O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
Mahkamlovchi qurilish materiallari
Download 52.31 Kb.
|
SARDOR kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanitariya-texnik jihozlari.
Mahkamlovchi qurilish materiallari. Mahkamlovchi materiallar sifatida mix, burama mix, bolt bilan gayka va mixparchinlar ishlatiladi. Mixlar qalpoqcbasining ko’rinishiga qarab qurilish, tol va shifer mixlariga ajratiladi. Qurilish mixlarining qalpoqchasi yapaloq, diametri o’zagiga nisbatan ikki barobar katta. Mixning uzunligi 8-250 mm atrofida. Tol mixlarining qalpoqchasi yapaloq, diametri mixning o’zagiga nisbatan o’n barobar katta, uzunligi 20-40 mm. Shifer mixlarining qalpoqchasi konussimon bo’lib. o’zagiga nisbatan 2,5 barobar yo’g’on. Burama mixlar (shuruplar) otvyortka yordam ida qotiriladi. Buraladigan joyi to’g’ri chiziq va to’rt qirrali chuqurcha shakllarida bo’ladi. Bular metall qismlarni yog’ochga ulash uchun ishlatiladi. Boltlar metall qismlarni bir-biriga ulaydi, gayka bilan qotiriladi. Mahkam qotirilishi uchun boltga shayba kiydirilib, keyin gayka bilan qotiriladi. Mixparchinlar tunukalarni ulashda qo’llanadi.
Sanitariya-texnik jihozlari. Bu guruhga uyni isitish, oshxona, vannaxona va hojatxona uchun ishlatiladigan jihozlar kiradi. Uyni isitish jihozlari cho’yan yoki sirlangan po’latdan qilingan to’rt burchakli qozon, cho’yan radiatorlar hamda po’lat quvurlardan iborat bo’lib, gaz orqali ishlaydi. Q ozon quvvatiga qarab 3-10 qismli (seksiyali) bo’ladi. Oshxona uchun gazda ishlaydigan suv isitkich, idish-tovoq yuvgich va plitalar ishlab chiqariladi. Plitalar 2-4 komforkali bo’lib, polga o’rnatiladigan duxovkali, stol ustiga qo’yiladigan hamda ballonda ishlaydigan turlari mavjud. Uyni isitish qozonlari va suv isitkichlarda suv to’xtaganda, alanga o’chganda, mo’rining tortishi susayganda gazni berkitadigan asboblar bo’lishi kerak. Idish-tovoq yuvgichlar po’latdan yasalib, chuqurchanoq (rakovina) va orqa tunukadan iborat bo’ladi. Ba’zan ikki chanoqli qilib javonga o’rnatilgan shaklda ishlab chiqariladi. Ularning ikki jo’nirakli aralashtirgichi bo’lishi mumkin. Vannaxonalar uchun sirlangan cho’yan vannalar va fayans yoki yarim chinnidan yasalgan qo’l-bet yuvgichlar mavjud. Hojatxonalar uchun yarim chinnidan yasalgan chanoq (unitaz) hamda tahorat bidelari ishlab chiqariladi. Chanoq bochkasi birga yoki alohida bo’lishi mumkin. Download 52.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling