O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti xayrullayeva dilafro‘z azamat qizi xorazm o‘zbeklarining oilaviy marosimlari mavzusi tarixshunosligi


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 406.69 Kb.
bet3/12
Sana20.08.2023
Hajmi406.69 Kb.
#1668768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Shayboniylar

Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Tadqiqotning maqsadi.
Tarixiy va etnologik materiallarni o‘rganish orqali Xorazm vohasi o‘zbeklarining oilaviy marosimlari tarixshunosligini o‘rganish va yoritib berishdan iborat.
Tarixiy va yozma manbalar, ilmiy tadqiqot ishlari va adabiyotlar, statistik hujjatlarni o‘rganish asosida Xorazm vohasi o‘zbeklari oilaviy marosimlari tarixshunosligini tadqiq etish va ilmiy muomalaga kiritish;
Tadqiqotning vazifalari:
Ma’lum bir xalq etnomadaniyati hamda etnik dunyoqarashi asoslarini, etnosga xos lokal milliy va diniy xususiyatlar birmuncha yorqin namoyon bo‘ladigan oilaviy marosim va urf-odatlarni tadqiq qilishdan iborat. Millat tomonidan rasm qilingan va odat tusiga kirgan tadbirlarni turlarga bo‘lib tahlil qilish;
Oilaviy marosimlar tarkibiga kiruvchi bola tug‘ilishi va uning tarbiyasi bilan bog‘liq marosimlar: beshik to‘yi, sunnat to‘yi va boshqa tadbirlar, an’ana va odatlar aks etgan manbalar, adabiyotlar tahlili va tarixshunosligini o‘rganish;
Nikoh bilan bog‘liq oilaviy marosimlar, xususan nikohgacha, nikoh to‘yi bilan bog‘liq va nikohdan keyingi urf-odat va rasm-rusumlarga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari va adabiyotlari tahlili hamda tarixshunosligini o‘rganish;
Xorijiy tadqiqotlarda va mustaqillik davrida nashr qilingan adabiyotlarda oilaviy marosimlarning aks etishi masalasini yoritib berish hamda marosimlardagi transformatsion jarayonlar tarixshunosligini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Oilaviy marosimlar o‘zbek madaniyati urf-odat va marosimlari tizimida alohida o‘ringa ega. Mazkur ishda Xorazm o‘zbeklarining oilaviy marosimlari tushunchasi, turlari va uning tarixshunosligi, xususan qadimgi yozma manbalar, mustamlakachilik, sovet davri, xorijiy tarixshunoslikda va mustaqilik davrida o‘rganilishi masalasi tahlil qilindi va nazariy xulosalar, ilmiy natijalar olindi.
Tadqiqotda keltirilgan faktlar, ilmiy umumlashma va xulosalardan Respublika oliy o‘quv yurtlarining tarix mutaxassislarini tayyorlash uchun O‘zbekiston tarixi, etnologiya, etnografiya va ijtimoiy antropologiya, manbashunoslik, tarixshunoslik fanlarini o‘qitish jarayonida, amaliy mashg‘ulotlarda, Xorazm tarixiga oid qo‘llanmalar, darsliklar yozishda foydalanish mumkin.

Download 406.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling