O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti xayrullayeva dilafro‘z azamat qizi xorazm o‘zbeklarining oilaviy marosimlari mavzusi tarixshunosligi


Download 406.69 Kb.
bet8/12
Sana20.08.2023
Hajmi406.69 Kb.
#1668768
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Shayboniylar

A.D. Grebenkin o‘zbeklarning oila-nikoh masalalariga e’tiborini qaratgan bo‘lsa, A.Divayev Chimkent o‘zbeklarining kelinni kuyovning uyiga kuzatish marosimini yoritgan. Bundan tashqari L. Xoroshxin, N.Ostroumov, M.Gavrilov, N.Likoshinning ishlarida kelin tanlash, kelinni olib qochish va nikoh marosimiga oid masalalar o‘z ifodasini topgan. Mualliflar, o‘zbek xalqining oilaviy-maishiy turmushini kuzatib, nikoh to‘ylarining marosimiy tomonlariga juda kam e’tibor qaratganlar hamda Xorazm vohasidagi nikoh to‘ylari va u bilan bog‘liq jarayonlarni deyarli tilga olmaganlar. Biroq, bu manbalar o‘sha davr nikoh to‘yi bilan bog‘liq marosimlar to‘g‘risida ma’lum darajada bo‘lsa ham ma’lumotlar berishi bilan ahamiyatlidir..

  • A.D. Grebenkin o‘zbeklarning oila-nikoh masalalariga e’tiborini qaratgan bo‘lsa, A.Divayev Chimkent o‘zbeklarining kelinni kuyovning uyiga kuzatish marosimini yoritgan. Bundan tashqari L. Xoroshxin, N.Ostroumov, M.Gavrilov, N.Likoshinning ishlarida kelin tanlash, kelinni olib qochish va nikoh marosimiga oid masalalar o‘z ifodasini topgan. Mualliflar, o‘zbek xalqining oilaviy-maishiy turmushini kuzatib, nikoh to‘ylarining marosimiy tomonlariga juda kam e’tibor qaratganlar hamda Xorazm vohasidagi nikoh to‘ylari va u bilan bog‘liq jarayonlarni deyarli tilga olmaganlar. Biroq, bu manbalar o‘sha davr nikoh to‘yi bilan bog‘liq marosimlar to‘g‘risida ma’lum darajada bo‘lsa ham ma’lumotlar berishi bilan ahamiyatlidir..

Xorazm vohasi oilaviy marosimlari mavzusi ayniqsa, 1936-yilda tashkil qilingan Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining faoliyati davomida keng miqyosda va ilmiy jihatdan tadqiq qilindi. Ekspeditsiya a’zolari S.P.Tolstov, M.A.Itina, T.A.Jdanko, N.P.Lobacheva, K.L.Zadixina, G.P.Snesarev, V.M.Sazonova, Yu.A.Rapoport, O.A.Vishnevskaya hamda S.I.Polyakov, E.G. Kagarovlarning asarlari shular jumlasidandir.

  • Xorazm vohasi oilaviy marosimlari mavzusi ayniqsa, 1936-yilda tashkil qilingan Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasining faoliyati davomida keng miqyosda va ilmiy jihatdan tadqiq qilindi. Ekspeditsiya a’zolari S.P.Tolstov, M.A.Itina, T.A.Jdanko, N.P.Lobacheva, K.L.Zadixina, G.P.Snesarev, V.M.Sazonova, Yu.A.Rapoport, O.A.Vishnevskaya hamda S.I.Polyakov, E.G. Kagarovlarning asarlari shular jumlasidandir.
  • Bular ichida ayniqsa, N.P.Lobacheva, P. G. Snesarev, K.L.Zadixina va V.M.Sazonovalarning tadqiqotlari biz tadqiq qilayotgan mavzuga oid eng asosiy adabiyotlar sirasiga kiradi. O‘zbeklarning an’anaviy marosimlarini o‘rgangan N.P.Lobacheva O‘rta Osiyo xalqlari oilaviy marosimlarini o‘rganish va tahlil etish bilan birga, sovet davrida yuzaga kelgan marosimlarni ijobiy deb ta’riflaydi va o‘z ishlarida keng targ‘ib qiladi. Mazkur tadqiqotlar olimaning uzoq yillar olib borgan tadqiqotlari samarasidir. Qadimiy diniy e’tiqodlarning ko‘rinishlarini Xorazm misolida o‘rgangan G. P. Snesarevning shu sohadagi fundamental asari oilaviy marosimlarni o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Muallif ushbu asarida Xorazm o‘zbeklari hayotidagi demonologik ko‘rinishlar hamda shomonlik, magiya-afsungarlik, totemizm, zardushtiylik kabi qadimiy diniy e’tiqod izlarini mintaqa aholisi oilaviy marosimlarida jumladan, nikoh to‘yi bilan bog‘liq jarayonlarda namoyon bo‘lishi muammosini ilmiy asosda tadqiq etgan.


Download 406.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling