O’zbekiston respublikаsi oliy tа’lim fan va innovatsialar vаzirligi mirzo ulug’bek nomidаgi o’zbekiston milliy universiteti
Download 146.8 Kb.
|
МД Амирова Шахноза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqodning ilmiy yangiligi
- Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).
Tadqiqot ob’ekti sifatida zamonaviy fransuz lug‘atlarida uchragan argumentativ diskursga xos inkor ma'noli maqollar tanlab olingan.
Tadqiqot predmetini darak gap va dialogik diskursda fransuz inkor maqollarining funksional-pragmatik xususiyatlari tashkil etadi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Fransuz inkor maqollarining pragmatik-argumentativ funksiyalarini darak gap va diologik diskursda qo‘llanilishini aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish kerak edi: maqollarning pragmatik-argumentativ funksiyasining nazariy asoslarini o‘rganish; fransuz tilshunosligida “proverbe” terminini aniqlash, uni til hamda nutq belgisi sifatida o‘rganish; maqollarning ichki shaklini argumtlashga ta'siri o‘rganish; turli xil kommunikativ maqsadlar doirasida inkor ma’noli maqollarning argumentativ funksiyasini aniqlash. Tadqiqodning ilmiy yangiligi: nutqiy vaziyatda maqolning pragmatik-argumentativ funksiyasi ona tilida so‘zlashuvchilarning mental stereotipiga bog‘liqligi asosida aniqlangan; fransuz maqollarining tanqidiy diskurs bosqichlari munozarani ochish, argumentlar, muhokamani yakunlash kabi qarama-qarshilik munosabatlari orqali dalillangan; inkor uklamali fransuz maqollari «oqlash», «rad etish», «ogohlantirish», «nasihat», «xotirjamlik», «ruhlantirish» singari pragmatik-argumentativ funksiyalar orqali aniqlangan: kommunikativ frazeologik birlikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ko‘chma ma‘nolari maqolning argumentativ nutqda qo‘llanilish chastotasiga ko‘ra dalillangan. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Maqollarning funksional xususiyatlarini inkor uklamasi orq‘ali har tomonlama o‘rganish uchun tarkibiy, argumentativ va pragmatik yondashuvlarni tahlil qilish, fransuz maqollarining steriotinik xususiyatlarini aniqlash ishning asosini tashkil etadi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Xorijiy va mahalliy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, fransuz tili maqollaridagi inkorning pragmatik-argumentativ funksiyalari yetarlicha o‘rganilmagan. Umuman olganda, maqol ko’plab gumanitar fanlar – frazeologiya, filologiya, madaniyatshunoslik, ritorika, mantiq va argumentatsiya nazariyasining o‘rganish ob‘ektidir. Radikal argumentativizm yo‘nalishi vakillari O.Dyukro i J. Anskombr (1976) argumentasiya nazariyasining lingvistik tadqiqotlarini, shuningdek tanqidiy diskursda mukammal argumentlashning asosi sifatida maqolning ning funksional va pragmatik xususiyatlarining stereotipik belgilarini o‘rganishni boshladilar2. Ularning izdoshi S.Palma stereotipni aks ettirish vositasi sifatida inkor maqolga va stereotipni to‘liq tekshirish usuli sifatida kontekstning roliga e'tibor qaratdi. Bu jihatlar uning “La négation dans les proverbes” asarida tahlil qilingan3. Maqollarni argumentlashda ishlatish muammosi bilvosita A.A.Krikmanning lingvistik tadqiqotlarida yoritilgan, uning maqollar "pragmatik vosita" sifatida o‘rganiladi4. Biroq bu yo‘nalishdagi bunday keng ko‘lamli tadqiqotlarga qaramay, pragmatik-argumentativ nutq birligi sifatida maqolning shakllanish bosqichlari haligacha o‘rganilmagan va maqollarning, xususan, pragmatik-argumentativ nutqdagi inkor uklamali maqollarning funksional xususiyatlari yetarlicha o‘rganilmagan. Fransuz maqollarida inkorni ifodalashning asosiy lingvistik vositalarini o’rganadigan asarlar ham yo’q. Na xorijiy va na mahalliy ilmiy adabiyotlarda fransuz maqollarini inkor bilan tizimlashtirishga bag’ishlangan tadqiqotlar mavjud emas. Shuningdek, ushbu magistrlik dissertatsiyasini yoritishda bir nechta ilmiy va badiiy manbalarga tayanildi. Argumentatsiyaning lingvistik nazariyasi muammolarini o’rganishning nazariy asoslarini rus olimlarining asarlari tashkil etdi: A.N.Baranova, D.O Dobrovolskiy (1990, 2008) va boshqalar5; maqollarning pragmatik muammolari bo’yicha: L.B. Savenkova6 (1999), G.D. Sidorkova 7(1999), A.Yu. Beletskaya8 (2002), va boshqalar; Fransuz leksikologiyasi masalalari uzasidan: N.N. Lopatnikova (2001), V.G.Gaka (2005), N.A. Movshovich (2001) va boshqalar9 kabi. Download 146.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling