O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Mavzuli kartalashtirish. Xalqaro mavzuli kartalar
Download 237.87 Kb.
|
JUNANAZAROV I.R KURS ISHI
. Mavzuli kartalashtirish. Xalqaro mavzuli kartalarMavzuli kartalarning mazmuni xilma-xil bo'lib, har xil maqsadlar uchun yaratiladi. Ba'zi mavzuli kartalar bevosita dalada s'yomka asosida yaratilib, so'ng generalizatsiya qilinib mayda masshtabli kartalar: geologiya, tuproq va o'rmon kartalari tuziladi. Boshqa mavzuli kartalar, kundalik kuzatishlar asosida (meteorologik, gidrologik, ba'zan ekologik) tuzilsa, ba'zilari statistik manbalar asosida tuziladi (iqtisodiy, ijtimoiy va aholi kartalari). Lekin mavzuli kartalar umumgeografik kartalardan farq qilib, hududning hammasini yoki biror zaruriy qismini qamrab oladi, masalan, geologik, tuproq va qishloq xo'jalik (yer fondi va kadastr) kartalari. Qishloq xo'jaligi kartalari. Bunday kartalar eng ko'p tarqalgan bo'lib, 2 xil tushunchaga asoslanadi, ya'ni 1-qishloq xo'jalikni ishlab chiqarish kartalari bo'lib, ularni tarqalishi, holati va rivojlanishi hamda qishloq xo'jalikni rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar va ularning o'zgarishi ko'rsatilgan. 2-qishloq xo'jalik resurslari; ulardagi band aholi, ishlab chiqaradigan mahsuloti va qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligi va h.k. Qishloq xo'jalik kartalari asosini Yerdan foydalanish va Yer kadastri kartalari tashkil qilib, ularda foydalaniladigan yerlarni chegaralari, ekin ekilgan yerlar chegaralari, ularning maydonlari ko'rsatiladi. Yer tuzish kartalarida yerlarning meliorativ holati va ekologik vaziyatlari berilishi mumkin. Bu ko'rsatkichlar ko'proq tuproq kartalarida ko'rsatilib, dalada 1:10000 va 1:25000, ba'zan 1:1000 masshtabda s'yomka qilish yo'li bilan bajariladi. So'ngi vaqtda respublikamizda ―Yer kadastri qonuni joriy etilishi munosabati bilan Yer kadastri kartalarini yaratishga kirishildi. Hozirgi vaqtda 1:10000 masshtabda sug'oriladigan yerlarni kadastr kartalari tuzilmoqda, kelgusida lalmikor yerlarni ham Yer kadastr kartalari tuziladi. Mayda masshtabli qishloq xo'jaligi kartalarini yaratish respublikamizda ancha yaxshi yo'lga ko'yilgan. 1930 yillardayoq respublikamizni mayda masshtabli qishloq xo'jalik kartalari yaratilib, Ikkinchi Jahon urushidan so'ng bu soha ancha rivojlanadi. Respublika Yer loyihalash instituti tomonidan shu institutning Kartografik fabrikasi ba'zi qishloq xo'jalik kartalarini tuzib chop etdi. Masalan, 1:1 000 000 masshtabli Paxtachilik, Yer fondi va Chorvachilik kartalari shular jumlasidandir. 1963 yilda rangli tasvirda respublikani 1:1 000 000. masshtabli Qishloq xo'jalik kartasi chop etilgan. Qishloq xo'jalik kartlariga respublikamizning 2 jildli atlasida ham katta o'rin berilgan. Hatto ― Paxtachilik alohida bo'limda berilib 30 ortiq kartani o'z ichiga olgan. O'zDavYerloyiha instituti tomonidan 1984-yilda O'zbekistonni agrosanoatini aks ettiruvchi yirik kartografik albom chop etildi. Albomda qishloq xo'jaligiga tegishli juda ko'p kartalar berilib, uning asosini qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati tashkil qiladi. O'zDavYerloyiha instituti tomonidan respublikamizni ―Yer resurslari atlasi 2002 yilda nashr qilindi. Atlasda asosan respublika Yer fondi va uni baholash (banitrovka qilish) kartalari o'z o'rnini topgan. Atlas shu sohada mustaqillikdan so'ng chop etilgan yirik kartografik asar hisoblanadi. Biz o'tgan mavzularimizda atlaslar to'g'risida umumiy tushuncha berib o'tgan edik. Lekin mamlakatimizda va MDH mamlakatlarida yirik kartografik asar – atlaslar chop etilganki, ular to'g'risida qisqacha ma'lumot berish lozim deb hisoblaymiz. Ma'lumki atlaslar tiplarga bo'linib o'rganiladi, ya'ni umumgeografik, sohalar bo'yicha va kompleks atlaslar. Undan tashqari maqsadlar bo'yicha ham bo'lingan: o'quv atlaslari, turistik atlaslar va ma'lumotnomali atlaslar. Sobiq Ittifoqda 1937 va 1940 yillarda chop etilgan ma'lumotnomali BSAM (Bolshoy sovetskiy atlas Mira) atlasi shunday atlaslar qatoriga kiradi. 1-jildida dunyoning tabiiy iqtisodiy va siyosiy geografiyasi o'z aksini topgan, unda kartalar alohida-alohida berilib, foydalanish uchun juda qulaydir. Undan xohlagan kartani atlasdan chiqarib foydalanish mumkin. Atlas sobiq Ittifoq to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan. Jumladan, O'zbekiston ham atlasda keng mazmunda o'z aksini topgan. BSAM ning 2-jildi 1940-yilda chop etilib, unda sobiq Ittifoqning har bir respublikasi, o'lka va regionlarining tabiiy va iqtisodiy kartalari berilgan(1.3.1-rasm). Atlasning 3 jildli urush munosabati bilan chop etilmadi. Bu atlasni tuzish va uni nashrga tayyorlash va boshqa tashkiliy ishlarni bajarish uchun maxsus ilmiy tadqiqot instituti tashkil qilingan. Ikkinchi Jahon urushidan so'ng chop etilgan eng yirik kartografik asarlardan biri ilmiy-ma'lumotnomali 3 jildlik Dengiz atlasidir (1950-1959.y.). Bu atlasda dunyo okeanlari to'g'risida fundamental malumot berilib, dunyo bo'yicha dengiz va okeanlarining geografiyasi to'g'risida yetarlicha ma'lumot tasvirlangan. Bu atlasning ikkinchi jildi o'ziga xos usulda tuzilgan. Yer tabiiy geografik jihatdan bir butun qilib tasvirlanib, unda metosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalarning bir-biri bilan o'zaro bog'liqligi va o'zaro munosabatlarining murakkabliklari o'z aksini topgan. O'sha davrda chop etilgan kompleks atlaslar orasida 1954 yilda sobiq Ittifoqda chop etilgan ilmiy ma'lumotnomali Dunyoni tabiiy geografik atlasi (FGAM) alohida o'rin tutadi. Atlas kartalarida, quruqlik va suv osti relefi, geologiyasi va qazilma boyliklari, zilzila va vulqonlar, geomorfologiyasi, iqlimi, suvi va uning sifati, tuproqlari, o'simliklari va hayvonot dunyosi hamda tabiiy rayonlashtirish to'la o'z aksini topgan. Unda kartalar dunyo bo'yicha, materiklar bo'yicha va ittifoq bo'yicha berilgan. Atlasning yana bir yutug'i shundaki, unda yangi tipdagi kartalar ham berilgan, masalan, landshaftlar geokimyosi kartasi shular jumlasidandir. 1967-yilda sobiq Ittifoqda nashr qilingan Dunyo atlasi dunyo kartografiyasini rivojlantirishga katta hissa qo'shdi. Sohalar bo'yicha chop etilgan atlaslardan 1967 yilda chop etilgan ―Ittifoqda dorivor o'simliklarning tarqalish atlasi‖ni, 1960 va 1963-yillarda chop etilgan, Ittifoqning iqlim atlasini aytib o'tish mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya sohalari bo'yicha chop etilgan atlaslardan Ittifoqning qishloq xo'jalik atlasi, Ittifoq avtomobil yo'llari atlasi, Ittifoq xalq xo'jaligi va madaniyati atlaslaridir. So'nggi vaqtlarda ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan atlaslarga katta e'tibor berilib yangi tipdagi geografik atlaslar yaratilmoqda. Shunday atlaslardan biri Rossiyada chop etilgan Dunyoning tabiiy muhiti va resurslari atlasi va Dunyo qor va muzliklar resurslari atlaslari dir. Bu atlaslar hozirgi vaqtda inson uchun zarur bo'lgan, dunyo bo'yicha chuchuk suv manbalari to'g'risida yetarlicha ma'lumot beradi. Sobiq Ittifoqda nashr qilingan kompleks atlaslar guruhiga kiruvchi atlaslardan regionlar atlaslari to'g'risida ma'lumot berish joizdir. Chunki bunday atlaslarning kartalarida har bir region to'g'risida geografik jihatdan kompleks ma'lumot berilgan, regionlarning tabiiy geografiyasi, iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishi o'z aksini topgan. Bunday atlaslar asosan urushdan so'ng chop etila boshlandi. Shulardan asosiylari Armaniston (1961), Ozarbayjon (1963), Gruziya atlaslari (1964), Belorusiya (1958), Irkutsk oblasti (1962), Zabaykal'e (1967), Tojikiston, Qozog'iston, O'zbekiston, Litva. Ukraina (tabiiy sharoiti va resurslari), Moldaviya hamda Tyumen oblasti, Oltoy o'lkasi atlaslaridir Download 237.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling