O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar
Download 28.32 Kb.
|
metodologik kurs 2023 uz-assistant.uz (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- _______________________________ “____”_____________2023 yil XORIJIY FILOLOGIYA FAKULTETI XORIJIY TIL VA ADABIYOTI KAFEDRASI
- RASHIDOVA ZULFIZARXON BAXTIYORBEK QIZINING Nazariy – metodologik kursning dasturi Ilmiy rahbar
- Toshkent – 2023 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha nazariy- metodologik kurs KIRISH
- Nazariy-metodologik dastur”ning asosiy maqsad va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “TASDIQLAYMAN” Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor I.U.Madjidov _______________________________ “____”_____________2023 yil XORIJIY FILOLOGIYA FAKULTETI XORIJIY TIL VA ADABIYOTI KAFEDRASI 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha Tayanch doktoranti (PhD) RASHIDOVA ZULFIZARXON BAXTIYORBEK QIZINING Nazariy – metodologik kursning dasturi Ilmiy rahbar: Kurganov Anvarjon Muxtarovich, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Ilmiy rahbar: Arustamy an Yana YurevnaEdeeeeeEee Toshkent – 2023 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha nazariy- metodologik kurs KIRISH Mamlakatimiz ravnaqi, taʼlim sohasi taraqqiyoti va chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini amalga oshirishda boshqa fanlar bilan bir qatorda tilshunoslikning ham o‘z maqsadi va vazifalari bor. Zotan, til azaldan xalqlarning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy-siyosiy integratsiyasi uchun asosiy vosita vazifasini o‘tab kelgan. Tilshunoslik bo‘yicha nazariy bilimga ega bo‘lish va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish uchun dasturlarning ahamiyati kattadir. Mazkur dastur qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslikixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek hozirgi zamon xorijiy va ona tillari qiyosiy tipologiyasining fundamental muammolariga va tipologik tadqiqotlarning zamonaviy yo‘nalishlariga qaratilgan. Unda qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslikbo‘yicha fanning asosiy rivojlanish bosqichlari va faktorlari, tipologik tadqiqotlarning prinsiplari va kategoriyalash tamoyillari, german, slavyan va turkiy tillarining yuzaga kelish evolyusiyasi va qiyosiy tahlili, tillarning tiplari va qarindoshlik darajasiga ko‘ra turlari kabi masalalarga tanqidiy yondashishni ko‘rsatish va ular xaqida ilmiy tushunchalar hosil qilish asosiy maqsadlaridan biridir, zamonaviy yo‘nalishlar, lingvistik maktablar va lingvistik konsepsiyalar, zamonaviy tarjima nazariyasi va amaliyotida umumeʼtirof etilgan tendensiyalar, tarjima turlari va usullari, leksik semantik va grammatik muvofiqlik kategoriyalari, nazariy taʼlimotlar, ilmiy izlanishlar, dolzarb muammolarga bag‘ishlangan masalalar yoritilgan. “Nazariy-metodologik dastur”ning asosiy maqsad va vazifalari: 1) Nazariy metodologik dastur metodologiyaning umumiy konsepsiyasi va masalalarini, qiyosiy-tarixiy, chog‘ishtirma va tipologik tilshunoslikning nazariy asoslari ilmiy tadqiqot usullarini o‘z ichiga oladi. Mazkur fan asosida ingliz tilidagi analitik qurilmalarning turlari, komponentli tarkibi va xususiyatlarini o‘rganish; 2) Analitik va sintaktik tillar o‘rtasidagi farq, ingliz tilining analitik xususiyati rivojlanib borish davrlari va sabablarini o‘rganish; 3) Tayanch dotorantlarni ilmiy anʼanalar bilan yaqindan tanishitirish: qiyosiy-tarixiy, tipologik va chog‘ishtirma tilshunoslik faning tarixi bo‘yicha manbalarni, yordamchi adabiyotlarni, umumiy masalalarga bag‘ishlangan ishlar va maxsus tadqiqotlarni o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish. Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarning birinchisi kursning muayyan tarkibiy qismlari orqali hal etiladi. Ikkinchi va uchinchi vazifalar esa, ilmiy maslahatchi va tayanch doktorantning kundalik muloqotlari, tadqiqot metodlarini belgilash va uni yozish borasidagi mulohazalari orqali – nazariy munozara shaklidagi kurs orqali hal etiladi. Ayni shu kurs mobaynida ingliz tilidagi anlitik qurilmalarning xususyatlari va ularning sintagmatik va paradigmatik xususiyatlari qiyosiy-tarixiy, tipologik va chog‘ishtirma tilshunoslik fani kesimida yoritiladi. Kurs dasturining oxirida umumiy adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Download 28.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling