O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti xayrullayeva dilafro‘z azamat qizi xorazm o‘zbeklarining oilaviy marosimlari mavzusi tarixshunosligi


Download 406.69 Kb.
bet12/12
Sana20.08.2023
Hajmi406.69 Kb.
#1668768
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Shayboniylar

III bob xulosasi

Har bir millatning urf-odatlari turli davrlarda, turli tarixiy va iqtisodiy sharoitlarda, madaniyatning turli bosqichlarida vujudga keladi. Jamiyat moddiy va ma’naviy hayotining o‘sishiga qarab, ular o‘zgarib boradi, ya’ni ma’lum sharoitning talabiga javob bera olguncha saqlanadi va aks holda yo‘qolib ketadi.

Asrdan-asrga, avloddan-avlodga bebaho meros bo‘lib o‘tib kelayotgan, turmushga singib ketgan Navro‘z, Lola sayli, Qovun sayli, Xirmon to‘yi kabi an’anaviy bayramlarning zaminida tabiatni e’zozlash, mehnatni ulug‘lash bo‘lgani uchun ham u yangi zamon talabiga to‘la javob bera olar edi. Shu bois ular qarama-qarshiliklar, taqiqlarga uchragan bo‘lsa ham, xalq orasidan butunlay yo‘qolib ketmadi.

Xulosa

  • Oila va oilaviy marosimlar etnosga oid madaniy va maishiy an’analar uzatuvchisi hamda davomchisi hisoblanadi. Oilaviy marosimlar o‘ziga xosligi, tarixi bilangina farqlanib qolmay, balki etnomilliy va diniy marosimlarga boyligi jihatidan ham o‘zga marosimlardan ajralib turgan.
  • Xorazm vohasi o‘zbeklarining oilaviy marosimlari va u bilan bog‘liq urf-odatlar tarixiy va yozma manbalarda to‘liq aks etmagan bo‘lib, bu haqdagi ma’lumotlarni manbalarda uzuk-yuluq tarzda uchratish mumkin.
  • O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan mustamlaka qilinishi davrida rossiyalik elchilar, sayyoh va zobitlar tomonidan yozib qoldirilgan esdaliklar, kundalik va hisobotlarda o‘zbek xalqining ma’naviy turmushi, oilaviy masalalari aks etgan bo‘lsada, ularda marosimlarga kamroq e’tibor qaratilgan.
  • O‘rganilayotgan muammoning XX asrda yoritilishi darajasini tahlil qilar ekanmiz, shu narsaga amin bo‘ldikki, bu davrda oilaviy marosimlarga oid qator e’tiborga molik ishlar amalga oshirilgan. Sovet davrida Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi davomida keng miqyosda tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, ular orasida Xorazm vohasidagi oilaviy marosimlarga oid ishlar amalga oshirilgan. Bu davr mualliflari sovet davridagi oilaviy marosimlar bilan bog‘liq urf-odat va an’analarni ijobiy deb ta’riflaganlar va o‘z ishlarida keng targ‘ib qilganlar. Shu bilan birga, ushbu tadqiqotlar sotsialistik mafkuraga ham xizmat qilganini ko‘rish mumkin.
  • O‘zbekistonda mustaqillikdan keyin oilaviy marosimlar va u bilan bog‘liq jarayonlar haqida bir qancha ilmiy va etnografik tadqiqotlar amalga oshirilgan, biroq ushbu masalalar muayyan hududlar misolida tadqiq etilgan. Mustaqillik davri adabiyotlari va tadqiqotlarida oilaviy marosimlarni tadqiq qilish jarayonida qiyosiy tahlil, xolislik metodlariga tayanilgan va ob’ektiv yondoshilganini ko‘rish mumkin.

Download 406.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling