O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon mashinasozlik instituti magistratura bo’limi
Download 31.36 Kb.
|
DISS slayd
Ushbu boshqaruv tizimlari elektr motorini yetarli darajadagi ishga tushirish xarakteristikalari bilan ta’minlashiga qaramasdan (ishga tushirish tokini cheklash, tezlanishni ta’minlash) quyidagi kamchiliklarga ega: 1.Reostatli ishga tushirish jarayonida katta miqdordagi energiya isrofi; 2.Impulsli boshqaruv tizimida rotor zanjiridagi o’ta kuchlanish sababli o’ramlar aro qisqa tutashuv ehtimoli mavjudligi; 3.Quvvat koeffitsientini pastligi; Energiya samaradorlik jixatdan elektr yuritmaning kaskad tizimlari ishga tushirish bo’yicha ancha murakkab qo’shimcha ishga tushirish qurilmalarini talab qiladi,tezlikni rostlash chegarasi juda tor . Yuqorida qayd etilganlariga muvofiq konveyer mexanizmlari elektr yuritmalari tizimlarini modernizatsiya qilishda “chastota o’zgartirgich-asinxron elektr motor” tizimi qo’llaniladi.Modernizatsiya tan narxini kamaytirish uchun Faza rotorli asinxron motorlar qo’llaniladi,Faza rotorli asinxron motorlarda rotori qisqa tutashtiriladi,stator zanjiriga esa optimal boshqaruvni ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lgan ikki qismli chastota o’zgartirgichi kiritiladi.Lekin ushbu elektr yuritma tizimida chastota o’zgartirgichining chiqish qismidagi kuchlanish nosinusoidal shaklga ega va shu sababli tokning yuqori garmonikalari faza rotorli asinxron motorni qizdiradi va xizmat muddatini qisqartiradiYuqoridagilardan kelib chiqib rotor zanjirida joylashgan chastotaviy o’zgartgichi gibrid tizimi va chastotaga bog’liq qarshilikka ega bo’lgan parametrik induksiyali qurilmani yaratish yo’nalishi bo’yicha faza rotorli elektr motor negizidagi rostlanuvchi elektr yuritma tizimini takomillashtirish masalasi dolzarb bo’lib qolmoqda. Tadqiqot mavzusining ishlab chiqilganlik darajasi.Asinxron elektr motorlari va uni optimal boshqaruvi muammolari bilan ko’p vatandosh va chet ellik olimlar shug’ullangan. Asinxron motorlarni optimal boshqaruv usullarini ishlab chiqish bo’yicha :O.O.Hoshimov,A.T.Imomnazarov,N.M.Oripov,N.Pirmatov,Q.Aliyev,I.Siddiqov,S.Majidov va V.I. Klyuchev, M.P. Kostenko, V.V. Rudakov, V.N. Meshcheryakov, V.A. Mishchenko, G.B. Onishchenko, A.M. Weinger, N.F. Ilyinskiy, A.A. Bulgakov, R.T. Shrayner, I.Ya. Braslavskiy, B.A. Shubenko, V. Leonard, J. Holtz, F. Blashke, D.V. Novotniy va boshqalar. Nomlari yuqorida qayd etilgan olimlar ishlarining taxlili qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlar negizidagi elektr yuritmalarni optimal boshqarish tizimida joriy etilganligini ko’rsatdi.Faza rotorli elektr motorlarning afzal tomonlariga kam e’tibor qaratilgan .Download 31.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling