O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 3.76 Mb. Pdf ko'rish
|
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu
Ford, Mersedes, Armani, Dior, Shanel, Guchchi, Versache, Iv Sen-Loran,
Valentino, Karolina Errera, Jimmi Chu, Kenzo, Ermes, Moskino, Kristian Labuten, Bottega Vanetta, Dolje va Gabbana, Tom Ford, Kelvin Klyayn, Lanven, Aleksandr Makkuin, Bobbi Braun, Amina Muaddi, Maykl Kors va h.k. Bu kabi yirik dunyo brendlari, sulolaviy yoki sheriklik asosidagi yirik shirkatlar, moda uylari, dizaynerlik, kosmetik va h.k. mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z nomlarini taʼsischilari, brend fenomen-ijodkorlari, dizaynerlari sharafiga olganlar. Bugungi kunda o‘zbek brendlari, markalovchi nomlarda korxona taʼsischilari, tadbirkorlar o‘z ism, familiya yoki patronimlariga murojaat qilish holati ham sezilarli oshdi, masalan, Murad Bilding, Ro‘zmetov, Rasulov, Ibatov va h.k. Bu yo‘l bilan ishlab chiqaruvchi isteʼmol bozorida ham mahsuloti, ham tadbirkor nomining fenomenga aylanishiga erishadi. 188 O‘zbek tilshunosligida transonimizatsiya jarayoni alohida tadqiqot obyekti sifatida dissertatsion yoki monografik planda o‘rganilmagan, biroq onimlar tadqiqiga bag‘ishlangan ilmiy ishlar ichida bu jarayonga to‘xtalib o‘tilgan. T.Enazarovning doktorlik dissertatsiyasida toponimlar nomlanishida motiv bo‘lib kelgan boshqa onimlar, xususan, antroponim va mifonimlar haqida qimmatli maʼlumotlarni uchratish mumkin. Masalan, olim Termiz nomining shakllanishiga oid qator farazlarni keltirar ekan, Iskandar toponimining yasalishi sharq adabiyotidagi Iskandar poetonimi bilan bog‘liqligi, tarixiy shaxs Aleksandr Makedonskiyning joy nomi shakllanishiga aloqasi yo‘q ekanligi haqida aytib o‘tadi [6, 151]. Olim toponimlarning motivlanishi haqida fikr yuritar ekan, asosiy diqqatini apellyativning toponimga ko‘chishi hodisasiga qaratadi, shuningdek, birinchi, ikkinchi (ruscha “вторичное наименование” terminini biz “ikkilamchi nomlanish” tarzida berdik), uchinchi nomlanish qonuniyatlari ham apellyativlar asosida ko‘rib chiqadi, toponimlarning shakllariga oid faraz va tahminlarda, motivlanishida atoqli otlarning o‘rni mavjudligi inkor etmaydi. Biz deonimlashish va transonimizatsiya hodisalari asosida atoqli otlarning yangi leksik birliklar yasalishidagi faol roli borligini isbotlashga harakat qilmoqchimiz. A.Primovning dissertatsion ishida ham turli kosmik obyektlarni nomlashda antroponim va toponimlarga murojaat etilishi haqida mulohazalar keltirilgan, xususan, mashhur ayollar va erkaklar ismi yoki familiyasi, davlat hukmdorlari, kashfiyotchilar; qitʼalar, daryolar, joy nomlari, poetonimlar, mifonimlar asosida kosmonimlar nomlanishiga oid qimmatli fikrlari transonimizatsiyaga misol bo‘la oladi, deb keltirishimiz mumkin [7, 60-63]. Dissertatsiyadan tashqari muallif maqolasida aynan transonimizatsiyaga oid baʼzi maʼlumotlar berilgan [8, 51-53]. Turli tillarda olib borilgan atoqli otlarning so‘z yasalishidagi faolligiga oid tadqiqotlar tahliliga tayanilsa, ularning bari denotatning ijtimoiy jihatdan muhim o‘rin egallaganligini yaqqol ko‘rsatib turadi. Bizningcha ham deonimlashish, transonimizatsiya hodisalari uchun nomning ijtimoiy mavqei muhim. Birlamchi nomlanishdan keyingi bosqichlarga ko‘tarilgan har qanday atoqli ot pretsedent nomdir, bu nomlar lingvomadaniy jamiyat vakillari lisoniy xotirasidan mustahkam 189 o‘rin egallagani, shuningdek, onimning yagona obyektni nomlashga xizmat qilmay, umumni ifodalovchi turdosh otlarga, baʼzilari boshqa onomastik qatlamga xos nomlashga xizmat qilishi bilan ham dalillanadi. Onomastik leksikaga oid pretsedent so‘z deonimlashishi yoki transonimizatsiyaga uchrashi ortidan baʼzan uning motivlashuv omili yo‘qolishi yoki eskirishi mumkin. Bunda onim o‘zining pretsedentlik xususiyatini yo‘qotadi, faqat deonim sifatida saqlanib qoladi. Masalan, o‘zbek tilidagi daqqiyunusdan (daqyonus) qolgan iborasi tarkibidagi Download 3.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling