OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QURILISH MEXANIKASI
FANINING O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
700 000
|
Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari
|
Ta’lim sohasi:
|
730000
|
Arxitektura va qurilish
|
Ta’lim yо‘nalishlari:
|
60730200
60730300
60730300
60730400
60730800
|
Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish
Qurilish muhandisligi: Bino va inshootlar qurilishi
Qurilish muhandisligi: Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bо‘yicha)
Yo’l muhandisligi (Sohalar va faoliyat turlari bo‘ycha)
|
Fan/modul kodi
QMEXB215
|
O'quv yili
2024-2025
|
Semestr
2-3-4
|
ECTS – Kreditlar
15
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta'lim tili
o‘zbek/rus
|
Haftadagi dars
4-4-4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya soati
|
Mustaqil soat
|
Jami yuklama
(soat)
|
Qurilish mexanikasi
|
180
|
270
|
450
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanning o‘qitilishidan maqsad - talabalarga inshoot elementlarida, konstruksiyalarida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlar va deformatsiyalarni aniqlash usullarini, hamda mustahkamlikka, bikirlikka va ustuvorlikka mazkur konstruksiyalarni hisoblash usullari bo‘yicha mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarda inshootlarni loyihalash jarayonida asosiy masalalardan biri hisoblangan loyiha-konstruktorlik hisoblari bo‘yicha boshlangʻich ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashgʻulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Nazariy mexanika faniga kirish.
Statikaning asosiy tushunchalari. Statika aksiomalari. Bogʻlanishlar va bogʻlanish reaksiya kuchlari.
2-mavzu. Kesishuvchi kuchlar sistemasi
Kesishuvchi kuchlar sistemasi teng ta’sir etuvchisini geometrik va analitik usulda aniqlash. Kesishuvchi kuchlar sistemasi muvozanati shartlarining geometrik va analitik usulda ifodalanishi.
3-mavzu. Kuchning nuqtaga nisbatan momenti. Juft kuch
Kuchning nuqtaga nisbatan momenti. Juft kuch va juft kuch momenti. Bir tekislikda joylashgan juftlarni qo‘shish. Juftlar sistemasining muvozanat shartlari.
4-mavzu. Tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi.
Kuchni o‘ziga parallel ko‘chirish masalasi. Tekislikdagi kuchlar sistemasini bir markazga keltirish. Tekislikdagi kuchlar sistemasining bosh vektori va bosh momenti. Tekislikdagi kuchlar sistemasi muvozanat shartlari.
5-mavzu. Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi
Kuchning nuqtaga nisbatan moment vektori. Kuchning o‘qqa nisbatan momenti. Fazoviy kuchlar sistemasini bir markazga keltirish. Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi muvozanat shartlari.
6-mavzu. Parallel kuchlar markazi. Qattiq jismning ogʻirlik markazi.
Parallel kuchlar markazi va uning radius vektori hamda koordinatalarini aniqlash. Qattiq jismning ogʻirlik markazi. Jismning ogʻirlik markazi holatini aniqlash usullari.
7-mavzu. Kinematikaga kirish. Nuqta kinematikasi.
Kinematikaning asosiy tushunchalari, moddiy nuqta harakatining berilish usullari.Harakati vektor usulida berilgan nuqtaning tezlik va tezlanish. Harakati koordinatalar va tabiiy usulida berilgan nuqtaning tezligi va tezlanishi.
8-mavzu. Qattiq jismning eng sodda harakatlari
Qattiq jismning ilgarilama va qo‘zgʻalmas o‘q atrofida aylanma harakati. Jismning burchak tezligi va burchak tezlanishi hamda ularni vektor tarzida ifodalash. Qo‘zgʻalmas o‘q atrofida aylanuvchi jism nuqtasining tezligi va tezlanishi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |