Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Laboratoriya ishlarida talabalar bino va inshootlar elementlari va konstruksiyalarini tashkil etuvchi qurilish materiallarining mexanik xarakteristikalari, inshoot elementlari va konstruksiyalarida tashqi kuchlar ta’siridan hosil bo‘ladigan deformatsiyalarni aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malaka hosil qiladilar.
Laboratoriya ishlarining tavsiya etiladigan mavzulari:
Po‘lat namunani cho‘zilishga sinash. Po‘latning mexanik xarakteristikalarini aniqlash. Cho‘zilish diagrammasini chizish.
Po‘lat materiali uchun elastiklik modulini aniqlash.
Turli materiallarni siqilish deformatsiyasiga sinash. Mustahkamlik chegaralarini aniqlash.
Po‘lat materialini kesilishga, yogʻoch materialini yorilishga sinash. Mustahkamlik chegaralarini aniqlash.
Doira kesimli sterjenni buralishga sinash (virtual).
Yogʻoch balkaning egilishdagi mustahkamligini aniqlash.
Egilishda balkaning deformatsiyalarini aniqlash.
Konsol balkaning qiya egilishdagi deformatsiyalarini aniqlash.
Hisob-grafik ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Hisob-grafik ishlarni bajarishning asosiy maqsadi - talabalarning olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishi va ularning mustaqil ishlashini shakllantirishdir.
Fan bo‘yicha har bir talaba individual topshiriq asosida hisob-grafik ishlarini bajaradi. Ularni bajarishda kafedrada mazkur hisob-grafik ishlarini bajarish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy ko‘rsatmalardan va mustaqil ishlash uchun tayyorlangan masalalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Tavsiya etilgan hisob-grafik ishlarining mavzulari:
Qo‘shma konstruksiyaning tayanch reaksiyalarini aniqlash.
Jism ogʻirlik markazini aniqlash.
Tekis mexanizmning kinematik tahlili.
Moddiy nuqtaning tebranma harakatini o‘rganish
Nosimmetrik kesimlarning inersiya momentlari
Balka, rama va egri bruslar uchun ichki kuchlar epyuralarini chizish.
Sterjenli sistemalarni cho‘zilish yoki siqilishga hisoblash.
Bikirligi cheksiz ustunni nomarkaziy siqilishga hisoblash.
Ko‘p oraliqli statik aniq balka hisobi.
Statik aniq oddiy ferma hisobi.
Statik noaniq ramani kuchlar usulida hisoblash.
Statik noaniq ramani ko‘chishlar usulida hisoblash.
Do'stlaringiz bilan baham: |