O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti


Download 144.72 Kb.
bet1/14
Sana17.10.2023
Hajmi144.72 Kb.
#1707008
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
U.Ped. ДАСТУР 3 ЙИЛЛИК


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI





“TASDIQLAYMAN”
Buxoro davlat pedagogika instituti direktori
_______________________M.I. Daminov
20__ yil “____”___________________


UMUMIY PEDAGOGIKA
fanining
O‘QUV DASTURI

Bilim sohasi:

100000 - Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110000 - Ta’lim

Ta’lim yo‘nalishi:

60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
60111300 - Musiqa ta’limi
60112000 - Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
60112200 - Jismoniy madaniyat
Xotin-qizlar sporti
60112300 - Texnologik ta’lim
60110200 - Maktabgacha ta’lim


Buxoro 2023


Fan/modul kodi
UP208

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
3,4

ECTS – Kreditlar
8 (4/4)

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1

Fan nomi

Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Umumiy pedagogika

120

120

240

2

  1. Fanning mazmuni

Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogika fanlarining nazariy va tarixiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish. Ilmiy-nazariy asoslari, pedagogika nazariyasi tushunchasi, uning kategoriya va tamoyillari, o‘quv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo‘yilgan zamonaviy talablar, ta’lim oluvchilar shaxsi omillari, uning shakllanish taraqqiyoti, yagona o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish, tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillarini amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish. Pedagogik mahorat, pedagogik texnika va madaniyatni nazariyasi hamda amaliyoti bo‘yicha bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlash. Hozirgi zamon o‘qituvchisi hayotimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlarning asosiy ishtirokchilaridan biri bo‘lib, u har tomonlama yetuk, chuqur bilimga ega bo‘lgan mutaxassis, Vatani va xalqiga sodiq, pedagogik mahorat va layoqatga ega bo‘lgan, jamiyatdagi hamda kasb vazifalarini yaxshi bilgan shaxs etib tarbiyalash. Talabalarni o‘quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarishdagi pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanishga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan holda o‘quv-tarbiya ishlarini o‘tkazish, ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarini amaliyotda qo‘llash. Pedagogik vaziyatlarni, ta’lim va tarbiya natijalarini tahlil etish, o‘quvchilar jamoalarini o‘rganish, ta’limda orqada qolish sabablarini aniqlash, pedagogika tarixi kishilik jamiyatining taraqqiyot tarixi va hayotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish. Davr talabiga javob beradigan yosh mutaxassislarni faqat nazariy bilimlarni chuqur o‘rgangan holda emas, balki ayni vaqtda buyuk insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan muomalaga kirisha oladigan, o‘z ishini puxta egallagan mohir mutaxasislar etib tayyorlash. Bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslariga oid bilimlar bilan qurollantirish; yangi texnologiya darajasida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko‘nikmalarni egallash; zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng doirada qo‘llay olishga yo‘naltirish; pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ijodiy va metodik savodxonlikka tayyorgarlikni shakllantirishdan iborat.


Download 144.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling