Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qurilish mexanikasi fanining o‘quv dasturi


Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar


Download 221 Kb.
bet11/14
Sana08.09.2023
Hajmi221 Kb.
#1674419
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1.11. Qurilish mexanikasi

Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar

  1. Sirpanishdagi ishqalanish qonunlari. Ishqalanish burchagi. Ishqalanish konusi. Jismlarning ishqalanish kuchi hiobga olinganidagi muvozanati.

  2. Statik aniq va statik aniqmas masalalar. Bir nechta jismdan tashkil topgan sistemaning muvozanati.

  3. Fazodagi kuchlar sistemasini invariantlari.

  4. Tekis shakl nuqtalari tezlanishlarining oniy markazi.

  5. Moddiy nuqtaning majburiy tebranishiga muhit qarshiligining ta’siri.

  6. Ko‘chirma va Koriolis inersiya kuchlari. Koriolis inersiya kuchining yer ustidagi jismlarga ta’siri.

  7. Jismning parallel o‘qlarga nisbatan inersiya momentlarini hisoblash. Markazdan qochma inersiya momentlari. Jismning berilgan nuqtasidan o‘tuvchi ixtiyoriy o‘qqa nisbatan inersiya momentlari.

  8. Qo‘zgʻalmas o‘q atrofida aylanuvchi qattiq jismning aylanish o‘qiga ko‘rsatadigan dinamik bosimini Dalamber prinsipi yordamida aniqlash

  9. Mumkin bo‘lgan ko‘chish prinsipini bogʻlanish reaksiyalarini aniqlashga tatbigʻi.

  10. Tayanchlar va ularning turlari.

  11. Teng qarshilikli sterjenlar.

  12. Sterjenlarni chekli yuk ko‘tara olish qobiliyati bo‘yicha hisoblash.

  13. Teng qarshilikli balkalar.

  14. O’zgaruvchan kesimli sterjenlarning ustuvorligi masalasi.

  15. Vaqt bo‘yicha davriy o‘zgaruvchan kuchlanishlarda materiallar mustahkamligi.

  16. Inshootga ta’sir etuvchi yuklar va ularning turlari.

  17. Ta’sir chiziqlarini chizishning kinematik usuli.

  18. Murakkab fermalarning geometrik o‘zgarmasligini tadqiq etish.

  19. Fermalarning ratsional shakllarini tanlash.

  20. Arka o‘qining ratsional shakli.

  21. Uch sharnirli arksimon fermalarni harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblash.

  22. Statik noaniq sistemalarni temperatura ta’siriga hisoblash.

  23. Statik noaniq sistemalarni tayanchlar cho‘kishiga hisoblash.

  24. Statik noaniq sistemalarni kuchlar usuli bilan matritsalar yordamida hisoblash.

  25. Statik noaniq sistemalarni chekli elementlar usuli yordamida hisoblash.

Fan bo‘yicha masalalar yecha olish katta ahamiyatga ega. Ayrim mavzularni chuqur o‘rganish va masala yechishning asosiy yo‘li darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan mustaqil ishlay olishdir. Kitob bilan mustaqil ishlay bilish nafaqat muhandis tayyorlash, balki uning hamma faoliyatining asosi hisoblanadi. Undan tashqari, talabalarga o‘tilgan mavzularni mustaqil o‘zlashtirishlari uchun ma’ruza matnlaridan foydalanish ham tavsiya etiladi. Talabalarning mavzularni mustaqil o‘zlashtirishi alohida baholanmaydi, ular joriy, oraliq va yakuniy baholashda o‘z aksini topadi.
Mustaqil ta’lim talabalar uchun majburiy o‘quv mashgʻuloti hisoblanadi va u rejaviy xarakterga ega. Mustaqil ish mavzulari mustaqil o‘zlashtirish uchun rejalashtirilgan ma’ruza va amaliy mashgʻulotlar mavzularidan iboratdir. Mustaqil ta’lim talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlaydi va mavzularni yaxshi o‘zlashtirishga yordam beradi.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan konspekt qilish, prezentatsiya tayyorlash, referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.


Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling