O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat unversiteti magistratura bo‘limi


Download 416.11 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi416.11 Kb.
#1619067
1   2
Bog'liq
Ergasheva Gulnoza tadqiqot

Gaz razryadi — tashki elektr maydon taʼsirida gaz yoki gazlar aralashmasidan elektr tokining oʻtish jarayoni. Mustaqil va nomustaqil xillarga boʻlinadi. Gaz yoki gaz aralashmalarida tashki ionlashtiruvchiga bogʻliq boʻlmagan razryad mustaqil G.r. deyiladi. Gaz yoki gaz aralashmasida tashki ionlashtiruvchi taʼsirida sodir boʻladiganrazryadganomustaqil G. r. deyiladi. Toj razryad, uchkunli razryad, miltillama razryad va yey razryadi mustaqil G. r. jumlasiga kiradi. Elektr yoy razryadi Chog'langan katodda yoki elektrodlar orasida kuchlanish yuqori bo'lmaganda (60V atrofida) sodir bo'ladigan razryad Uchuqunli razyrad Deb teshib o'tadigan quyun hosil bo'lishi uchun yetarli bo'lgan yuqori kuchlanishda sodir bo'ladigan gazdagi uzlukli razryadga aytiladi.
Mustaqil va mustaqil bo’lmagan gaz zaryadlari. Mustaqil gaz zaryadlarining turlari va ularning qo’llanilishi
Gaz razryadlari. Uncha yuqori bo`lmagan temperaturalarda gaz elektr tokini o`tkazmaydi. U o`tkazuvchan bo`lishi uchun molekulalarining biror qismi bo`linib, ionlar va erkin elektronlarga ajralishi kerak. Buning uchun esa gazga biror ionlashtiruvchi ta’sir ko`rsatilmog`i zarur. Ionizator ta’sirida atom yoki molekulalarning elektron qobig`idan bir yoki bir nechta elektronlarning uzilib chiqishi ro`y beradi. Bu esa gazda erkin elektronlar va musbat ionlar vujudga kelishiga olib keladi. Elektronlar ham o`z navbatida neytral atomlar yoki molekulalar bilan birikib manfiy zaryadlangan ionlarni vujudga keltiradi. Demak ionlashgan gazda erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar mavjud bo`ladi. Gazdan elektr tokining o`tishiga gaz razryadi deyiladi.
Rekombinatsiya Gazda ionlashish jarayoni bilan birga, rekombinatsiya-ionlarning neytral atomlar yoki molekulalarga aylanish jarayoni ham ro`y beradi. Agar tashqi ionizatorning ta’siri to`xtasa gazning o`tkazuvchanligi yomonlasha boradi. Ionizatorning quvvati o`zgarmaydigan bo`lsa, ionlashish va rekombinatsiya jarayonlari o`rtasida dinamik muvozanat vaziyati vujudga keladi. Bunda ionlashish natijasida vujudga keladigan zaryadlangan zarralar juftining o`rtacha soni, rekombinatsiya natijasida yo’qoladiganlarining o`rtacha soniga teng bo`ladi.
Nomustaqil razryad. Gazda tokning tashqi ionlashtiruvchi ta’sirida vujudga kelishiga nomustaqil gaz razryadi deyiladi. Bu jarayonni batafsilroq o`rganaylik. Aytaylik kondensator qoplamalari orasidagi bo`shliqqa ultrabinafsha nurlar ta’sir etayotgan bo`lsin Kondensator qoplamalari orasida ionlashuv jarayoni ro`y berib, qarama-qarshi zaryadlangan zarralar vujudga keladi. Agar kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish nolga teng bo`lsa, tok ham nolga teng bo`ladi, chunki hosil bo`lgan zaryad tashuvchilar betartib harakatda bo`ladi. Kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish orttirilgan sari ko`proq ionlar va elektronlar yo`naltirilgan harakatga keladi. Ular kondensator qoplamalariga etishishadi va tok kuchi ortib boradi. Kuchlanish qiymatiga erishganda hosil bo`lgan zaryadlarning barchasi qoplamalarga etib boradi va tok shu ionlashish darajasi uchun o`zining eng katta qiymatiga erishadi.
K uchlanishning qiymatgacha ortishi tok kuchini o`zgartira olmaydi. Agar ionlashtiruvchining ta’siri to`xtatilsa, ionlarni vujudga keltiruvchi boshqa manba bo`lmaganligi uchun razryad ham to`xtaydi. Shuning uchun ham bunday razryadga nomustaqil razryad deyiladi.
2. Kuchlanishning yanada oshirilishida tok kuchi keskin ortadi. Tashqi ionizator olinganida ham razryad davom etadi. Demak endi, gazning elektr o`tkazuvchanligini ta’minlash uchun zarur bo`lgan ionlarni razryadning o`zi vujudga keltiradi. Tashqi ionizatorning ta’siri tugagandan keyin ham davom etadigan razryadga mustaqil gaz razryadi deyiladi.
Mustaqil gaz razryadi vujudga keladigan kuchlanishga gaz razryadini yokish kuchlanishi yoki teshish kuchlanishi deyiladi.
Mustaqil gaz razryadi, elektr maydoni tomonidan tezlashtirilgan elektronlarning urilish ionlashtirishi natijasida vujudga keladi. Elektronlar maydon ta’sirida tezlanuvchan harakat qiladi va elektr maydoni kuchlarining ishi hisobiga kinetik energiyasi ortadi.
Uchinchi to`qnashuvdan so`ng elektronlar soni sakkista, to`rtinchisidan keyin – o`n oltita va hokazo davom etadi. Natijada elektronlar va ionlar oqimi hosil bo`ladi. Mustaqil razryad hosil bo`lishi uchun elektronlar va ionlar oqimining hosil bo`lishi zarur bo`lsada, lekin etarli emas. Tashqi ionlashtiruvchi uchirilgandan keyin ham anodga ketuvchi elektronlarning o`rniga yangilarini hosil qilish kerak bo`ladi. Bu elektronlar maydon ta’sirida katod tomonga harakat qiladigan musbat ionlar va fotonlar tomonidan katoddan urib chiqariladi. Katod sirtidan elektronlarni urib chiqarish hodisasiga ikkilamchii elektron emissiya deyiladi. Urib chiqariladigan elektronlarning soni ionning energiyasi va katod materialiga bog’liq bo`ladi.
Toj razryad. Agar atmosfera bosimida birining uchi uchli, birisiniki yassi bo`lgan elektrodlar yordamida bir jinslimas elektr maydoni hosil qilinsa, har birining oldida elektr maydonining kuchlanganligi turlicha bo`ladi. Uchli joyda zaryad zichligi juda katta va shuning uchun ham kuchlanish ortganda bu yerdagi kuchlanish yassi elektroddagiga nisbatan oldinroq qiymatga erishadi. Uchli elektrod oldidagi kuchlanganlik 30 ga etganda gazning teshilishi ro`y berib, elektrod atrofida tojga o`xshash chaqnash hosil bo`ladi. Shuning uchun ham unga tojli razryad deyiladi.
Tabiatda tojli razryad, atmosfera elektr maydoni ta’sirida daraxtlarning, kema machtalarining uchlarida va boshqa uchli narsalarning oldida hosil bo`lishi mumkin. Shuningdek uni yuqori kuchlanishli elektr energiya uzatuvchi simlar oldida ham kuzatish mumkin. Texnikada tojli razryad sanoatda ishlatiladigan, gazlarni qattiq va suyuq aralashmalardan tozalash uchun foydalaniladigan elektrfiltrlarida foydalaniladi.
Uchqun razryad.Kuchlanish ortishi bilan tojning o`rniga yanada kuchliroq elektron oqimlari hosil bo`ladi, nurlanayotgan shoxchalar paydo bo`lib tojli razryad shoqilali razryadga o`tadi. Agar kuchlanish yanada orttirilsa, shoqilaning shoxchalari o`sib yanada uzunlashadi va ulardan birortasi ikkinchi elektrodga etganida oraliqdagi gaz teshilib uchqun hosil bo`ladi. Uchqun razryad uzilish xarakteriga ega, chunki gazning teshilishidan keyin elektrodlardagi kuchlanish keskin kamayadi, ya’ni elektrodlar o`rtasidagi oraliqda qiska tutashuv ro`y beradi. Uchqunli razryad yo’qoladi, kuchlanish yanada ortadi va teshilish jarayoni takrorlanadi.
Biz tabiatda ko`zatadigan chaqmoq tabiiy ulkan elektr uchqunidir. Ma’lumki Yerning sirtida elektr maydoni bo`lib, momaqaldiroqdan oldin u juda kuchayadi. Bunga sabab bulutlardagi elektr zaryadlaridir. Odatda bulutning pastgi, Erga qaragan qismida manfiy, yuqori qismida esa musbat zaryadlar bo`ladi. Chaqmoq yoki bulutlar orasida, yoki bulut va Er orasida hosil bo`ladi. Chaqmoqning ba’zi razryadlari mikrosekundlar davomida ro`y berib, tok kuchi 500 000 A etadi. Chaqmoq bo`lishidan oldingi kuchlanish V gacha bo`lishi mumkin. Chaqmoqda havoning kuchli qizishi ro`y berib kuchli tovush to`lqini momoqaldiroq vujudga keladi.
Turli binolarni chaqmoqdan himoya qilish uchun chaqmoq qaytargichlar qo`yiladi. Ular uchli metall langarlardan iborat bo`lib, himoya qilinadigan binodan balandroq o`rnatiladi va erga ulanadi. Uning ish prinsipi zaryadni tayoq uchidan erga o`tib ketishiga asoslangan.
Elektr yoyi.Agar zanjirda kuchli tok manbai mavjud bo`lsa, uchqunni elektr yoyiga aylantirish mumkin. Elektr yoyi birinchi bo`lib rus fizigi V.Petrov tomonidan 1802 yilda hosil qilingan. U ikkita ko`mir parchasini olib galvanik elementlarning kuchli batareyasiga birlashtirgan va oldin ularni bir-birlariga tegdirib so`ngra ajrata boshlagan. Ideal bog’lanish bo`lmaganligi uchun ko`mir bo`laklarining bir-birilariga tegib turgan joylarida katta qarshilik vujudga kelgan. Tok o`tganda ko`mir ulangan sim uchlarining qizishi ko`zatilsada, issiqlik o`tkazuvchanligi katta bo`lmaganligi uchun ko`mir bo`lakchalari qizimagan. Ko`mir bo`lakchalari ajratilganda, qizigan katoddan termoelektron emissiya natijasida gaz oralig`ining issiqlik ionlashuvi ro`y bergan. Yoyning eng qizigan joyi, elektronlarning uzilishi natijasida musbat elektrodda hosil bo`lgan chuqurcha – yoyning og`zidir. Normal atmosfera bosimida yoy og`zidagi temperatura temperatura gacha ko`tarilishi mumkin. Yoy razryadi vujudga kelishi uchun, gaz ionlashuvining asosiy sababchisi termoelektron emissiya, ya’ni elektronlarning kuchli qizigan jismlardan chiqishidir. YOy razryadi metallarni payvandlash va kesishda , kuchli yorug`lik manbai sifatida projektor, proektsion va kinoapparatlarda foylaniladi.
Y olqin razryad. Agar shisha naydan havo surib olinib unda o`rnatilgan elektrodlarga bir necha yuz volt o`zgarmas kuchlanish berilsa gaz razryadi vujudga keladi. Bu razryadga yolqin razryad deyiladi Gaz siyraklashganda qo`shni atomlar orasidagi masofa ortib boradi va natijada elektronning erkin yugurish yo`lining uzunligi ham ortadi. Natijada garchi elektrodlar orasidagi kuchlanish kichik bo`lsada, elektronlar to`qnashib ionlashtirish uchun etarli energiya to`plashi mumkin.
Agar kuchlanishni o`zgartirmay saqlab, naydagi bosimni asta-sekin o`zgartirib borsak oldin shoqilali razryad, keyin esa elektrodlarni to`tashtiruvchi ingichka yorug` egri-bugri kanal paydo bo`ladi. Bosim 1-15 Pa atrofida bo`lganda esa razryad 103 rasmdagidek ko`rinishni oladi. Katod yonida ingichka yorug` qatlam 1(katod pardasi), undan keyin katod qorong`u fazasi 2, undan so`ng yorug` qatlam 3 (yolqinli nurlanish) va faradey qorong`u fazosi deyilguvchi ikkinchi qorong`u fazo 4 joylashgan. Undan keyin esa yorug` soxa 5 joylashgan bo`lib unga musbat ustun deyiladi.
Yolqinli razryadda gazning bunday nurlanishiga sabab razryad nayidagi potentsialning taqsimlanishidir. Musbat ustunning nurlanishi g`alayonlangan atomlar nurlanishining natijasi bo`lganligi sababli o`ziga hos rangga ega bo`ladi. Bundan reklamalarda foydalinishadi. Agar nay neon bilan to`ldirilsa sariq-qizil, argon bilan to`ldirilsa ko`k-yashil rangli nurlanish ro`y beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Umumiy fizika kursi, elektr magnitizim.
2. T. T. Turg’unov “Amaliy fizika. II tom.
3. Frish. “Umumiy fizika kursi II” .
4. “Amaliy fizika” ma’ruzalar matni dots. D.T.Rasulov
5. www.ziyonet.uz
Download 416.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling