Mavzuning o`rganilganlik darajasi. Imkoniyatlari cheklangan bolalarni ijtimoiy himoyalashda vasiylik va homiylik organlarining o`rni bilan bog`liq tadqiqot yagona kompleks tadqiqot sifatida o`rganilmagan bo`lsada, ammo u bilan bog`liq yoki uning atrofidagi masalalar xorij va mamlakatimiz olimlarining qator ilmiy tadqiqot ishlarida u yoki bu darajada o`z aksini topgan
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Imkoniyatlari cheklangan bolalarni ijtimoiy himoyalashda vasiylik va homiylik organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va amaliyotga joriy etishning ilmiy asoslarini nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish kurs ishining maqsadi bo`lib hisoblanadi. Shu ma`noda, mazkur maqsadni amalga oshirish yo`lida quyidagi hollar bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari qilib belgilab olindi:
- Imkoniyatlari cheklangan bolalar muammolariga taalluqli tadqiqotlarni o`rganish va ularni tahlil qilish;
- Imkoniyatlari cheklangan bolalarni ijtimoiy himoyalashga taalluqli xalqaro va milliy qonunchilik normalarini o`rganish;
- Imkoniyatlari cheklangan bolalarga vasiy va homiy tayinlash hamda ularni farzandlikka, oilaga tarbiyaga berish tartibini o`rganish;
- Imkoniyatlari cheklangan bolalarni ijtimoiy himoyalashda vasiylik va homiylik organlarining o`rnini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining ob`yekti. Imkoniyatlari cheklangan bolani tarbiyalayotgan oila bilan ishlashga yonaltirilgan ijtimoiy pedagogik texnalogiyalardan foydalanish jarayoni.
Kurs ishining predmeti. Imkoniyatlari cheklangan bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ular bilan ishlashga yonaltirilgan ijtimoiy pedagogik texnalogiyalarining o`rnini o`rganish jarayoni kurs ishining predmeti bo`lib hisoblanadi.
Kurs ishining nazariy va metodologik asoslari.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksi, yetim qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga taalluqli huquqiy-normativ hujjatlar, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari,
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev asarlari, mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar olimlarining mavzuga oid adabiyotlarda ilgari surilgan qarashlari ushbu mavzuni yoritishda nazariy va metodologik asos qilib olindi. kurs ishida qo`llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi.
Tadqiqot ishida ilmiy bilishning turli bosqichlarida qo`llaniladigan hujjatlarni o`rganish va umumlashtirish, sotsiologik so`rovnoma, tarixiy-qiyosiy tahlil, statistik kabi uslublarga tayanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |