O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 237.87 Kb.
|
JUNANAZAROV I.R KURS ISHI
1.2 Karta haqida tushuncha va kartalar tarixi
Agar kartalarda bir necha mazmun tasvirlangan bo`lib, ular orasidagi bog`liqlikni aniqlash mumkin Mavzuli kartalarda tabiiy va sotsial–iqtisodiy elementlarning bir yoki bir necha sohalari tasvirlanadi. Shu sababli ularning mazmuni ancha keng bo`ladi. Bu kartalarda tasvirlangan voqea va hodisalar maxsus mazmun deb yuritiladi. Maxsus mazmun kartografik usullar bilan tasvirlanadi. Agar mavzuli kartalar faqat bitta mazmunga bag`ishlangan bo`lsa, ular analitik kartalar deb yuritiladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasida paxta hosildorligi kartasida bitta mazmun, ya’ni paxta yetishtirish tasvirlanganbo`lsa, ularni sintetik kartalar deyiladi. Masalan, kartada sug`oriladigan yerning qancha foizini paxta ekini band qilgan, paxtaning hosildorligi, yetishtirilgan yalpi hosil miqdori, undan qanchasi 1-nav, qanchasi 2-nav va h.k.lar, topshirilgan paxtaning necha foizi qo`lda va necha foizi mashinalar yordamida terilganligi, paxta qabul qilish punktlari va paxta tozalash zavodlari ham tasvirlangan bo`lsa, bu sintetik kartadir. Bunday kartani tuzishda bir necha kartografik usullar birgalikda qo`llaniladi. Uni o`qish bir oz qiyinlashsada, lekin unda mazmun ko`payib, ko`rsatilgan voqea va hodisalar orasidagi qonuniyatlarni va ularning bir – biriga munosabatini aniqlash mumkin. Geografik xarita -Yerni yoki uni biror qismini Yerning egriligini hisobga olib, ma'lum matematik qoidalar asosida biroz o'zgartirib, kichraytirib. umumlashtirib qog'ozga (tekislikka) tushirilgan tasviri (proeksiyasi) bo'lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan ob'ektlarni geografik o'rnini, joylanishini, holatini, vaqt mobaynida o'zgarishini, shuningdek ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ko'rsatadi.2 1.2.1-rasm. Umumgeografik xaritaning elementlari Kartografik tasvir, matematik asos, yordamchi jihozlar va boshqa qo'shimcha ma'lumotlarga umumgeografik xaritani elementlari deyiladi (1.1.1-rasm). Xarita mazmunini qabul qilingan kartografik belgilar va kartografik tasvirlash usullari orqali ifoda etadigan kartografik tasvir har qanday xaritani asosiy elementi bo'lib hisoblanadi. U muayyan xaritada ko'rsatilishi lozim bo'lgan ob'ektlar to'g'risidagi ma'lumotlar majmuidan tashkil topadi. Masalan, umumgeografik xaritalarda tasvirlanadigan landshaftning asosiy elementlari relef, gidrografiya ob'ektlari, o'simlik va tuproq-grunt ko'rsatkichlari. aholi yashaydigan unktlar, siyosiy-ma'muriy chegaralar hamda ba'zi bir xo'jalik ob'ektlari uning kartografik tasvir elementlari bo'lib, bu elementlar xaritada bir xil aniqlikda va mukammallikda ko'rsatiladi.6 Lekin kartada maxsus mazmundan tashqari umumgeografik elementlar (suv ob’ektlari, shaharlar, yo`llar, chegaralar va boshqalar) ham tasvirlanadi. Ular geografik asos deb yuritilib, orientir sifatida maxsus mazmunni joylashtirishga yordam beradi. Shunday qilib, kartalarni tahlil qilishda maxsus maz-mun bilan geografik asosda tasvirlangan umumgeografik elementlarning farqini bilish kerak. Biz yuqorida aytib o`tganimizdek, mavzuli kartalarning maxsus mazmunlari har xil kartografik usullarda tasvirlanib, ularni tahlil qilish va o`qishning o`ziga xos xususiyatlari mavjud bo`lib, buni alohida o`rganishga to`g`ri keladi(1.1.2-rasm). 1.2.2-rasm mavzuli kartalar umumgeografik kartadan farqlanishi Karta termini yunoncha xartes - papirus qog’ozi so’zidan olingan bolib, lotincha «sharia» qog'oz, varaq atamasidan kelib chiqqan va yunoncha karta, lotincha charta, turkcha harila deb nom olgan. Karta - Yer yuzasini, boshqa osmon jismlarini yoki kosmik fazoni matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri bolib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obyektlarni ko’rsatadi. Obyekt deyilganda kartalarda tasvirlanadigan har qanday prcdmet, voqea, hodisa yoki jarayon tushuniladi. Geografik karta - Yer yuzasini yoki uning biror qismini Yerning egriligini hisobga olib, ma‘lum matematik qoidaiar asosida bir oz o’zgarlirib, kichraytirib, umumlashtirib qog’ozga tekislikka tushirilgan tasviri proyeksiyasi bolib, u qabui qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan obyektiarning geografik o’rnini, joylanishini, holatini, vaqt mobaynida o’zgarishini va ular o’rtasidagi o’zaro bog'liqlikni ko’rsatadi. Kartalar mavzusi mazmimi bo'yicha quyidagi ikki yirik guruhga, ya‘ni umumgeografik va mavzuli kartalarga bo`linadi. Umumgeografik kartada geografik landshaftning tashqi korinishi tasvirlanadi. Uning geografik mazmuni landshaftning asosiy elcmentlari relyef, gidrograllya obyektlari, tuproq, o’simlik va grunt ko’rsatkichlardan iborat bo`lib, bu elemenilar kartaga bir xil aniqlikda va mukammallikda tushiriladi. Kartografik tasvir, malematik asos, yordamchi jihozlar va boshqa qo'shimcha ma‘lumotlarga umumgeografik kartaning elementlari deyiladi. Karta mazmunini qabul qilingan kartografik belgilar va kartografik tasvirlash usuliari orqali ifoda etadigan kartografik tasvir har qanday kartaning asosiy dementi bo`lib hisobianadi. U muayyan kartada ko`chirilishi lozim bo`lgan obyektlar to’g’risidagi ma‘lumotlar majmuidan tashkil topadi. Masalan, umumgeografík kartalarda tasvirlanadigan landshaftning asosiy elementlari – relyef, gidrografiya obyektlari, o`simlik va tuproq-grunt ko’rsatkichlari, aholi yashaydigan punktlar, siyosiy- ma‘muriy chegaralar hamda ba'zi bir xo’jalik obyektlari uning kartografik tasvir elementlari bo’lib, bu elementlar kartada bir xil aniqlikda va mukammallikda ko’rsatiladi ( 3-ilova ). Mavzuli va maxsus kartalarda shartli ravishda kartaning mazmunini va geografik asosini bir-biridan farqlash lozim. Geografik asos - karta mazmunining umumgeografik qismi bo’lib, u mavzuli karta mazmunini tashkil etgan elementlarni kartada to'g`ri tasvirlashga va fazoviy bog`lashga hamda karta bo’yicha oriyentirlashga xizmat qiladi. Karta mazmunini ochib beradigan barcha shartli belgilar va izohlar tizimiga legenda deyiladi. Kartaning legendasi qo'llanilgan belgilarni tushuntirib (izohlab) beradi. bu kartaga olinayotgan obyektning mantiqiy asosini aks ettiradi. Shartli belgilarning ketma-ket joylashtirilishi, ularni o’zaro bir-biriga bo’ysunishi, shtrixli elementlar uchun ranglar majmuasini to’g’ri tanlab olish kartada tasvirlanayotgan voqea va hodisa yoki jarayonlar tasnifiga mantiqan bo’ysindirilgan bo`ladi. Topografik kartalar uchun maxsus shartli belgilar jadvali tuzilgan. Ular standartlashtirilgan va barcha masshtabdagi topogralik kartalar uchun qo’llanishi shart. Ko’pchilik mavzuli kartalarda bclgilar unifikatsiya qilinmagan, shuning uchun legendani odaida karta varag’ining o’ziga joylashtiradilar. Kartografik tasvir matematik asosda ko`rsatiladi. Kartada uning clcmcntiari bo`lib kariografik proyeksiya va u bilan bogtiq koordinata to`ri yoki to'rlari, masshtab va geodezik asos hisoblanadi. Kartani komponovkasi ham uning matematik asos elementiga kiradi. Kartada tasvirlanadigan hududning chcgarasini aniqlash va uni karla ramkalariga nisbatan joylashtirish, ramka ichida va undan tashqarida (asosiy karta bilan uning ramkasi orasidugi bo’sh qolgan joylarda) karla nomini, masshtabini, legendasini, har xil raqamli va mainli ma`lumotlarni, jadvalarni, grafiklarni, qo’shimcha va kesma kartalarm hamda boshqa shunga o’xshash ma‘lumotlarni inaqsadga muvofiq joylashtirishga komponovka deyiladi. Kartani o'qish va undan foydalanishni osonlashtirish maqsadida onda bcriladigan turli xil kartometrik grafiklar (masalan, topografik kartada chiziqning nishabligi va qiyalik burchagini aniqlash uchun kartaning janubiy ramkasi ostida bcriladigan maxsus nomogramma), hududni qay dnrajada o'rganilganligini ko’rsatuvchi sxemalar, foydala- nilgan matcriallar (manbalar), shuningdck, boshqa har xil zarur ma‘lumotlar (karta nomi, nashr qilingan joyi va yili, nashriyot nomi va h.k.) kartaning yordamchi elementlari deb ataladi. Karta mazmuni bilan bog'langan, uni to'ldiradigan, boyitadigan va tushuntiradigan kesma-kartalar, diagrammalar, blok-diagrammalar, grafiklar, profillar, matnli yoki raqam va sifatli ma‘lumotlar kartaning qo`shimcha elementlari deyiladi. Yuqorida geografik kartaga bcrilgan stilistik benuqson deb bo'lmagan ta‘rifda kartalarni iushunish uchun muhim hisoblangan uclita asosiy xususiyat - matematik aniq tuzish; alohida bclgilar - kartografik modeilar (shartli bclgilar) sistemasini qo`llash: tasvirlanayotgar. voqeava hodisalar (obyektlar) ni saralab olish va umumlashtirib ko’rsatish alohida ta’kidlangan. Lekin kartografiyaning bugungi rivojlanish darajasi karla to`g`risidagi tasawurga yana ikkita birinchi darajali ahamiyatga molik bo Igan tamoyi'.ni kiritishni taqozo etadi, ya‘ni borhqni tizimli (sistemali) yondoshuv asosida tasvirlash va uni aniq bir maqsadni ko`zda tutib modeliashtirish. Kartalar haqidagi tasavvur borliqni voqelikni obrazli-belgi modellan sifatida ilmiy kartografîyaning predmeti tabiat va jamiyat obyektlanm, ulaming joylanishi, xususiyatlari, o’zaro aloqadorliklari hamda vaqt mobaynida o’zgarishiarini kartalar va boshqa kartografik modellar vositasida aks ettirish, tadqiq qilishdan iborat, dcb hisoblashga imkon beradi. Shubhasiz, kartografik asarlar plan, geografik karta, atlas, globus va boshqalar insoniyatning buyuk ijod mahsuli qatoriga kiradi. Zero, ular tabiatni bilish va o'zgartirishning ajoyib vositasi bolib xizmat qiladi. Ularga muhandislar va tadqiqotchiiar, geologlar va agronomlar, olimlar va harbiylar murojaat etadilar va ularning har bin o zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni undan topa oladilar. Geografik karta va atlaslar bugun bizning hayotimizdan mustah- kam o ‘rin oigan. Kartalami har kuni gazetalarda, jurnallarda, oynai jahon ekranlarida ko'ramiz. Chunonchi xorij xabarlari, haftaning muhim voqealari, ob-havo bashorati, mamlakat ichidagi holatlar haqidagi xabarlar, dala ishlan va ulkan qurilishlaming borishi haqidagi yangiliklar, dam olish kunlariga mo’ljallangan turistik safarlar haqidagi maslahatlar va boshqa shu kabi m a‘lumotlami kartasiz tushunish qiyin. Shu sababli bunday xabarlar kartasiz berilmaydi. Tarix, ayniqsa geografiya fanini o’qitishda kartaning ahamiyati nihoyatda katta. Bu o’quv predmetlarini kartasiz o'rganishni hatto tasawur qila olmaymiz. Ular nafaqat ko`rgazmali qurol, to’g’risidagi bilimlarning kitob kabi boy manbai hamdir. Zero kartalar bilan ishlash o’quvchilarga ijodiy tasawur qilishni, yodda saqlashni, mantiqan fikrlashni, tahlil qilishni, taqqoslashni, o'zaro bog'Iiqlikn» o’rganishni, xulosa qilish yo’llarini o’rgatadi. Kartografik asarlardan maktabda o’quvchilaming faolligini oshirishda, geografiyani kundalik hayot bilan bog'lashda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda asosiy qurol sifatida foydalanish mumkin. Har qanday geografik tadqiqot karta bilan boshlanib, karta bilan tugalianadi. Kartalar sayyoramiz Yer haqidagi juda boy ma‘lumotlami qamrab oigan boMadi. Ular asosida quruqlik va okeanlarning o'zaro joylanishi, hududiy uyg’unligi, katta- kichikligi, balandligi, mamlakatlar orasidagi transport-iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarni, qushlarning bir joydan ikkinchi joyga uchib o’tishini va shuningdck, boshqa shu kabi voqea va hodisalarni o'rganish, tahlil qilish va bilish rnumkin. Binobarin, kartalardan dunyo okcanining tagi, Yer qobig’ining tuzilishini, jangovor yurishlami, doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan hududlarni ko'rish mumkin va hatto kelajakka ham nazar tashlasa bo’ladi.5 Download 237.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling