O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
II-BOB. KARTALAR ORQALI TADQIQOT O’TKAZISH, NAZARIY METODOLOGIK MASALALARI
Download 237.87 Kb.
|
JUNANAZAROV I.R KURS ISHI
II-BOB. KARTALAR ORQALI TADQIQOT O’TKAZISH, NAZARIY METODOLOGIK MASALALARI2.1.Kartalar bilan ishlash usullari Kartalar bilan ishlash usullarining quyidagi ikki yo‘na]ishini ajratish mumkin: 1. Alohida olingan bitta kartaning tahlili. 2. Kartalar seriyasi tizimini tahlili. 1. Alohida olingan bilta kartani tahlil qilishning quyidagi bo‘limlari ajratiladi: — kartadagi tasvirni o‘zgartirmasdan, qanday bo’lsa shundayligicha o‘rganish va tahlil qiish; — kartadagi tasvirni aniq bir tadqiqot maqsadida qayta ishlab tahlil qilish; — kartografik tasvirni tashkil etuvchilarga ajratish — bu alohida, o‘ziga xos qayta ishlash bo’lib, normal va anom al tarkibli rivojlanishni. hodisalar va jarayonlarng rivojlanishi va joylashishini ajratib ko‘r- satishdir. 2. Kartalar seriyasini tahlil qilishning quyidagi ko'rinishlari mavjijd: — har xil mavzuii kartalarni tasvirlangan hodisalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni va hodisalar tabaqalanishini aniqlash maqsadida taqqoslash; — turii vaqtda tuzilgan kartalarni voqea va hodisalar dinamikasini va evolyusiyasini aniqlash maqsadida taqqoslash, vaqt o ‘tishi bilan ular rivojlanishni bashoratlash; — hududlardagi voqea, hodisa va jarayonlar tarqalishining umumiy qonuniyatlarini bilish uchun mavzusi o ‘xshash kartalarni tahlil qilish. Kartalardan tadqiqot quroli sifatida foydalanish ishlari quyidagi bosqichlarda olib boriladi: — vazifani aniq qo‘yish — maqsadni ifodalash, vazifani echish uchun topshiriqni tashkil etuvchilarga ajratish, aniqlik talabini belgilash; - tadqiqotga tayyorgarlik - kartografik manbalarni, uslublarni, texnik vositalarni, algoritm va boshqalarni tanlash; - tadqiqotni olib borish — dastlabki va songgi natijalarni olish, ularni baholash, yangi kartalarni yaratish; - natijalarni talqin qilish - mazm uchan tahlil, tavsiya va hulosalarni ishlab chiqish, ularning ishonchliligini baholash. Tadqiqotning barcha bosqichlarida olingan natijalarning geografik tahlili namoyon bo’lishi, joydagi tafsilotlar bilan taqqoslanishi kerak, zarur bo 'lganda, tadqiqotni olib borish ketma-ketligiga o 'zgartirishlar kiritish ham mumkin. Download 237.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling