O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti


Download 167.94 Kb.
bet1/7
Sana24.06.2023
Hajmi167.94 Kb.
#1653098
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Imkoniyatlari cheklangan bolani tarbiyalayotgan oila bilan ishlashga


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Pedagogika” fakulteti
Pedagogika psixologiya yo‘nalishi
2-kurs 62-21 guruh talabasi
Uzoqova Gavharbonuning
IJTIMOIY PEDAGOGIKA”
fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: “Imkoniyatlari cheklangan bolani tarbiyalayotgan oila bilan ishlashga yonaltirilgan ijtimoiy pedagogik texnalogiyalar.

Topshirdi: Uzoqova G.
Qabul qildi: Isayeva G.


Guliston 2023
MUNDARIJA:
KIRISH.……………………………………………………………………..…..3
I.BOB. IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLANI TARBIYALAYOTGAN OILALAR…..………………………………………………...………………...6
1.1. Imkoniyati cheklangan alohida ehtiyojli bolalar………………………..6
1.2. Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan oila turlari.…………………..….12
II.BOB. OILALAR VA ULAR BILAN ISHLASH UCHUN ZARUR SHART SHAROITLAR……………………………………………………..19
2.1. O’zbekistonda ko’p bolali oilalarning mintaqaviy xususiyatlari oilaning ijtimoiy vazifalari……………………...…………..………..….19
2.2. Ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari shakl, metod va vositalari………………………………………………...……………….27
XULOSA...…………………………………………………………………….36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …….……..………………………..34
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Alohida ehtiyojli bolalarning ko’pincha uyqulari buzilgan bo’ladi, shuning uchun kun davomida ular faol bo’lishlari, jismoniy va intellektual harakatga tortilishlari va kechga borib charchoqni xis etishlari kerak. Misol uchun, bola dasturxon yozishda sizga yordam berishi, tokchadan buyumlarni olib berishda, do’kondan xarid qilgan mahsulotlarni joylashda yordam berishi mumkin.
Agarda bolaga uyda maxsus moslama kerak bo’lsa, tutingan ota-ona ijtimoiy xizmatlar vakillarining ularni darhol yetkazib berishlarini va yetarli shart-sharoit bilan ta’minlashlarini talab etishi kerak.
Muammo tutingan oilaga qarindosh bo’lgan bolalar joylashtirilganda hamda tutingan ota-onaning o’z farzandlari bilan munosabat qurish bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Har bir guruhdagi bolalarda ham quyidagi holatlar mavjud bo’lishi mumkin:

  • oilaga nisbatan har doim ham mantiqqa asoslanavermaydigan vafodorlik;

  • hissiy aloqa;

  • o’zaro qo’llab-quvvatlashlar;

  • yoshi bo’yicha katta bo’lishi shart bo’lmagan “etakchi”;

  • guruhdagi tenglik.

Agarda tutingan tarbiyaga qarindosh bo’lgan bolalar joylashtirilsa, ular ko’pincha birgalikda bo’ladilar va o’zlarini muayyan tarzda tutadilar. Masalan, agarda bittasi uxlashga yotishni xohlamasa, boshqalari ham xohlamaydilar. Ovqatlanish vaqtida ham yana bir muammoli holat bo’lib o’tishi mumkin.
Bolalarning qarindoshlik hissiyotlarini hurmat qilish, ularni buzmaslik kerak. Yangi uyda bolalar o’zlarini ancha ishonchli tuta boshlashlari bilan o’z xulqlarida ko’proq individual xususiyatlarini namoyon qila boshlaydilar.
Oila shaxs tarbiyasida boshqa ijtimoiy institutlar bilan taqqoslaganda birinchi darajali rolni bajaradi. Chunki, aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun umr davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy rollarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z-o’zini belgilab olishga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi.
Oilaviy munosabatlar oliy qadriyat hisoblangan bizning respublikamizda O’zbekistonda oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqe’ini xozirgacha ushlab turibdi. Biroq bu holatdagi oila inqirozi ko’pgina oilalar, shu jumladan, o’zbek oilalariga ham ta’sir qiladi. Ko’p bolali o’zbek oilalarida patriarxal tartibning saqlanishi oiladagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlagan, chunki o’zbek oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko’nikmalar avloddan-avlodga o’tib keladi.

Download 167.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling