O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/253
Sana22.08.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1669088
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   253
Bog'liq
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu

СПИСОК ИСПОЛЬЗОВАННОЙ ЛИТЕРАТУРЫ: 
1. Сысоев П. В., Евстигнеев М. Н. Методика преподавания иностранного 
языка с использованием новых информационно-коммуникационных 
интернет-технологий. Москва: Ростов-на-Дону: Феникс, 2010. 182 с. 


429 
2. Орловская А. А., Соколова М. Л. Изучение иностранных языков в 
высшей школе: тандемный метод / / Современные проблемы 
социальных и гуманитарных наук. 2016. № 1 (3). С. 31-35. 
XORIJIY TIL TA’LIMIDA INNOVATSION PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALAR 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8145955
  
Maloxat Yulchiyevna Badalbayeva 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi “Tillar” kafedrasi boshligʻi 
Nozim Ergashev 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 4-kurs kursanti 
Toshkent shahar, Oʻzbekiston 
Annotatsiya. Mazkur maqolada xorijiy tilni oʻrgatishdagi imkoniyatlarni aniqlash 
va ularni yuzaga chiqarishda oʻqituvchining bilimi, ijodkorligi, yaratuvchanlik 
qobiliyatlari toʻgʻrisida soʻz boradi. 
Kalit soʻzlar: oʻqitish, ta’lim tizimi, malakali oʻqituvchi, ixtiro, yangilik, axloq, 
pedagogik uslublar, samarali, ta’lim jarayoni, amaliyot 
Oʻqituvchining talaba oʻquvchlar bilan hamkorlik munosabatini oʻrnatishi, 
ularni oʻz faniga nisbatan qiziqishini uygʻota olishi hozirgi davr talabini taqozo 
etadi. Mamlakatimizda chet tillarni oʻqitishni samarali yoʻlga qoʻyilishi borasida 
bir qator qarorlarning qabul qilinishi va amaliyotga tadbiq etlishi bejizga emas. 
Qarorlar chet tillarini oʻrgatishni yanada rivojlantirish, xalqaro standartlariga 
muvofiq umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy 
ta’lim muassasalari uchun chet tillarni yuqori darajada egallagan malakali 
oʻqituvchilarni tayyorlash darajasi va sifatini yuksaltirish chora-tadbirlarini amalga 
oshirishni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Shu bilan birga aytish joizki, har 


430 
bir oʻrganilayotgan tilning oʻziga xos qonun-qoidalari, turli aspektlari mavjud. 
Xalqaro standartlarga javob bera oladigan yetuk mutaxassis kadr boʻlish uchun 
oʻrganuvchidan tilning eng nozik jihatlarini ham nazardan qochirmaslik talabi 
qoʻyiladi. 
Soʻnggi yillarda taʼlim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi 
pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik 
tushunchalar, interfaol metodlar taʼlim beruvchi tomonidan oʻzlashtirilib va 
qoʻllanilib borilishi, taʼlim mazmunini tubdan oʻzgartirib yubordi desak, 
mubolagʻa boʻlmaydi. 
Talabalarga xorijiy tillarni oʻqitishda qoʻshimcha manbalardan foydalanish, 
yordamchi oʻquv vositalar orqali talabalarning xorijiy tilga qiziqish va 
munosabatini yanada yuksaltirish, har bir darsni interfaol, ya’ni faol-talaba 
usullarida olib borish, darslardan soʻng ularga qoʻshimcha darslar berish va bu 
jarayondan an’anaviy uslublardan keng foydalanishni taqozo qiladi. Innovatsion 
texnologiyalardan 
foydalangan 
holda tashkil etilgan darslar jarayonida 
talabalarning chet tiliga boʻlgan qiziqishlarini orttirib, ularning mustaqil ijodiy 
ishlash malaka va koʻnikmalarini takomillashtirib boradi [1, 99-100]. 
“Innovatsion texnologiya” atamasining etimologiyasi ilmiy adabiyotlarida 
keltirilishicha, “innovatsiya” soʻzi ‘innovation’ – “kiritilgan yangilik, ixtiro”, “fan-
texnikada joriy etilgan yangilik” ma’nolarini ifodalaydi, “texnologiya” esa 
lingvodidaktik tushuncha sifatida “kam vaqt, kuch va mablagʻ sarflab, ta’lim 
maqsadiga erishishni ta’minlovchi sa’y-harakatni ilmiy tashkil qilishning oqilona 
usullari 
majmui”ni 
ifodalaydi. 
An’anaviy 
pedagogikada 
innovatsion 
texnologiyaning muayyan usullari sifatida Cinquain, Brainstorming, Case, Zigzag, 
Cluster, Project, Mind Mapping kabi turlarini qoʻllash katta natijalar olib keldi [2]. 
Quyida rivojlanayotgan yangi pedagogic texnologiyalar haqida soʻz 
yuritamiz. 
1) Ta’limda sun’iy aql. “Sun’iy aql” atamasi (SA) kompyuter tizimlarini 
tavsiflash uchun ishlatiladi. Sun’iy aql ta’lim tizimlari maktablarga, kollejlarga va 
universitetlarga shiddat bilan kirib bormoqda. Koʻpchilik odamlar sun’iy aqlni 


431 
robot oʻqituvchilar deb tasavvur qilsalar-da, uning ham foydali tomonlari bor. 
Talabalar uchun yaratilgan ilovalar aqlli oʻqitish tizimi, dialogga asoslangan 
oʻqitish tizimi, tadqiqotga asoslangan oʻquv muhiti, avtomatik yozishni baholash 
va suhbat agentlarni oʻz ichiga oladi. Oʻqituvchilar uchun moʻljallangan dasturlar 
kam rivojlangan boʻlsa ham, oʻqituvchilarni oʻz bilimlarini oshirishlarida 
yordamchi dastur hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, talabalar va 
oʻqituvchilarning tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, muloqot va hamkorlik kabi 
qobiliyatlarini inobatga olish kerak. Oʻqituvchilar, oʻrganuvchi olimlar va boshqa 
manfaatdorlar ikkala tomonni ya’ni sun’iy aql ilovalarni ham, oʻqitish va oʻrganish 
usullari ham rivojlantirishga shugʻullanishsa nur ustiga a’lo nur boʻlar edi. 
2) Ochiq ma’lumotlar orqali oʻrganish. 250 dan ortiq milliy, mahalliy va 
shahar hokimiyatlari va global miqyosdagi tashkilotlar ma’lumotlarni bir-birlari 
bilan almashishyapti, yaratishyapti va oʻz ishlarida foydalanishyapti. Ushbu 
tashkilotlar xalq tomonidan ishlatiladigan ma’lumotlarni ko’rishga intilishadi, 
koʻpgina yetuk xizmatlar ochiq ma’lumotlarni oʻrganish uchun manbalarni taqdim 
etishadi. Keyinchalik tashabbuslar ularni innovatsion ta’limga olib keldi. Xoʻsh, 
savol tugʻiladi: Ochiq ma’lumotlar material sifatida nimani taklif qiladi? Uni 
oʻrganish va oʻqitishdagi ahamiyati qanday?
Asosiy omil bu – haqiqiylik. Birgalikda ishlatiladigan ma’lumotlar yirik 
tashkilotlar ichida sodir boʻlayotgan real jarayonlar natijasida paydo boʻladi. 
Koʻpincha kasbiy ishda foydalaniladigan ma’lumotlar bizning hayotimizga va 
atrofimizdagi dunyoga real ta’sir qiladi. Ikkinchi omil – bu ma’lumotlar 
talabalarning salohiyatini oshirishdagi ahamiyatidir. Bu juda kuchli ruhiy ta’sir 
boʻlishi mumkin. Talabalar oʻz shaharlarida, qishloqlarida balki oʻz sinflarida 
boʻlayotgan voqea-hodisalarni yaqin va uzoqda sodir boʻlayotgan voqea-hodisa 
bilan taqqoslay oladilar. Balki bu jarayonda ular muammolarni ham aniqlab, bu 
muammoga mahalliy yoki butun jamiyat e’tiborini jalb qilishlari ham mumkin. 
Bitta 
misolda, oʻrta maktab oʻquvchilari Italiyada davlat tomonidan 
moliyalashtirish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻrganish jarayonida qurilish 
loyihalari uchun mukofotlangan. Bundan koʻrinib turibdiki, ochiq ma’lumotlar 


432 
oʻquvchilarni bir-biri bilan bogʻlagan, ma’lumotlar savodxonligi, oshkoralik va 
dalillarga asoslangan harakatlar natijasida kattaroq ragʻbat uchun ijtimoiy 
harakatlar vujudga kelgan. 
3) Ma’lumotdan foydalanish axloqi bilan shugʻullanish.
Oʻsib borayotgan ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish axloqiy 
savollarning doimiy ravishda koʻpayishi bilan birga keladi. Bu yerda axloqiy 
muammolar koʻp ma’lumotlarga, jumladan, kim egalik qiladi, ma’lumotlarni 
qanday izohlash kerak, talabalar va professor-oʻqituvchilarning shaxsiy hayoti 
qanday himoya qilinishi kerak? Oʻzlari xabardor boʻlmagan odamlarni tanqid 
qilish holatlari ham kuzatilgan. Ehtimol, bu faqat vaqt masalasidir. Bunday 
muammolarni oldini olish uchun ta’lim muassasalarida ma’lumotlar axloqiga 
tegishli siyosatni ishlab chiqish, ma’lumotlardan foydalanish uchun talabalardan 
rozilik olish, ularning oʻzaro aloqalaridagi har qanday ma’lumotlarni tahlil qilish, 
ularning ta’limni boshqarish tizimi haqidagi fikrlari bilan tanishib, samarali 
oʻqitish tizimini yaratish, shuningdek, talabalar va xodimlarni qoʻllab-quvvatlash 
masalalari ham inobatga olinishi kerak. Hozirda rasmiy mashgʻulotlar mavjud 
emas. Buning uchun oʻqituvchilar talabalarga imkoniyat yaratib berishi lozim. 
Hozirgi raqamli dunyoda institut va universitetlarning oʻzaro ma’lumot almashishi 
ularning samaradorligini yanada oshiradi [3, 3]. 
Oʻqituvchi yordamini ayamasligi mumkin, ammo ayrim til bilish darajasi 
yuqoriroq talabalarning bilim, koʻnikmalari oʻsishi uchun sinfda oʻtkazadigan 
vaqtning oʻzi yetarli emas, bunday toifadagi oʻquvchilarga darsdan tashqari 
vaqtlarda ham koʻplab qoʻshimcha mashgʻulotlar zarur. 
Xulosa qilib aytganda, oʻqituvchi uchun talabalar darsdan tashqari vaqtlarda 
nima qilayotganini koʻrib chiqish va chet tilini mukammal takomillashtirish 
yuzasidan koʻrsatmalar berish juda muhimdir. Bu uy vazifasini belgilashdan 
tashqarida va talabalar har kuni chet tilida koʻnikmalarini rivojlantirish uchun 
foydalanishi mumkin boʻlgan vositalar va manbalarni oʻz ichiga olishi kerak. 
Oʻqitish uslublarining ijobiy yoki salbiy deb ajratib boʻlmaydi, biroq tarbiya 
jarayonida tanlangan usulni samarali yoki samarasiz deya baholash mumkin. 


433 
Tarbiya jarayoni usulining samaradorligini u qoʻllanilayotgan sharoit nuqtai 
nazaridangina baholash mumkin. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling