Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qurilish mexanikasi fanining o‘quv dasturi


V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)


Download 221 Kb.
bet12/14
Sana08.09.2023
Hajmi221 Kb.
#1674419
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1.11. Qurilish mexanikasi

3.

V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
- turli xil, tekislikda va fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemalari ta’siridagi qattiq jismning muvozanat shartlari, qattiq jismning ogʻirlik markazini topish usullari; mexanik harakatdagi qattiq jismning harakat shakllari, atrof-muhitda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda mexanik harakatning qonuniyatlari; dinamikaning asosiy qonun va tamoyillari, mexanik sistemalarni harakatining differensial tenglamalari, qattiq jism dinamikasining umumiy teoremalari; inshoot elementlarida vujudga keladigan ichki kuchlar, oddiy deformatsiya turlarida vujudga keladigan kuchlanish va deformatsiyalar, bino va inshootlarning hisoblash sxemasi va ularning kinematik analizi; ta’sir chiziqlar nazariyasi, elastik sistemalarda vujudga keladigan ko‘chishlar, statik aniq va noaniq sistemalarni hisoblash usullari tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
- fanning nazariy asoslari va amaliy masalalarni yechishda fanning hisoblash formulalarini; inshoot konstruksiyalarining hisobiy modellarini to‘gʻri tanlash; inshoot elementlarida ichki kuchlar va deformatsiyalarni aniqlash; bino va inshootlarning hisoblash sxemasini tanlash va ularning kinematik analizi; ta’sir chiziqlar nazariyasi; statik aniq va noaniq sistemalarni qo‘zgʻalmas va harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- qurilish mexanikasi fanidan olgan bilimini muhandislik va maxsus fanlarni o‘tish jarayonida qo‘llash va tatbiq etish; bino va inshootlar elementlarining hisobiy modellarini tanlash, bino va inshootlar hisoblash sxemalarini tanlash va ularni kinematik analiz qilish; inshootlarda zo‘riqishlar va ko‘chishlarni aniqlash; statik aniq va noaniq sistemalarni hisoblash malakasiga ega bo‘lishi kerak.




Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling