O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
Devor va pardevor qurilish materiallari
Download 52.31 Kb.
|
SARDOR kurs ishi
Devor va pardevor qurilish materiallari. Devor uchun g’isht ishlatiladi. G’isht gildan yoki qum va ohak aralashm asidan tayyorlanadi. Gildan tayyorlanadigan g’ishtlar uchun tarkibida 50— 75% krem nezem SiO2, bo’lgan gil ishlatiladi. Qolipdan chiqqan g’isht eng kamida uch kun quritilgach, 1000°C da qizdirib tayyorlanadi. Qizdirish natijasida gil tarkibidagi kaolinit Al2O3 • 2 SiO2 • 2H2O glinozem Al2O kremnezemga aylanadi. Yaxlit va ichki g’ovak shaklida ishlab chiqariladi. Asosan 75,100 va 125 rusumli qilib tayyorlanadi. Yaxshi pishgan g’ishtning rangi qizil, bolg’a bilan urganda jarangli, yaxshi pishmagani och, alvon rangda, bolg’a bilan urganda jarangsiz tovush chiqaradi. Qiyin eriydigan gillardan yo’l uchun 400. 600 va 1000 rusumli g’ishtlar ham tayyorlanadi.
Qum ham da ohakdan tayyorlanadigan silikat g’ishti 92-95% qum va 5-8% ohak aralashm asidan bug’xonada I75°C issiqlikda pishirib olinadi. Bu jarayonga ko’ra SiO, va so’ndirilgan ohak Ca(OH)2 kalsiy oksidi gidrosilikatiga CaO•SiO,•2H2O aylanadi. Silikatli g’ishtni binoning sokoli va nam binolar uchun ishlatish tavsiya qilinmaydi. Nam sharoitda g’isht tarkibidagi ohaktosh CaCO, suvda eriydigan kalsiy bikarbonatiga Ca(HCO2)2 aylanadi. Pardevor uchun yog’och payraha (DSP) va gipskarton taxtalari ishlatiladi. DSP (drevesno-strujechnaya plita) yog’och payrahalariga 12-15% m elam ino-form aldegid qatroni qo’shib, presslab ishlab chiqariladi. Ular bir va ko’p qavatli bo’lishi mumkin. Ko’p qavatlilarining yuza qatlami yog’och qipig’i yoki mayda payrahalardan silliqroq qilib tayyorlanadi. Odatda, DSP sirti yupqa faner (shpon), getinaks (aminoaldegid qatroni shimdirilgan qog’oz qatlami) yoki chiroyli qog’ozlar bilan qoplanadi. Bulling uchun email, yong’oq va chinordan shilib olingan yupqa fanerlar ishlatiladi. DSP 10-25 mm qalinlikda bo’ladi. Gips karton taxtalari ikki tom onidan karton bilan qoplangan gips CaSO4 qatlam idan iborat bo’lib, quruq binolar pardevori uchun qo’llaniladi. U 10-16 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. Download 52.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling