O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
_______________
Rektor prof. K.Sharipov
2023 yil “___”___________
|
XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
FAN SILLABUSI
Bilim sohasi:
|
300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
|
Ta’lim sohasi:
|
310000 – Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar
|
Mutaxassisliklar:
|
60310400- Iqtisodiy havfsizlik
|
Toshkent – 2023
FAN TO’G’RISIDA MA’LUMOT
Fan kodi: LIFAS6
Fan nomi: Xayot faoliyati xavfsizligi
Semestr/Yil: 2-semestr / 2023-2024 o’quv yili
Kafedra: “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi
Soatlar/kreditlar miqdori: 6 ECTS
Ma’ruza
|
Amaliy mashg’ulot
|
Labaratoriya
|
Mustaqil ta’lim
|
Jami
|
34
|
38
|
0
|
108
|
180
|
Fan bo’yicha mashg’ulotlarning joylashuvi:
Auditoriya va vaqti: Dars jadvaliga asosan
Prerekvizitlar:
Fan uchun mas’ul kafedra: “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi
O’QITUVCHI TO’G’RISIDA MA’LUMOT
O’qituvchilar: Ma’ruza mashg’ulotlarini v.v.b. dotsent Uktamov Xusniddin Faxriddinovich, katt o’qituvchi Jaloliddinov Anvar Jaloliddin o’g’li tomonidan olib boriladi.
Kafedra joylashgan joyi: TDIU, 5 – o’quv binosi, 208-хona
Telefon: +71-232-69-93 ish telefoni
E-mail:husniddin1309@gmail.com
Talablarni qabul qilish vaqti: Talabalar darsdan tashqari vaqtda o’qituvchi bilan uchrashish uchun o’qituvchi elektron pochtasiga xat bilan murojaat qilib, uchrashuv vaqtini belgilab olishlari mumkin.
Fan tavsifi
Ushbu kurs avvalambor kursning o’qituvchisi, xuddi shuningdek barcha uchun, kursni har tomonlama sermazmun, chuqur nazariy, uslubiy va amaliy tarzda yetkazish uchun yagona o’quv-uslubiy va axborot-resurs manbaini yaratish hisoblanadi. Kurs mazmunini tushunish insonlarning hayot faoliyati xavfsizligini samarali tashkil etish nazariyasi va amaliyotini tushunish kabi jihatlar uchun muhimdir.
Bugungi kunda bozor tizimini tavakkal – xatarlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shu boisdan, insonlarning xayot faoliyati xavfsizligini samarali tashkil etish va ta'sir darajasini kamaytirish o’ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu masalalarni amalga oshirishda “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanida o’rganiladigan mavzular va nazariy-amaliy masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani insonning hayoti davomida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlarni o’rganish, xavf-xatarlarni ta'sir darajasini aniqlash, ularni bartaraf etish va boshqarish bo’yicha ilmiy va uslubiy asoslarini o’rganadi.
Shularni e'tiborga olgan holda, ushbu kurs majmuyi o’quv yili mobaynida xalqaro va milliy iqtisodiyot tizimidagi o’zgarishlar va tendentsiyalar, yangi qabul qilingan qonunlar, farmonlar va qarorlarni, xorijda va respublikada chop etilgan yangi o’quv va ilmiy adabiyotlarni, fan-texnika va texnologiya borasida erishilgan yangi yutuqlarni hisobga olgan holda muntazam takomillashtirilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |