O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti xayrullayeva dilafro‘z azamat qizi xorazm o‘zbeklarining oilaviy marosimlari mavzusi tarixshunosligi


III BOB. OILAVIY MAROSIMLAR VA UNING AHAMIYATI..............................................40


Download 406.69 Kb.
bet2/12
Sana20.08.2023
Hajmi406.69 Kb.
#1668768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Shayboniylar

III BOB. OILAVIY MAROSIMLAR VA UNING AHAMIYATI..............................................40
3.1 Oilaviy urf-odat va marosimlar: turli xil yubileylar va kundalik bayram tadbirlarining o‘rganilishi.......................................................................................................................................40
3.2 Umumxalq bayramlari munosabati bilan oilada tantanali ravishda o‘tkaziladigan marosimlar.......................................................................................................................................46
III bob xulosasi……………………………………………………………………………………56
XULOSA.........................................................................................................................................57
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI.............................................59
Mavzuning dolzarbligi. XX asr so‘nggi choragidan boshlab dunyo miqyosida etnolog va sotsial antropologlar tomonidan marosimlarni xalq madaniyatining fenomeni tarzida o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi va aynan mazkur mavzu doirasida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar fandagi dolzarb mavzulardan biri tarzida e’tirof etila boshlandi. Ayniqsa so‘nggi o‘n yilliklarda dunyo miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari etnik xususiyatlarni saqlanib qolish omillari va milliy marosimlarni tadqiq etish masalasini dolzarb muammolar tarzida kun tartibiga qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda.
Har bir xalqning boshqasidan ajratib turuvchi muhim etnografik belgilaridan biri uning marosimlari hisoblanadi. Marosim inson hayotida moddiy va ma’naviy talab va ehtiyoj orqali yuzaga keladigan ijtimoiy hodisadir. Har qanday marosim u yoki bu xalqning ma’lum bir tarixiy taraqqiyoti bosqichidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi asosiy belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan holda vujudga keladi va yashaydi. Boshqacha tarzda aytadigan bo‘lsak marosim umum tomonidan qabul qilingan ramziy harakatlarga ega bo‘lgan hayotiy tadbirdir.
KIRISH.
Xorazm vohasi o‘zbeklarining oilaviy marosimlari va u bilan bog‘liq urf-odatlar tarixiy va yozma manbalarda to‘liq aks etmagan bo‘lib, bu haqidagi ma’lumotlarni manbalarda uzuq-yuluq tarzda uchratish mumkin.
O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan mustamlaka qilinishi davrida rossiyalik elchilar, sayyoh va zobitlar tomonidan yozib qoldirilgan esdaliklar, kundalik va hisobotlarda o‘zbek xalqining ma’naviy turmushi, oilaviy masalalari aks etgan bo‘lsada, ularda marosimlarga kamroq e’tibor qaratilgan. Sovet davrida olib borilgan ilmiy ekspeditsiya materiallari va tadqiqotlarda oilaviy marosimlar va u bilan bog‘liq jarayonlar ilmiy tahlil etilgan. Biroq, ushbu nashrlar o‘sha davrning sotsialistik mafkurasini targ‘ib qilishga ham yo‘naltirilgan.
O‘zbekistonda mustaqillikdan keyin oilaviy marosimlar va u bilan bog‘liq jarayonlar haqida bir qancha ilmiy va etnografik tadqiqotlar amalga oshirilgan, biroq ushbu masalalar muayyan hududlar misolida tadqiq etilgan. Xorij tadqiqotchilari tomonidan yozilgan etnologik asarlar, risola va ilmiy maqolalarda O‘rta Osiyoning urf-odat va marosimlariga umumiy yondashilgan va Xorazm vohasi o‘zbeklarining oilaviy marosimlari masalasi alohida o‘rganilmagan.

Download 406.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling