O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
Pol uchun ishlatiladigan qurilish materiallari
Download 52.31 Kb.
|
SARDOR kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eshik va deraza tayyorlash materiallari
- Pardozlash materiallari.
Pol uchun ishlatiladigan qurilish materiallari. Pol materiallari sifatida yog’och, kulolchilik buyumlari va turli qatronlar ishlatiladi. Yog’ochdan pol taxta, lining tagiga qo’yiladigan laga, qirg’oqlariga qoqiladigan plintus va parket deb ataladigan taxtachalar yasaladi. Pol taxta ignabargli daraxtlardan tayyorlanadi. Savdoga yon qirrasi bo’ylab shpunti chiqarilgan taxtalar chiqariladi. Parket taxtachalari eman, shumtol, elma, zarang, grab, qora qayin va qayrag’ochdan
tayyorlanadi. Beton pollarni qoplash uchun polivinilxlorid, nitroselluloza va rezina qoldiqlaridan linoleum va relinlar ishlab chiqariladi. Linoleumlar gazlama asosida ham tayyorlanishi mumkin. Uning teskari tom onidan gazlama ko’rinib turadi. Polivinilxloriddan tayyorlangan linoleum chidamliroq, ular gullik va sidirg’a bo’lishi mumkin. Gullik linoleumlar yuza tom ondan polivinilxloridning yupqa pardasi bilan qoplanadi. Vannaxona, ham m om va hojatxona pollari uchun kulolchilik plitkalari ishlatiladi. Ularning rangli va guldor, sirlangan, sirlanmagan turlari bo’lib, qiyin eriydigan gillardan 1250-1280°C da qizdirib olinadi. Eshik va deraza tayyorlash materiallari. Bu guruhga tayyor eshik, deraza romlari va oynalari kiradi. Deraza va eshiklar ignabargli daraxtlar yog’ochlaridan yasaladi. Deraza romlari bir qavatli va qo’sh qavatli, 2-3 tavaqali, darchali (fortochkali) va yuqori qismi ochilmaydigan piramonli (framugali) qilib ishlab chiqariladi. Eshiklar 1 va 2 tavaqali bo’ladi. Deraza va eshiklar qutisi bilan birgalikda blokni tashkil etadi. Deraza oynalari ohakli-natriy shishasidan 2-6 mm qalinliklarda chiqariladi. Bundan tashqari, qalinligi 7 mm. li sayqallangan eshik, mayda yoriqichali xira va naqshli hamda turli metalli issiqxona oynalari hamda tosh tekkanda uvalanib ketmaydigan (orasida polivinilbutiral pardali) chiniqtirilgan oynalar tayyorlanadi. Pardozlash materiallari. Ohak, ganch, gulqog’oz va turli kulolchilik plitalari pardozlash materiallariga kiradi. Gulqog’ozl r 4-12 rangda chiqariladi. Ba’zilari qat- qat burmali (gafreli), bosma va bo’rtma naqshlidir. Ularning yuviladigan turining sirti polivinilxlorid pardasi bilan qoplanadi. Sirti qatron qatlami bilan qoplangan bosma naqshli qalin gulqog’oz linkrust, ko’pirtirilib, polivinilxlorid bilan qoplangan gulqog’oz penoplen deb ataladi. Iinkrust va penoplen devorlarning pastki qismini (panelni) qoplashda ishlatiladi. Lining ustki qismiga gorizontal yo’nalishda yopishtiriladigan gulqog’oz bordyur va vertikal yo’nalishda yopishtiriladigan turi friz deyiladi. Kulolchilik plitalari binoning ichi va old tomonini bezash uchun qo’llaniladi- Binoning ichi uchun ishlatiladigan turi 20% chinnigul (kaolin), 30% gil, 40% oq qum va 10% pegmatit aralashmasidan pishirilgan fayansdan qilinadi. Bularning oq, rangdor va gul bosilgan turlari bo’ladi. Ba’zilari bo’rtm a naqshli qilib ishlab chiqariladi. Binoning karnizi (devor bilan ship orasida turtib chiqqan joyi) va plintusi (devor bilan pol orasida turtib chiqqan joyi) uchun shakldor plitalar tayyorlanadi. Devorn in g old tom oni (fasadi) uchun ishlatiladigan plitalar 35 % oq gil (kaolin ), 15% gil, 25% oq qum va 25% pegm atit aralashmasidan pishirilgan yarim chinni hisoblanadi. Fayansdan tayyorlangan plitalarga o’xshash har xil turda ishlab chiqariladi. Bularning sirlanmagan turlari ham bo’ladi. Download 52.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling