O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti xayrullayeva dilafro‘z azamat qizi xorazm o‘zbeklarining oilaviy marosimlari mavzusi tarixshunosligi


Download 406.69 Kb.
bet7/12
Sana20.08.2023
Hajmi406.69 Kb.
#1668768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Shayboniylar

Xorazm o‘zbeklarining XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan nikoh to‘ylari haqida eronlik elchi va harbiylari ham muhim ma’lumotlar qoldirganlar. Jumladan, 1842-yilda Xivaga eronlik qullarni ozod qilish uchun kelgan Eron elchisi Muhammad Alixon G‘ofur o‘z esdaliklarida Xiva xonligi aholisi ichida o‘tkaziladigan nikoh to‘yi marosimlari haqida bir necha bor eslatib o‘tgan.

  • Xorazm o‘zbeklarining XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan nikoh to‘ylari haqida eronlik elchi va harbiylari ham muhim ma’lumotlar qoldirganlar. Jumladan, 1842-yilda Xivaga eronlik qullarni ozod qilish uchun kelgan Eron elchisi Muhammad Alixon G‘ofur o‘z esdaliklarida Xiva xonligi aholisi ichida o‘tkaziladigan nikoh to‘yi marosimlari haqida bir necha bor eslatib o‘tgan.
  • 1851-yilda xonlikda bo‘lgan yana bir Eron elchisi Rizoqulixonning “Safarotnomayi Xorazm” asarida ham nikoh to‘yi marosimi haqida juda qisqa bo‘lsada, ba’zi ma’lumotlar mavjud. Xiva xonligiga asirlikka tushib, Xivada o‘n yil yashagan yana bir Eron harbiy zobiti Ismoil Mirpanjiy esdaliklarida ham Xorazm o‘zbeklarining o‘sha davrdagi nikoh o‘qish marosimi haqida bir qancha ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Xususan, u o‘z esdaligida nikoh to‘yi haqida quyidagicha ma’lumot berib o‘tadi: “...Nikoh to‘ylarida qozi bir kosada suv to‘ldirib qizning oldiga qo‘yadi: - O‘z taningni falonkasga bag‘ishladingmi yo yo‘q? - deb so‘raydi. Qiz:– Bag‘ishladim, – deb javob beradi. Shundan so‘ng qozi o‘sha suvdan ichib “ Bismillohu Ollohu Akbar” deydi. Boshqa o‘tirganlar ham shu suvdan ichadilar va qozi nikoh bitimini joriy etadi. Ularning qalin puli to‘qqiz sonidan aylanadi. Masalan, ikki to‘qqiz tillo, uchta to‘qqiz tillo yoxud to‘qqiz-to‘qqiz patir non kabi.

2.2 Rus mustamlakachilari va sovet davri tadqiqotchilarining asarlarida nikoh bilan bog‘liq oilaviy marosimlarning aks etishi.
O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan mustamlaka qilinishi davrida ham mintaqa xalqlari turmush tarzi va madaniyati, jumladan, oilaviy-maishiy marosimlariga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va o‘sha davr adabiyotlarida o‘z aksini topgan. Aynan mazkur davrda, ya’ni O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan mustamlaka qilinishi davrida mintaqa xalqlari turmush tarzi va madaniyati, jumladan, oilaviy-maishiy marosimlariga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari amalga oshirildi va u o‘sha davr adabiyotlarida o‘z aksini topgan. Bu tadqiqotlar asosan rossiyalik mualliflarga tegishli bo‘lib, ular turli maqsadlarda bu yerga kelgan sayyohlar, elchilar, harbiy xizmatchilar va tarixchi etnograflardan iborat edi. Ular o‘zlarining kundaliklari, esdaliklari va hisobotlarida har xil marosim va rasm-rusumlarni yozib qoldirganlar. Xususan, mashhur venger sayyohi Arminiy Vamberining esdaliklarida Xiva xonligi aholisi to‘ylari haqida qisman to‘xtalib o‘tilgan. N.Muravyevning Xiva xonligiga qilgan sayohatlari asosida yozilgan asaridan xonlikdagi madaniy jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni o‘rganishimiz mumkin.
Xiva xonligi aholisi ichida o‘tkazilgan nikoh to‘yi marosimlari haqidagi ayrim ma’lumotlar Xiva xonligiga tashrif buyurgan elchi yoki diplomatlarning kundalik va xotiralarida, rus zobitlari hisobotlarida, sayyohlarning esdaliklarida keltirib o‘tilgan. Xususan, Muhammad Alixon G‘ofurning “Xorazm safari kundaliklari”, Mirzo Rizoqulixon Hidoyat-Loloboshining “Safarnomai Xorazm”, Ismoil Mirpanjiyning“Asirlikdagi xotiralar”, Arminiy Vamberining “Путешествие по Средний Азии”, N.Muravyevning “Путешествие в Туркмению и Хиву” asarlari shular jumlasidandir. Biroq, ushbu manbalarda keltirilgan ma’lumotlarda Xorazm vohasi o‘zbeklarining nikoh to‘yi marosimlari to‘liq aks etmagan bo‘lib, bu xaqidagi ma’lumotlarni manbalarda uzuq-yuluq tarzda uchratish mumkin.
Xorazm vohasi oilaviy marosimlari mavzusi ayniqsa, 1936-yilda tashkil qilingan Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining faoliyati davomida keng miqyosda va ilmiy jihatdan tadqiq qilindi. Ekspeditsiya a’zolari S.P.Tolstov, M.A.Itina, T.A.Jdanko, N.P.Lobacheva, K.L.Zadixina, G.P.Snesarev, V.M.Sazonova, Yu.A.Rapoport, O.A.Vishnevskaya hamda S.I.Polyakov, E.G. Kagarovlarning asarlari shular jumlasidandir.
Bular ichida ayniqsa, N.P.Lobacheva, P. G. Snesarev, K.L.Zadixina va V.M.Sazonovalarning tadqiqotlari biz tadqiq qilayotgan mavzuga oid eng asosiy adabiyotlar sirasiga kiradi. O‘zbeklarning an’anaviy marosimlarini o‘rgangan N.P.Lobacheva O‘rta Osiyo xalqlari oilaviy marosimlarini o‘rganish va tahlil etish bilan birga, sovet davrida yuzaga kelgan marosimlarni ijobiy deb ta’riflaydi va o‘z ishlarida keng targ‘ib qiladi. Mazkur tadqiqotlar olimaning uzoq yillar olib borgan tadqiqotlari samarasidir. Qadimiy diniy e’tiqodlarning ko‘rinishlarini Xorazm misolida o‘rgangan G. P. Snesarevning shu sohadagi fundamental asari oilaviy marosimlarni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Muallif ushbu asarida Xorazm o‘zbeklari hayotidagi demonologik ko‘rinishlar hamda shomonlik, magiya-afsungarlik, totemizm, zardushtiylik kabi qadimiy diniy e’tiqod izlarini mintaqa aholisi oilaviy marosimlarida jumladan, nikoh to‘yi bilan bog‘liq jarayonlarda namoyon bo‘lishi muammosini ilmiy asosda tadqiq etgan.

Download 406.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling