O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu
- Bu sahifa navigatsiya:
- TILSHUNOSLIKDA TRANSONIMIZATSIYA HODISASI https://doi.org/10.5281/zenodo.8140179 Saydaliyeva Muxlisaxon Baxtiyor qizi
- Tayanch so‘z va iboralar
АДАБИËТЛАР РЎЙХАТИ: 1. Н.Махмудов, Д.Худойбергенова. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли луғати. –Т.: Маънавият, 2013. 2. Р.Қўнғуров. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари, Тошкент, 1977. 3. Йўлдошев М. Чўлпон сўзининг сирлари. –Т: Маънавият. 2002. 4. Сейтов Ш. Халқабад. 1-китабы. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1977. 5. Сейтов Ш. Халқабад. 2-китабы. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1981. 6. Сейтов Ш. Шырашылар. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1986. 185 TILSHUNOSLIKDA TRANSONIMIZATSIYA HODISASI https://doi.org/10.5281/zenodo.8140179 Saydaliyeva Muxlisaxon Baxtiyor qizi, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti kichik ilmiy xodimi O‘zbekiston, Toshkent Annotatsiya. Tilshunoslik tadqiqotlarida pretsedentlik borliq hodisalarini bilish va ularni tilda aks etish dinamik jarayonlarini ifodalovchi lingvokognitiv, lingvomadaniyatshunoslik hodisasi sifatida talqin qilinadi. Uning birligi bo‘lgan pretsedent nomlar esa yuqori informativ, allyuziv va ekspressiv-emotsional xarakter kasb etadi, shuningdek, bu nomlar milliy o‘ziga xos bilimlarni o‘z ichiga oladi, birgina nom ostida unga aloqador qator faktologik maʼlumotlar bazasi shakllanadi. Mazkur maqolada transonimizatsiya hodisasi ham pretsedent nomlar asosida shakllanuvchi hodisa sifatida tadqiq etilgan. Tayanch so‘z va iboralar: atoqli ot (onim), turdosh ot, apellyativ, transonim, transonimizatsiya, transantroponimizatsiya, transtoponimizatsiya. “Rus onomastik terminologiyasi lug‘ati”ga ko‘ra, biror onimning boshqa onimlar turiga o‘tishiga transonimizatsiya [1, 152] deyiladi. Lug‘atda transonimizatsiyaning turlari sifatida transantroponimizatsiya (antroponimlarning boshqa turga ko‘chishi) va transtoponimizatsiya (toponimlarning boshqa turlarga ko‘chishi) shakllari keltiriladi. Transonimizatsiya jarayoni asosan onimlarning yadroviy birliklari – antroponim va toponimlar asosida yuzaga keladi. Transonimizatsiya mohiyatan assotsiativlik asosidagi ikkilamchi onomastik nominatsiyadir, bu jarayonda atoqli otning tashqi (shakliy) formasi o‘zgarmay, nomning denotativ-signifikativ komponenti va referentlari o‘zgarishi aytiladi [2, 129-134]. Keyingi davr lingvistik tadqiqotlarida antroponimlar, poetonimlar, mifonimlar, toponimlar, xususan, gidronim, oykonim, ergonim (kishilar faoliyat 186 olib boruvchi tashkilot nomlari) va geortonimlardagi transonimizatsiya jarayoni, uning shakllanish sabablari lisoniy va ekstralingvistik omillar asosida tahlilga tortilgan, shuningdek, transonimlar badiiy asarlardagi intertekstuallikni yuzaga keltiruvchi omil sifatida ham berilgan. T.V.Chub obyekt bilan aloqador transonimizatsiya hodisasi metonimiya asosida yuzaga keladi [3, 121-126], deb hisoblaydi. Transonimizatsiya jarayonida motivlashuvga asos bo‘lgan nomning lingvomadaniy jamiyat vakillari tomonidan unutilishi kabi sabablar yuzaga kelganda, diaxron planga ko‘chishini, asos, yaʼni motivlashuvchi onim va transonim o‘rtasidagi motiv-aloqa uzilmasa, u sinxron planda bo‘lishi ham keltiriladi. Transonimizatsiyada leksik-semantik derivatsiyaning salmog‘i katta. Y.A.Karpenko transonimizatsiya derivatsiyasida asosan leksik-semantik usul yetakchilik qilishini aytib o‘tadi [4, 7]. Yakovenko atoqli otning bir obyektdan boshqasiga o‘tishi denotatlarning o‘xshashligi yoki o‘zaro bog‘liqligi asosida, yaʼni metafora yoki metonimiya orqali amalga oshadi, deb keltiradi. Olima transonimlar derivatsiyasi haqida ham fikr bildirib, absolyut transonimlar motiv onimning o‘zgarishsiz boshqa onimga ko‘chishi natijasida hosil bo‘lishini, murakkab derivatsiyali transonimlar esa tarkibida boshqa birlik va affikslar mavjud bo‘lishini aytib o‘tadi [4, 7]. Transonimlar bir onim turi doirasida yoki boshqa onimlar guruhiga ham ko‘chishi kuzatiladi. Sirdaryo, Qashqadaryo gidronimlari viloyat nomlariga, Niagara sharsharasi (inglizcha “Niagara Falls”) va Sakramento daryo nomlari Amerikadagi Niagara-Fols va Sakramento shahar nomlariga o‘tishi, Moskva daryosi nomi keyinchalik shu daryo chegarasidagi shahar nomiga ko‘chishi toponimlar o‘rtasida transonimizatsiyaning bir tur doirasida ko‘chishini ko‘rsatadi. Shu kabi transonimizatsiya antroponimlarda ham kuzatiladi, ismning familiyaga yoki aksincha familiyaning ismga ko‘chishi ham bir tur doirasidagi transonimizatsiyadir. Keyingi davrlarda g‘arb madaniyatida familiyaning ismga aylanishi ham nisbatan faollashgan [5]. Antroponimning geografik obyektlarni nomlashga xizmat qilishi turlararo transonimizatsiyani namoyon etadi. Turlararo transonimizatsiyada bir onomastik turga oid onim boshqa onomastik turga 187 ko‘chadi. Buning yaqqol misoli sifatida Amerika, Kolumbiya, Bermuda orollari, Navoiy viloyati, Beruniy shahri (Qoraqalpog‘iston)ni keltirish mumkin, bu yirik geografik obyektlar o‘z nomlarini antroponimlardan olgani barchaga maʼlum. Transonimizatsiyaning yana bir jihati motiv onim birdan ortiq obyektlarni nomlash uchun asos bo‘lishi ham ancha faol hisoblanadi, masalan, antroponim asosida birdan ortiq geografik obyektlarni nomlash holatini ham ko‘p kuzatish mumkin. Asli daniyalik bo‘lgan Vitus Ionassen Bering ekspeditsiyasi natijasida kashf etilgan yangi orol, bo‘g‘oz va dengizlarga uning nomi berilgan. Shuningdek, universal pretsedent nomlar asosidagi geografik obyektlar nomlanishi ham turlararo transonimizatsiyaga misol bo‘la oladi. Antroponimlar asosidagi brending ham, yaʼni antroponimning ergonim yasalishiga xizmat qilishini ham transonimizatsiyaning mahsuldor shakli sifatida keltirish mumkin. Yevropa xalqlarida antroponimlarga nisbatan o‘ziga xos munosabat kuzatiladi, yevropaliklarda o‘z faoliyatlarini ism-familiyalari yoki sulolaviy onimlar bilan bog‘lash holati boshqa dunyo xalqlariga nisbatan kuchliroq ekanini ko‘rishimiz mumkin. Quyida keltirilgan brend nomlarining aksariyatiga kelib chiqishi yevropalik bo‘lgan shaxs nomlari motiv bo‘lganini ko‘rish mumkin: Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling