50-mavzu. Ko‘p oraliqli statik aniq balkalarni qo‘zgʻalmas yuklar ta’siriga hisoblash.
Umumiy tushunchalar. Ko‘p oraliqli statik aniq balkalar uchun qavatlar-aro sxemalarini chizish. Ko‘p oraliqli balkalar uchun eguvchi moment va ko‘ndalang kuchlar epyuralarini chizish.
51-mavzu. Ko‘p oraliqli statik aniq balkalarni harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblash.
Ko‘p oraliqli balka zo‘riqishlarining ta’sir chiziqlarini chizish. Ko‘p oraliqli balka zo‘riqishlarini ta’sir chiziqlari yordamida aniqlash.
52-mavzu. Statik aniq tekis fermalarni qo‘zgʻalmas yuklar ta’siriga hisoblash
Fermalar haqida umumiy tushuncha. Fermalarning turlari. Fermalarni hisoblash usullari. Tugun ajratish, moment nuqta va proyeksiyalash usullari. Ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlarni aniqlash.
53-mavzu. Statik aniq tekis fermalarni harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblash.
Ferma sterjenlari zo‘riqishlari uchun ta’sir chiziqlarini chizish. Ta’sir chiziqlari orqali sterjenlardagi zo‘riqish kuchlarini aniqlash.
54-mavzu. Shprengelli fermalarni hisoblash.
Shprengelli fermalar to‘gʻrisida tushunchalar. Shprengelli ferma sterjenlarini toifalari. Shprengelli fermalarni harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblash.
55-mavzu. Uch sharnirli arkalarni qo‘zgʻalmas va harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblash.
Uch sharnirli sistemalar to‘gʻrisida umumiy tushunchalar. Uch sharnirli arkalarni qo‘zgʻalmas yuklar ta’siriga hisoblash. Uch sharnirli arka zo‘riqish kuchlarining ta’sir chiziqlari.
56-mavzu. Elastik sistemalardagi ko‘chishlarni aniqlash.
Elastik sistemalarda ko‘chishlar. Qurilish mexanikasining ba’zi asosiy teoremalari. Ko‘chishlarni aniqlash formulalari.
57-mavzu. Statik noaniq sistemalar va ularning xususiyatlari.
Statik noaniq sistemalar to‘gʻrisida umumiy tushunchalar. Statik noaniq sistemalarning xususiyatlari. Statik noaniq sistemalarni hisoblash usullari. Statik noaniqlik darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |