O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar


Metall buyumlar va ularning ishlab chiqarish usullari


Download 52.31 Kb.
bet10/13
Sana16.06.2023
Hajmi52.31 Kb.
#1503369
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
SARDOR kurs ishi

Metall buyumlar va ularning ishlab chiqarish usullari


Zamonaviy qurilishni metall buyumlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Metallar bino va inshootlaming konstruktiv qismlarida, poydevor, devor, tom, karkas va shu kabilami kuchaytirishda, yuk ko‘taradigan konstruksiyalar va temirbeton, qoplama materiallar tayyorlashda, binolami ichki va tashqi tomondan bezashda ishlatiladi. Metallar boshqa materiallarga nisbatan yuqori mustahkamligi, plastikligi, termik va kimyoviy ishlov berish imkoniyati bilan ajralib turadi. Metallar boshqa metallar va nometallar bilan qotishma holda ishlatiladi. Qora va rangli metallarga bo‘linadi.
Qora metallar po‘lat va cho‘yan temir va uglerodning qotishmasidir. Agar temir tarkibiga uglerod 2 foizgacha bo‘lsa po‘lat, 2 foizdan ko‘p kiritilsa, cho‘yan hosil bo‘ladi.
Rangli metallarga mis, alyuminiy, magniy, titan, nikel, rux, qalay, qo‘rg‘oshin va shu kabilar kiradi. Rangli metallar yer yuzida kam uchraydi va metall ishlab chiqarishning 5 foizini tashkil etadi. Qurilishda rangli metall va qotishmalardan yengil va kimyoviy muhitlarga chidamli konstruksiyalar, bezak va arxitektura qismlari (asosan, alyuminiy va uning qotishmalaridan) tayyorlanadi.


Cho‘yan ishlab chiqarish usuli


Cho‘yan temir oksidlaridan temirni domna jarayonlari natijasida qaytarib olinadi. Uning tarkibida 93 foiz temir, uglerod 5 foizgacha va oz miqdorda qo‘shimchalar bo‘ladi. Cho‘yan oq, kulrang va maxsus cho‘yan turlariga bo‘linadi. Oq cho‘yan qattiq va mo‘rt bo‘lib, ulami qayta ishlash va quyish qiyin. Cho‘yan po‘lat va maxsus cho‘yan ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kulrang cho‘yanlar yumshoq, oquvchan, qayta ishlanuvchan, ycdirilishga chidamli, quyma buyumlar tayyorlanadi. Cho‘yanning maxsus turlari kulrang cho‘yanlarning bir xili boMib, uni uzoq muddat (80 soat) yuqori^haroratda termik ishlov berib olinadi. Cho‘yanlar tarkibiga marganes, kremniy, fosfor va legirlovchi qo‘shimchalar qo‘shib mustahkamligini oshirish mumkin.
Cho‘yan - tarkibida 2,14 dan 6,67 foizgacha uglerod bo‘lgan temiruglerod qotishmasidir. Xomashyosi:

  • temir rudasi - qo‘ng‘ir, qizil va magnit temir toshi;

  • Flyuslar - ohaktoshlar, dolomitlar, qumtoshlar va boshqalar. Keraksiz jismlarning suyuqlanish haroratini pasaytirish va yoqilg‘ining kulini toshqolga o‘tkazish uchun ishlatiladi.

  • yoqilg‘i - tiklanish reaksiyalaridagi issiqlik manbai va kimyoviy komponent. Yoqilg‘ining asosiy turi - toshko‘mir koksi, shuningdek, suyuq va gazsimon yoqilg‘i ishlatilishi mumkin.

Domna pechi jarayoni. Suyuqlantirish domna pechlarida quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi: Qatlamlab ruda, yoqilg‘i va flyuslar yuklanadi. Issiqlik oqimiga qarama-qarshi harakatlanib, bu materiallar fizik va kimyoviy o‘zgarishga uchraydi. Koks yonganda hosil boMadigan karbonat angidridi (C 0 2) cho‘g‘langan koksdan o‘tib uglerod oksidiga (2CO) aylanadi va temir rudasiga ta’sir etib quyidagi umumiy sxema bo‘yicha cho‘yan hosil qiladi: Fe2O3->Fe3O4—>FeO—> Fe. Flyuslar, ohaktoshlar, dolomitlar va qumtoshlar keraksiz jinslarning suyuqlanish haroratini pasaytirish va koks kulini shlakka aylantirish uchun ishlatiladi. Domna pechi tashqi tomondan metall qobiq bilan va ichki tomondan olovbardosh g‘isht bilan qoplangan shaxta ko‘rinishida bo’ladi.
Pechga ustki qismidan maxsus moslama vositasida ruda, yoqilg‘i va fiyus shixta hosil qilish uchun navbat bilan tashlab turiladi. Koks yonishini ta’minlash uchun pechning pastki qismidan (gorn) issiq havo bosim ostida beriladi. Pechning pastki qismida 900 1100°S temirning tiklangan bir qismi uglerod bilan birikib, temir karbidini hosil qiladi. Bu jarayon uglerodlanish jarayoni deyiladi. 1150-1200°S haroratda hosil bo‘lgan suyuq cho‘yan pech gorniga oqib tushadi. Suyuqlangan shlak esa zichligi kamligi tufayli cho‘yan eritmasining ustki qismida bo‘ladi. Navbat bilan avval shlak, keyin cho‘yan gorndan chiqarib turiladi. Pechning foydali hajmi 5000м3 ni tashkil qilsa, bir sutka davomida 11 ming tonnagacha cho‘yan olish mumkin. Cho‘yanni suyuqlantirib olish jarayoni 4-6 soat davom etadi. Suyuqlangan cho‘yandan maxsus cho‘yanquyish mashinalari yordamida qoliplanib, «chushkalar» tayyorlanadi yoki maxsus kovshlarda po‘lat eritiladigan sexga yuboriladi.
Domna pechlarida suyuqlantirib olinadigan cho‘yan, ishlatish sohasiga ko‘ra quyidagilarga boMinadi:

  • qayta ishlanuvchi (oq cho‘yan)

  • po‘lat olish uchun mo’ljallangan.

Tarkibidagi uglerod miqdoriga ko‘ra markalarga ajraladi:

Download 52.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling