Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qurilish mexanikasi fanining o‘quv dasturi
-mavzu. Statik noaniq ramalarni aralash usulda hisoblash
Download 221 Kb.
|
1.11. Qurilish mexanikasi
64-mavzu. Statik noaniq ramalarni aralash usulda hisoblash.
Kuchlar va ko‘chishlar usullarining o‘xshashliklari va farqlari. Statik noaniq ramani hisoblashning aralash usuli. III. Amaliy mashgʻulotlari bo’yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Amaliy mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: Vektorlar ustida amallar. To‘gʻri chiziqda yotuvchi kuchlar muvozanat shartiga oid masalalar. Kesishuvchi kuchlar sistemasining geometrik muvozanat shartiga oid masalalar. Kesishuvchi kuchlar sistemasining analitik muvozanat shartiga oid masalalar. Tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasining muvozanatiga oid masalalar. Fazodagi kuchlar sistemasining muvozanatiga oid masalalar. Parallel kuchlar markazi, qattiq jismning ogʻirlik markazini aniqlashga oid masalalar. Berilgan harakat tenglamalari bo‘yicha nuqtaning trayektoriyasi, tezlik va tezlanishini topish. Qattiq jismning qo‘zgʻalmas o‘q atrofida aylanishi va aylanma harakatdagi jism nuqtasining tezlik va tezlanishni topishga oid masalalar. Qattiq jismning tekis parallel harakatiga oid masalalar. Tekis parallel harakatdagi jism nuqtalarining tezlik va tezlanishlarini topishga oid masalalar. Dinamikaning birinchi va ikkinchi masalasiga oid masalalar. Nuqtaning erkin, so‘nuvchi tebranma harakatiga oid masalalar. Nuqtaning majburiy tebranma harakatiga oid masalalar. Moddiy nuqta harakat miqdori va kinetik energiyasi o‘zgarishi haqida teoremalarga oid masalalar. Moddiy sistema harakat miqdori va harakat miqdori bosh momentining o‘zgarishi haqidagi teoremaga doir masalalar. Nosimmetrik kesimlarning ogʻirlik markazi holatini aniqlash. Nosimmetrik kesimlarning o‘q inersiya momentlarini aniqlash. Bosh o‘qlar vaziyati va bosh inersiya momentlarini aniqlash. Kesish usuli. Balka, rama va egri bruslar uchun ichki kuchlarni aniqlash. To‘gʻri sterjenni cho‘zilish(siqilish) da kuchlanish va deformatsiyani aniqlash. Sterjenli sistemalarni mustahkamlikka va bikirlikka hisoblash. Cho‘zilish(siqilish) deformatsiyalarida xususiy ogʻirlikni hisobga olish. Cho‘zilish(siqilish) deformatsiyasida uchraydigan statik noaniq masalalar. Murakkab kuchlanish holatida kuchlanishlarni aniqlash. Siljishga ishlaydigan birikmalarni mustahkamlikka hisoblash. Doira kesimli sterjenning buralishi. Doira kesimli sterjenni mustahkamlikka va bikirlikka hisoblash. Egilishda balka kesimlaridagi ichki kuchlarni aniqlash. Egilishda balka ko‘ndalang kesimidagi normal kuchlanishlarni aniqlash. Egilishda balka ko‘ndalang kesimidagi urinma kuchlanishlarni aniqlash. Balkaning mustahkamligini to‘la tekshirish. Egilishda balka deformatsiyalarini aniqlash. Qiyshiq egilishda balka kesimlarida normal kuchlanish va deformatsiyalarni aniqlash. Nomarkaziy siqilishda normal kuchlanishlarni aniqlash. Neytral o‘q holatini aniqlash va kesim yadrosini chizish. Siqilgan sterjenning ustuvorligi masalasi. Bo‘ylama egilishda sterjenning ustuvorligi va mustahkamligini tekshirish. Bo‘ylama-ko‘ndalang egilishda sterjenning ustuvorligi va mustahkamligini tekshirish. Statik aniq balkalarda ichki kuchlarni matritsalar nazariyasini qo‘llab aniqlash. Inshootlar hisoblash sxemalarining kinematik analizi. Ko‘p oraliqli statik aniq balkalarni qo‘zgʻalmas yuklar ta’siriga hisoblash. Oddiy va konsol balkalarda zo‘riqishlarning ta’sir chiziqlarini statik usulda chizish. Ta’sir chiziqlari yordamida zo‘riqishlarni aniqlash. Ko‘p oraliqli statik aniq balkalarni harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblash. Statik aniq tekis fermalarni qo‘zgʻalmas yuklar ta’siriga hisoblash. Statik aniq tekis fermalarni harakatlanuvchi yuklar ta’siriga hisoblash. Bir pogʻonali shprengelli fermalarni hisoblash. Ikki pogʻonali shprengelli fermalarni hisoblash. Uch sharnirli arkani qo‘zgʻalmas yuklar ta’siriga hisoblash. Harakatlanuvchi yuklar ta’sirida bo‘lgan uch sharnirli arka zo‘riqishlarini ta’sir chiziqlari yordamida aniqlash. Statik aniq oddiy sistemalarda ko‘chishlarni aniqlash. Statik noaniq ramalarni kuchlar usulida hisoblash. Kuchlar usulining asosiy sistemasini tanlash va kanonik tenglamalarini yozish. Kanonik tenglama koeffitsiyentlari va ozod hadlarini aniqlash. Kanonik tenglama koeffitsiyentlari va ozod hadlarini tekshirish. Natijaviy eguvchi moment, ko‘ndalang va bo‘ylama kuchlarni aniqlash. Simmetrik ramalarni kuchlar usulida hisoblash. Uzluksiz balkalarni qo‘zgʻalmas yuklar ta’siriga hisoblash. Uzluksiz balkalarni fokuslar usuli bilan bilan hisoblash. Statik noaniq ramalarni ko‘chishlar usulida hisoblash. Ko‘chishlar usulining asosiy sistemasini tanlash va kanonik tenglamalarini yozish. Kanonik tenglama koeffitsiyentlari va ozod hadlarini aniqlash. Natijaviy eguvchi moment, ko‘ndalang va bo‘ylama kuchlarni aniqlash. Download 221 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling