58-mavzu. Statik noaniq ramalarni kuchlar usulida hisoblash.
Kuchlar usulining mohiyati va noma’lumlari. Kuchlar usulining asosiy sistemasi. Kuchlar usulining kanonik tenglamalari. Kuchlar usulining kanonik tenglama koeffitsiyentlari va ozod hadlarini aniqlash. Kuchlar usulining kanonik tenglama koeffitsiyentlari va ozod hadlarini tekshirish. Natijaviy eguvchi moment, ko‘ndalang va bo‘ylama kuchlarni aniqlash.
59-mavzu. Simmetrik ramalarni kuchlar usulida hisoblash.
Umumiy tushunchalar. Statik noaniq simmetrik ramalarni simmetrikligidan foydalanish. Simmetrik rama noma’lumlarini guruhlash usuli. Simmetrik ramaga quyilgan tashqi yuklarni simmetrik va nosimmetrik yuklarga ajratish usuli.
60-mavzu. Statik noaniq arkalarni hisoblash.
Umumiy tushunchalar. Ikki sharnirli arkalarni kuchlar usulida hisoblash. Sharnirsiz arkalarni kuchlar usulida hisoblash.
61-mavzu. Statik noaniq fermalarni hisoblash.
Statik noaniq fermalar to‘gʻrisida umumiy tushunchalar. Statik noaniq fermalarni hisoblash usullari.
62-mavzu. Uzluksiz balkalarni hisoblash.
Uzluksiz balkalar to‘gʻrisida umumiy tushunchalar. Uzluksiz balkalar hisobiga kuchlar usulining tatbigʻi. Asosiy sistemani tanlash. Uch moment tenglamasi. Uzluksiz balkalardagi eguvchi moment, ko‘ndalang kuch va tayanch reaksiyalarini aniqlash. Uzluksiz balkalarni hisoblashning moment fokuslar usuli haqida tushuncha. Chap va o‘ng fokuslar nisbatlarini aniqlash. Uzluksiz balka yuklangan oraligʻining tayanch momentlarini aniqlash. Fokus nisbatlaridan foydalanib tayanch momentlarini aniqlash.
63-mavzu. Statik noaniq ramalarni ko‘chishlar usulida hisoblash.
Ko‘chishlar usulining mohiyati va noma’lumlari. Kinematik noaniqlik darajasi. Ko‘chishlar usulining asosiy sistemasi. Ko‘chishlar usulining kanonik tenglamalari. Ko‘chishlar usulining kanonik tenglama koeffitsiyentlarini va ozod hadlarini aniqlash. Kuchlar usulining kanonik tenglama koeffitsiyentlari va ozod hadlarini tekshirish. Natijaviy eguvchi moment epyurasini chizish va tekshirish. Ko‘ndalang va bo‘ylama kuchlar epyuralarini chizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |