11-mavzu. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash mexanizmi.
Ta’lim texnologiyasi va uning tuzilishi. Umumiy pedagogik daraja. Xususiy metodik daraja. Lokal (modul) daraja. Ta’limda axborot texnologiyalari.
Muammoli ta’lim texnologiyasining maqsad va vazifasi. Innovatsion texnologiyalar asosida ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy fanlarni o‘qitish.
12-mavzu: Pedagogik texnologiya turlari va tasnifi.
Pedagogik texnologiyaning turlari va uning tahlili. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi. Tanqidiy fikrlashni o‘stiruvchi texnologiya. O‘yin texnologiyasi. O‘qitishni tabaqalashtirish individuallashtirish texnologiyasi.
13-mavzu. Ta’limda interfaol metodlarni qo‘llash texnologiyalari.
Interfaol metodlar va ularning mohiyati. Interfaol ta’lim metodlari. Interfaol ta’lim metodlari va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash. Ta’limda interfaol metodlarning ahamiyati.
14-mavzu. Masofaviy va modulli o‘qitish.
Masofaviy va modulli o‘qitish va ularning rivojlanish bosqichlari. Masofaviy ta’lim tizimi va o‘qitishning texnik vositalari. Masofaviy o‘qitishning axborot-texnologik asoslari. O‘quvchi-talabaning bilim va tadqiqot motivlari hamda stimullarini rivojlantirish. O‘qitish doirasida musobaqa muhitini rasmiylashtirish. Masofaviy o‘qitish usulidan foydalanishning kamchiligi.
15-mavzu: Muammoli ta’lim texnologiyasi.
Muammoli ta’lim texnologiyasi va uning qo‘llanilishi. Muammoli ta’lim metodi va undan foydalanish. Muammoli o‘qitishning mazmun mohiyati. Ta’limdagi muammolarni aniqlash va uning yechimlarini topish. Keys texnologiyasi va keys metodi.
III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
3- semestr:
Pedagogika nazariyasi fanining mazmuni, mohiyati va predmeti.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
Bola - shaxsi tarbiya obyekti va subyekti sifatida
4-semestr:
Pedagogik faoliyat haqida tushuncha va uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni.
O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |