O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti «Iqtisodiyot va turizm» fakulteti «Mehnat iqtisodiyoti»


Download 19.61 Kb.
bet6/9
Sana21.06.2023
Hajmi19.61 Kb.
#1639011
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Mehnat iqtisodiyoti fanining mohiyati va uning tarkibiy y-fayllar.org

Mehnat iqtisodiyoti iqtisodiy qonunlarning mehnat sohasida amal qilish mexanizmini, ularning mehnatni ijtimoiy tashkil etishda namoyon bo’lish shakllarini o’rganadi. Bunda mehnat iqtisodiyoti uchun mehnat jarayonida mahsulot narxining shakllanishi katta qiziqish uyg’otadi. Ayni paytda mazkur fan uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatishning turli bosqichlarida mehnat sarfini aniq hisobga olishi bilan ham muhimdir. Mehnat iqtisodiyoti ish bilan bandlikni ta‘minlash, yangi ish o’rinlarini yaratish, ishlab chiqarish va inson kapitaliga investitsiyalarni rag’batlantirish bo’yicha amalga oshadigan iqtisodiy-moliyaviy munosabatlarni hamda mehnat bozori konyunkturasiga mos ishchi kuchi bahosining shakllanish mexanizmlarini, uning tashkiliy-iqtisodiy jihatlarini tadqiq etadi.

Mehnat sotsiologiyasi uchun esa, birinchi navbatda, ishchi kuchi va ish beruvchilar hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok etadigan xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlari ahamiyatlidir. Ish bilan bandlik xizmati faoliyati va ish bilan bandlikni ta‘minlash holatini tahlil etishda mehnat sotsiologiyasida ham, mehnat iqtisodiyotida ham mazkur fanlar uchun umumiy bo’lgan, ayni paytda bu fanlar har biriga xos kategoriyalar qo’llaniladi.

Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi uchun mehnat taqsimoti va mehnatni maqbullashtirish kategoriyalari, xodimlarning malaka darajasi, xodim mehnat faoliyatini rag’batlantirish, ish bilan bandlik, mehnat migratsiyasi kabilar umumiy hisoblanadi.

Ishchi kuchi tovar bo’ladigan bozor xo’jaligi tizimida o’z jismoniy kuchiga ega bo’lgan xodimlarning ish o’rinlariga nisbatan harakatlari mehnat bozori orqali ro’yobga chiqadi. Mehnat bozorida ishchi kuchining oldi-sotdi jarayoni amalga oshadi.

Mehnat iqtisodiyoti fanida amalga oshadigan ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy munosabatlar mehnat bozori fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida mehnat bozori muhim o’rinni egallaydi. Mana shu bozorda mehnatga qobiliyatli kishilar va davlat biror bir jamoa va xususiy tashkilotlarning nomidan ish ko’ruvchilar va ish beruvchilarning manfaatlari to’qnash keladi. Mehnat bozorida vujudga keladigan munosabatlar yaqqol ifodalangan ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega bo’lib, ular mamlakat aholisi ko’pchiligining muhim ehtiyojlariga daxldor bo’ladi. Mehnat bozori mexanizmi orqali aholining ish bilan bandligi va mehnatga haq to’lash darajalari belgilanadi. Mehnat bozorida ro’y berayotgan jarayonlarning jiddiy oqibati ishsizlik bo’lib, u umuman olganda salbiy hodisa hisoblansa ham, lekin amalda jamiyat hayotining muqarrar natijasidir.


Download 19.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling