O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti qo‘lyozma
Download 101.46 Kb.
|
DISSERTATSIY (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. INTENSIVLIKNING LINGVOKULTUROLOGIK TALQINI 2.1. Lingvokulturalogiya va so’z ma’nolarini kuchaytirish asoslari
I Bob bo’yicha xulosalar
1. Barcha tillarda, ayniqsa, ingliz va o’zbek tillarida frazeologiya til xazinasi sanaladi. Frazeologizmlarda xalq tarixi, madaniyati keng miqyosda ochib beriladi. Bu birliklar tilning informativ birligi hisoblanib, tilda asosan “bezak” sifatida qaraladi. Chunki ularning ko‘pchiligi yorqin, obrazli, qisqa va ko‘p ma'noli birikmalardir. Ingliz tilining o‘rganilishi hozirgi kunda bizning mamlakatimizda keng miqyosda qo‘llaniladi. Tilni yaxshi bilish uchun, jumladan ingliz tilini, frazeologiyani yaxshi bilish lozim. 2. Frazeologiyani bilish badiiy va publisistik adabiyotni oson o‘qishga va uni tushunishga yaqindan yordam beradi. Frazeologizmlarni mantiqiy qo‘llay olish bizga nutqimizning chiroyli, obrazli qiladi. 3. Intensivlikning turli sathlarda namoyon bo’lishida intensiv, intensifikator, intensifikat, deintensiv, deinsifikator terminlari muhim ahamiyat kasb etadi. 4. Intensivlik ekspressivlik, emotsionallik, baholash, ta’kidlash kabi hodisalar asosida yuzaga keluvchi nutqiy ta’sirchanlik hodisasidir. Intensivlik ekspressivlik, emotsionallik, baholashning miqdor ko’rsatgichi, ta’sirchanlik darajasi uchun xizmat qiladigan dinamik hodisadir. II BOB. INTENSIVLIKNING LINGVOKULTUROLOGIK TALQINI 2.1. Lingvokulturalogiya va so’z ma’nolarini kuchaytirish asoslari Intensivlik real hayotdagi vazn, rang, o‘lcham xarakterlrida ham namoyon bo‘lishini yana bir bor ta'kidlab o‘tish lozim. Intensivlikni namoyish qilish uchun til har xil usullarga tayanadi va fonetika, morfologiya, leksikologiya, sintaksis kabi aspektlar bilan chambarchas bog‘lanadi. Amaliyotda ko‘rib chiqilganda, shu narsa namoyon bo‘ldiki, intensifikatorlar asosan ravish, fe'l va sifat so‘z turkumlari sifatida qo‘llaniladi. Sh.Ballining aytishicha, “Intensivlik – bu har xil o‘zgarishlar va tushunchalar bo‘lib, sanoq, kattalik, qiymat, kuch va boshqa tushunchalarning darajalariga borib taqaladi”. Albatta, “intensivlik” atamasini tevarak-atrofdagi predmetlar ob'ektiv belgisining sanoq tasnifiga xos deb o‘rganish mumkin. Intensifikatorlarning xususiyatlarini o‘rganish maqsadida olimlar tomonidan juda ko‘p tadqiqotlar o‘tkazilgan. Lekin tadqiqotlarning asosiy qismi kuchaytirishning frazeologik usuliga qaratilgan. Yana shuni aytib o‘tish joizki, frazeologiyada intensivlik kategoriyasi faqatgina frazeologik birliklarning struktur-semantik o‘zgarishlariga qaratilgan va shu orqali bu birliklarning ma'nosi kuchaytirilgan. Bundan tashqari yana shuni aytib o‘tish kerakki, frazeologik birliklarning bunday qatlmi frazeologiya fan sifatida rivojlanayotgan paytda ilmiy nuqtai nazardan o‘rganilmagan. Shu yerda aytib o‘tish joizki, frazeologik birliklarning to‘rtta struktural – semantik sinfi mavjud: 1. Nominativ frazeologik birliklar 2. Nominativ – kommunikativ frazeologik birliklar 3. Modal fe'lli frazeologik birliklar 4. Kommunikativ frazeologik birliklar. Frazeologik kontekst – tilda semantik tashkil etilgan frazeologik birliklarning moslashuvi, bog‘lanishi mavjud bo‘lgan aktualizatordir. Frazeologik kontekst bir necha turga bo’linishi mumkin: 1. Ichki iborali frazeologik matn 2. Iborali frazeologik matn 3. Iboradan tashqari frazeologik matn Intensifikatorlarning xususiyatlarini o‘rganish maqsadida olimlar tomonidan juda ko‘p tadqiqotlar o‘tkazilgan. Lekin tadqiqotlarning asosiy qismi kuchaytirishning frazeologik usuliga qaratilgan. Yana shuni aytib o‘tish joizki, frazeologiyada intensivlik kategoriyasi faqatgina frazeologik birliklarning struktur-semantik o‘zgarishlariga qaratilgan va shu orqali bu birliklarning ma'nosi kuchaytirilgan. (Kunin, 1986; Artemova, 1991) Bundan tashqari yana shuni aytib o‘tish kerakki, frazeologik birliklarning bunday qatlami frazeologiya fan sifatida rivojlanayotgan paytda ilmiy nuqtai nazardan o‘rganilmagan. S.E. Rodionovaning fikricha, sintaktik vositalar. Bu vositalarga quyidagilar kiradi: sintaktik konstruktsiyalar (Вот это…; Ну и…; Ох и… va hokazo), takrorlashlar (грустно-грустно, тихо-тихо), так, такойmodel bo‘yicha qurilgan, olmosh-uyushma xarakterdagi murakkab jumlalar, настолько, столь, до того, до такой степени, столько, так много, так мало … что, (Lekin kechki atmosfera shunchalik iliq ediki, hech kim sovuqni sezmadi) Fonetik vositalar, S.E. Rodionova ga ko'ra alohida intonatsion urg'uni zarbli tovushning cho‘zilgan talaffuzi bilan birga kelgan so‘zlar o'z ichiga oladi. (На улице до-о-ождь! Он из-за этого пла-а-акал вчера! До-о-олго он смотрел ей вслед!). Qoida tariqasida, sof shaklda bu vosita ham juda kam uchraydi: u sintaktik, kamroq - leksik va hosilaviy kuchaytirish vositalari bilan birga keladi: Ох и рыда-а-ал же он! Ekspressivlik va intensivlik xususiyatlarini “kuchaytirish” tushunchasi orqali aniqlash mumkin. Intensivlikning ekspressivlikka borib taqalishi shuni anglatadiki, nutqimizdagi ekspressivlik ko‘pchilik holatlarda uning intensifikatsiyasiga borib taqaladi va stilistik nuqtayi nazardan o‘rganilayotgan birikmalar asosiy holatlarda kuchaytirishni talab qiladi. Bundan tashqari, bu ikki kategoriya tilshunoslikning ichki kategoriyalari hisoblanib, birgalikda ular nutqning ifodali va adabiy ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun pragmatik holat yaratadi va har ikkalasi ham faqatgina mahlumot berish vazifasini bajaribgina qolmay, yana ikkinchi tomondagi suhbatdoshga kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Intensivlikni pasaytirishning morfologik vositalariga quyidagilar kiradi: 1) modal fe’llarning shakllari. Shiddatni pasaytirish vazifasida may (might), can (could), kabi modal fe'llar. Shu bilan birga, may (might), can (could), will (would) va should shakllar ham xarakterlanadi mos ravishda may(might) nisbatan past intensivlik darajasi. Ular xushmuomalalik tamoyilini amalga oshirish, shubha, noaniqlik, noaniqlikka ahamiyat berish uchun ishlatiladi; 2) bilvosita kayfiyat shakllari; turli xil shubha, noaniqlik, taxminlar, orzularni yetkazish; Ekspressivlik va intensivlikning formal aspektlari hm bir-biriga mos keladi. Har ikkala kategoriyada ham emotsionallik va baholash ko‘rsatkichlari mavjud. Intensivlikni namoyish qilish uchun til har xil usullarga tayanadi va fonetika, morfologiya, leksikologiya, sintaksis kabi aspektlar bilan chambarchas bog‘lanadi. Bunday holatda intensifikatsiya asosan leksik birliklar bilan qo‘llaniladi. Amaliyotda ko‘rib chiqilganda, shu narsa namoyon bo‘ldiki, intensifikatorlar asosan ravish, fe'l va sifat so‘z turkumlari sifatida qo‘llaniladi. Intensivlik kuchaytiruvchi kategoriya vazifasini o‘tab, belgining sifat, o‘lchov, sanoq va boshqacha aytilganda, aniqlovchining obyektiv sanog‘ini bildiradi. Yaqin kunlargacha intensivlik muammosi tilshunoslikning eng kam o‘rganilgan sohasi hisoblanar edi. Ingliz tili frazeologiyasida intensivlik muammosi birinchilardan bo‘lib, Logan P.Smitning “Ingliz iboralari” ilmiy ishida ko‘rib chiqilib, 1922 yil “Society for Pure English” deb nomlangan to‘plamda chop etilgan edi va 1925 yil shu ilmiy ish “So‘zlar va iboralar, ingliz tilida ularning tadqiqoti” nomi bilan kitob tarzida chop etildi. Shu kitobda biz birinchi marta kuchaytirish ma'nosini anglatuvchi frazeologik birliklarga duch kelamiz. Bu birliklarni maxsus holatda ko‘rib chiqmay, Logan P.Smit ingliz tilida bir guruh frazeologik birliklar – intensivlik ma'nosidagi komparativ birliklar borligini aytib o‘tadi. Ingliz olimi o‘z asarida 23 ta birlikni tahlil qilgan. Shunga asoslanib, biz ham bir necha frazeologik birliklarni tahlil qilishimiz mumkin: Download 101.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling