uning kamayishi esa bu hajmning kamayishiga olib keladi. Biroq, bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining o’zgarishisiz ro’y beradi
Chizmadan ko’rinadiki, yotiq kesmada yalpi talabning o’sishiga taklif egri chizig’i bo’yicha muvozanat nuqtasining o’ng tomonga silijishi orqali javob beriladi. Ya’ni, ADidan AD2ga qadar o’sgan talab miqdori iqtisodiyotda to’liq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quwatlarining ishga tushirilishi orqali milliy ishlab chiqarish hajmini Qidan Q2ga qadar o’stirish orqali qondiriladi.
Chizmadan ko’rinadiki, yotiq kesmada yalpi talabning o’sishiga taklif egri chizig’i bo’yicha muvozanat nuqtasining o’ng tomonga silijishi orqali javob beriladi. Ya’ni, ADidan AD2ga qadar o’sgan talab miqdori iqtisodiyotda to’liq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quwatlarining ishga tushirilishi orqali milliy ishlab chiqarish hajmini Qidan Q2ga qadar o’stirish orqali qondiriladi.
- 2017 yilda aholining pul daromadlari 16872,7 mlrd. so’mni tashkil etgani holda, uning faqat 12409,8 mlrd. so’migina (73,5%) talab shaklida namoyon bo’lgan. Pul daromadlarining 4462,9 mlrd. so’mi esa jamg’armalarni o’stirish, turli to’lov va badallar ko’rinishida sarflangan, ya’ni yalpi talabga aylanmagan.
- Hozirda jahonda ro’y berayotgan global iqtisodiy inqiroz ayni paytda ko’plab mamlakatlar iqtisodiyotidagi yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanatning buzilishini ham ifodalaydi. Odatda, tashqi talab qisqarib borayotgan bir paytda, ushbu muvozanatni tiklash maqsadida ichki talabni kuchaytirishga harakat qilinadi.
- Shunga ko’ra, respublikamizning Inqirozga qarshi choralar dasturida ham mahalliy ishlab chiqaruvchilami qo’llab-quwatlashda ularning mahsulotiga bo’lgan ichki talabni rag’batlantirish tadbirlari alohida o’rin tutadi.
- Respublikamizda belgilangan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar natijasida Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Agar mazkur ko’rsatkich 2016 yilda 1635,1 mlrd. so’mni tashkil etgan
Mamlakatimizda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quwatlash borasida 2019 yilga sanoat kooperatsiya negizida tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi, O’zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalarini modemizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturi, «O’zbekcharmpoyabzali» assotsiatsiyasi korxonalarini modemizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturi, O’zbekiston milliy avtomagistrali qurilishi dasturi va boshqalar ishlab chiqilganligi diqqatga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |