O’zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
bog’liqligini va dinamikasini o’rganish
Download 237.87 Kb.
|
JUNANAZAROV I.R KURS ISHI
2.2.Kartalar asosida voqeya hodisa hamda jarayonlarning o’zaro
bog’liqligini va dinamikasini o’rganish.Kartadan foydalanib hodisa va jarayonlarning tuzilishini o’rganish- bu ularning elementlari zamon va makonda joylashishini, ko’rinishini, shaklini, tabaqalanishini aniqlash va tahlil qilishdir. Karta orqali olib boriladigan tadqiqotning maqsadi - geotizimlarning makonda tuzilishini aniqlash, kelib chiqishini va dinamik holatini ochib berishdan iboratdir. 2.2.1-rasm. Tabiy geografik kartalardagi obyektlarning tipik shakllari. Hodisa va jarayonlarning tuzilishini o’rganishda eng ko‘p malumot beradigan usul bu kartografik tasvirning shaklini tahlil qilishdir, ya’ni tasvirning geometrik shaklini o’rganishdir. O’rganilayotgan obyektning tashqi — geometrik tasviri uning morfologiyasini, kelib chiqishini (genezisini) va uni yuzaga keltirgan omillar haqida tasawurga ega bo’lishni ta’minlaydi. Geografik obyektlarning o’ziga xos shakli 2.1-rasmda ko’rsatilgan bo’lib, ularning kelib chiqishi (genezisi) to’g’risida fikr yuritish imkonini beradi. Gidrografiya tarmoqlaming parallel ko'rinishi — daryo vodiysining tektonik yoriqlar tizimi bo’yicha tarqalishini, suv tarmoqlarining radial quyilishi esa gumbazsimon tektonik ko‘tarilish mavjudligini anglatadi (2.2-rasm) 2.2.2-rasm. Nuqtalar bilan daryo o’zanlarining cho’zilishi berilgan. Tuproq turlari ko’nturlarining daraxt shoxlari kabi (shoxsimon) ko’rinishi ularning dary ovodiysida joylashganligidan, elpig‘ichsimon ko'rinishi esa, tabiiy obyektlarning daryo deltasiga xosligini bildiradi(2.2-rasm). Kartografik usul atrofimizni o’rab turgan borliqning qonuniyatlari,turgfunligi, tuzilishi yoki undagi anomaliyalarni yaqqol tasvirlab beradi. Katta obzorli kartaiar global va regional miqyosdagi umumiy qonuniyatlarni ochib berish uchun maxsus tuziladi. Karta orqali tadqiqot olib borishga ma’lum darajada generalizatsiya metodi ham yordam beradi, u tasvirni mayda, ikkinchi darajali clem entlardan ajratib, asosiylarini yaqqoi kolrsatib beradi. Mayda masshtabli karta keng, katta hududni qamrab olishi tufayli ular yordamida asosiy geografik qonuniyatlar ochilgan, masalan, zonallik, plitaiararo yoriqlar tizimi, o’rta okean tog‘ tizmalari va rift zonalari, markaziy hududlar tuzilishi va boshqalar. Hodisalar tarkibini o’rganishda ulardagi asosiy va ikkilamchi ahamiyatga ega komponentlar aniqlanadi. Bunday komponentlarni ajratishda (asosiy fondan anomaliyani farqlash uchun) kartografik tasvir tashkil etuvchilarga ajratiladi, bu ishni bajarishda o'rtacha qiymatni hisoblash, «approksimasiya» va «filtrlash» metodlari ancha yordam beradi. 2.2.3-rasm. Yuzalarni qismlarga bo’lishning grafik usuli Kartada tasvirlangan hodisani Z deb olsak, uni tashkil etuvchi asosiy ahamiyatli fon omili Zr bo'lsa, undan regional, hattoki global miqiyosda bog'liq bolgan asosiy fonni to’ldiruvchi anomal yoki qoldiq omil Zo bo’ladi, unda Z =Zf+ Zo bunda Zr » Zo Bunga ayrim ifloslangan hududlarda yuqori darajada radiasion ifloslangan areallarning mavjudligi, regional tekionik harakatlar fonida mahalliy ko‘tarilish va tushishlar, zonal iqlim qonuniyatlarida mahalliy iqlimning o'ziga xos xususiyatlarini keltirish mumkin. Qismlarga bolish usulining eng oddiy ko’rinishi — bu o’rtacha qiymatli grafiklarni tuzishdir. Buning uchun manba kartaga doimiy nuqtalar to‘ri joylashtiriladi, 2.3-rasmdagi har bir olti burchakli shaklda o’zgaruvchan o’rtacha Zf hisoblangan. 2.3-d rasmdagi teng chiziqlar (izoliniyalar) kartasida Zf qiymatlari bilan qurilgan shaklda natijasi berilgan. So’ngra har bir nuqtadan haqiqiy va o’rtacha qiym atlar farqi bo’ladi, anomaliya esa asosiydan chelga ehiqishlarni va ikkinchi darajali bo’laklar joylashishini ko‘rsatadi. Zo =Zi – Zr Xuddi shu kabi natijaga tashkil etuvchilarni bo'laklarga ajratib approksimasiyalovchi yuzani hisoblashda va uning haqiqiy yuzadan chetlashgan holatni aniqlashda ham erishish mumkin. Hodisalaming tuzilishini chuqurroq o'rganish uchun kartografik tasvirni qayta qurish, ya’ni yangi keltirib chiqarish kartasini yaralish maqsadida uni o’zgartirish (transshaklsiya qilish) kerak. Bu o’z navbatida tadqiqot uchun yangi ma’lumotni olish imkonin beradi. Kartografik tasvirni o’zgartirishning bir necha turlari mavjud. Bo'laklarga ajratish — bu geotizimni murakkab qismlarga ajratish va tadqiqotchini qiziqtirgan ma'lumotlardan zarurini ajratib olishdir. Ajratib olingan elementlarning ko‘rinishi tadqiqotning maqsadiga mos shaklga keltiriladi, 2.2-rasmda relyef va gidrografiyaning to’g’irilangan chiziqli elementlari tizimi berilgan. 2.2.4-rasm. Soddalashtirish. Zamonaviy relef kartasini morfo-izogips kartaiga aylantirish: a – zamonaviy relef; b – umumlashgan garizantallar yordamida relefni tasvirlash. Soddalashtirish - kartografik tasvirni sodda ko’rinishga keltirib, ikkinchi darajali elementlardan xolis qilish. Gipsometrik tasvirni soddalashtirish va ikkinchi darajali elementlarni olib tashlash natijasida relefning asosiy, birlamchi lektonik tuzilishi hosil bo'ladi (2.4-rasm). Detallashtirish - soddalashtirishga qarama-qarshi usul bo‘lib, kartografik tasvirni to’laroq, batafsilroq tasviriashdan iborat. Masalan, topografik kartada mavsumiy soy, daryo va boshqa o’zanlardan tirish. Kontinualizatsiya - diskret kartografik tasvirni uzliksiz shakllar bilan almashtirish, masalan. aholi kartasidan aholi zichligi kartasini, o'rmonlar kartasidan hududning o’rmon bilan qoplanganlik darajasi kartasini keitirib chiqarish. Diskretlash — uzluksiz tasvirdan disretli shaklga o’tish. Kartalardagi kartogramma va teng chiziqlardan foydalanib, raqamli model tuzish, unda nuqtali to‘r orqali interpolyatsiyani olib borish (2.5-rasm). Download 237.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling