O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/253
Sana22.08.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1669088
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   253
Bog'liq
To\'plam 2023 oxirgi. O`zmu

 
АДАБИËТЛАР РЎЙХАТИ: 
1. Н.Махмудов, Д.Худойбергенова. Ўзбек тили ўхшатишларининг изоҳли 
луғати. –Т.: Маънавият, 2013. 
2. Р.Қўнғуров. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари, Тошкент, 1977. 
3. Йўлдошев М. Чўлпон сўзининг сирлари. –Т: Маънавият. 2002.
4. Сейтов Ш. Халқабад. 1-китабы. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1977. 
5. Сейтов Ш. Халқабад. 2-китабы. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1981. 
6. Сейтов Ш. Шырашылар. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1986. 


185 
TILSHUNOSLIKDA TRANSONIMIZATSIYA HODISASI 
 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8140179
  
 
Saydaliyeva Muxlisaxon Baxtiyor qizi, 
O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori 
instituti kichik ilmiy xodimi 
O‘zbekiston, Toshkent 
Annotatsiya. Tilshunoslik tadqiqotlarida pretsedentlik borliq hodisalarini 
bilish va ularni tilda aks etish dinamik jarayonlarini ifodalovchi lingvokognitiv, 
lingvomadaniyatshunoslik hodisasi sifatida talqin qilinadi. Uning birligi bo‘lgan 
pretsedent nomlar esa yuqori informativ, allyuziv va ekspressiv-emotsional 
xarakter kasb etadi, shuningdek, bu nomlar milliy o‘ziga xos bilimlarni o‘z ichiga 
oladi, birgina nom ostida unga aloqador qator faktologik maʼlumotlar bazasi 
shakllanadi. Mazkur maqolada transonimizatsiya hodisasi ham pretsedent nomlar 
asosida shakllanuvchi hodisa sifatida tadqiq etilgan.
Tayanch so‘z va iboralar: atoqli ot (onim), turdosh ot, apellyativ, transonim, 
transonimizatsiya, transantroponimizatsiya, transtoponimizatsiya. 
“Rus onomastik terminologiyasi lug‘ati”ga ko‘ra, biror onimning boshqa 
onimlar turiga o‘tishiga transonimizatsiya [1, 152] deyiladi. Lug‘atda 
transonimizatsiyaning turlari sifatida transantroponimizatsiya (antroponimlarning 
boshqa turga ko‘chishi) va transtoponimizatsiya (toponimlarning boshqa turlarga 
ko‘chishi) shakllari keltiriladi. Transonimizatsiya jarayoni asosan onimlarning 
yadroviy birliklari – antroponim va toponimlar asosida yuzaga keladi. 
Transonimizatsiya mohiyatan assotsiativlik asosidagi ikkilamchi onomastik 
nominatsiyadir, bu jarayonda atoqli otning tashqi (shakliy) formasi o‘zgarmay, 
nomning denotativ-signifikativ komponenti va referentlari o‘zgarishi aytiladi [2, 
129-134]. Keyingi davr lingvistik tadqiqotlarida antroponimlar, poetonimlar, 
mifonimlar, toponimlar, xususan, gidronim, oykonim, ergonim (kishilar faoliyat 


186 
olib boruvchi tashkilot nomlari) va geortonimlardagi transonimizatsiya jarayoni, 
uning shakllanish sabablari lisoniy va ekstralingvistik omillar asosida tahlilga 
tortilgan, shuningdek, transonimlar badiiy asarlardagi intertekstuallikni yuzaga 
keltiruvchi omil sifatida ham berilgan. T.V.Chub obyekt bilan aloqador 
transonimizatsiya hodisasi metonimiya asosida yuzaga keladi [3, 121-126], deb 
hisoblaydi. Transonimizatsiya jarayonida motivlashuvga asos bo‘lgan nomning 
lingvomadaniy jamiyat vakillari tomonidan unutilishi kabi sabablar yuzaga 
kelganda, diaxron planga ko‘chishini, asos, yaʼni motivlashuvchi onim va 
transonim o‘rtasidagi motiv-aloqa uzilmasa, u sinxron planda bo‘lishi ham 
keltiriladi. Transonimizatsiyada leksik-semantik derivatsiyaning salmog‘i katta. 
Y.A.Karpenko transonimizatsiya derivatsiyasida asosan leksik-semantik usul 
yetakchilik qilishini aytib o‘tadi [4, 7]. Yakovenko atoqli otning bir obyektdan 
boshqasiga o‘tishi denotatlarning o‘xshashligi yoki o‘zaro bog‘liqligi asosida, 
yaʼni metafora yoki metonimiya orqali amalga oshadi, deb keltiradi. Olima 
transonimlar derivatsiyasi haqida ham fikr bildirib, absolyut transonimlar motiv 
onimning 
o‘zgarishsiz 
boshqa 
onimga 
ko‘chishi 
natijasida 
hosil 
bo‘lishini, murakkab derivatsiyali transonimlar esa tarkibida boshqa birlik va 
affikslar mavjud bo‘lishini aytib o‘tadi [4, 7].
Transonimlar bir onim turi doirasida yoki boshqa onimlar guruhiga ham 
ko‘chishi kuzatiladi. Sirdaryo, Qashqadaryo gidronimlari viloyat nomlariga, 
Niagara sharsharasi (inglizcha “Niagara Falls”) va Sakramento daryo nomlari 
Amerikadagi Niagara-Fols va Sakramento shahar nomlariga o‘tishi, Moskva 
daryosi nomi keyinchalik shu daryo chegarasidagi shahar nomiga ko‘chishi 
toponimlar o‘rtasida transonimizatsiyaning bir tur doirasida ko‘chishini ko‘rsatadi. 
Shu kabi transonimizatsiya antroponimlarda ham kuzatiladi, ismning familiyaga 
yoki aksincha familiyaning ismga ko‘chishi ham bir tur doirasidagi 
transonimizatsiyadir. Keyingi davrlarda g‘arb madaniyatida familiyaning ismga 
aylanishi ham nisbatan faollashgan [5]. Antroponimning geografik obyektlarni 
nomlashga xizmat qilishi turlararo transonimizatsiyani namoyon etadi. Turlararo 
transonimizatsiyada bir onomastik turga oid onim boshqa onomastik turga 


187 
ko‘chadi. Buning yaqqol misoli sifatida Amerika, Kolumbiya, Bermuda orollari, 
Navoiy viloyati, Beruniy shahri (Qoraqalpog‘iston)ni keltirish mumkin, bu yirik 
geografik obyektlar o‘z nomlarini antroponimlardan olgani barchaga maʼlum. 
Transonimizatsiyaning yana bir jihati motiv onim birdan ortiq obyektlarni nomlash 
uchun asos bo‘lishi ham ancha faol hisoblanadi, masalan, antroponim asosida 
birdan ortiq geografik obyektlarni nomlash holatini ham ko‘p kuzatish mumkin. 
Asli daniyalik bo‘lgan Vitus Ionassen Bering ekspeditsiyasi natijasida kashf etilgan 
yangi orol, bo‘g‘oz va dengizlarga uning nomi berilgan. Shuningdek, universal 
pretsedent nomlar asosidagi geografik obyektlar nomlanishi ham turlararo 
transonimizatsiyaga misol bo‘la oladi. 
Antroponimlar asosidagi brending ham, yaʼni antroponimning ergonim 
yasalishiga xizmat qilishini ham transonimizatsiyaning mahsuldor shakli sifatida 
keltirish mumkin. Yevropa xalqlarida antroponimlarga nisbatan o‘ziga xos 
munosabat kuzatiladi, yevropaliklarda o‘z faoliyatlarini ism-familiyalari yoki 
sulolaviy onimlar bilan bog‘lash holati boshqa dunyo xalqlariga nisbatan kuchliroq 
ekanini ko‘rishimiz mumkin. Quyida keltirilgan brend nomlarining aksariyatiga 
kelib chiqishi yevropalik bo‘lgan shaxs nomlari motiv bo‘lganini ko‘rish mumkin: 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling