O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Download 360.44 Kb.
bet1/5
Sana09.11.2023
Hajmi360.44 Kb.
#1760061
  1   2   3   4   5
Bog'liq
022-20 TvaSQI fani Must ishi 1 BazarovU


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI



Tizimlar va signallarni qayta ishlash
fanidan


MUSTAQIL ISH
Bajardi:Kompyuter injiniringi fakulteti
022-20-Maxsus sirtqi guruh talabasi
Bazarov Uktam Djurayevich
talabaning F.I.Sh.

Qabul qildi: Nurmurodov J.


Toshkent 2023


Mavzu: Signallarning ixchamlashtirish algoritmlari o‘rganish.


REJA:

  1. Signallarini qayta ishlash.

  2. Signallardi kodlash algoritmlari.

  3. Persuptual kodlash.

  4. Xulosa.


Signallarini qayta ishlash.
Signallarni vaqt sohasi bo‘yicha ifodalashdan tashqari, chastota sohasida ham
signallar akslantiriladi, ya’ni signalda mavjud bo‘lgan chastotalar (garmonikalar)
to‘plami sifatida. Ushbu ifodalash usuli raqamli signallarni qayta ishlash tizimlarida
juda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, nutqni tahlil qilishda tovushlarni alohida
fragmentlarini tanib olish uchun chastotali tarkibiy qismlarga ajratiladi. Aloqa
kanallari orqali yuborilayotgan nutq signali kanalning chastotaviy xususiyatiga mos
kelishi uchun signallarning chastotaviy tarkibini bilish kerak bo‘ladi [2, 4, 8].
Signalni vaqt sohasidan spektral sohasiga o‘tkazish uchun asosiy algoritm -
Fure o‘zgartirish hisoblanadi. Matematik jihatdan bu signalning garmonik tashkil
etuvchilar yig‘indisidan tashkil topgan Fure qatorlari deb ataladi. Fure qatoridan
foydalangan holda har qanday davriy signalni tavsiflash mumkin. Ushbu
o‘zgartirishning muhim xususiyati shundaki, signalni vaqt sohasidan spektral
sohasiga o‘tkazish, aksincha, signalni spektral sohasidan vaqt sohasiga o‘tkazish
protseduralari mavjud. Ushbu protseduralar to‘g‘ri va teskari Fure o‘zgartirishlari
deb nomlanadi.
Signallarni diskret Fure o‘zgartirish ko‘rinishida ifodalash. Asosiy
algoritmlardan biri bu diskret Fure o‘zgartirishi (DFO‘) [11, 12]. DFO‘ algoritmini
chiqishida F(k) spektral (og‘irlik) koeffitsiyentlar to‘plami hosil bo‘ladi, bu yerda
k - garmonikaning tartib chastotasiga mos keladigan koeffitsiyent tartib raqami
(4.1-rasm).
( ) = 1 x(n)(cos(2 nk / N) − jsin( 2 nk / N))
N
F k  

(4.1)
Teskari diskret Fure o‘zgartirish esa aksincha, signalni spektral sohasidagi
ifodalanishidan vaqt sohasiga tegishli miqdordagi nuqtalarga o‘tkazishga imkon
beradi.55
(4.2)
4.1-rasm. Fure o‘zgartirishi
( ) = 1 F(k)(cos(2 nk / N) + jsin( 2 nk / N))
N
x n  To‘g‘ri diskret Fure o‘zgartirish kirish signalining cheklangan sonli
qiymatlari (2n) bo‘yicha amalga oshiriladi, bu signalni vaqti-vaqti bilan spektral
ko‘rinishga o‘tkazishga imkon beradi.
Spektral koyeffitsiyentlar F(k) signalning kirish qiymatlarini Fure
funksiyalari - sinuslar va kosinuslar bilan svyortkalash (juftliklar asosida
ko‘paytirish) natijasida olinadi.
Sin va Cos asos funksiyalari fazaviy tekisligining 0 va 90 burchak nuqtalarida
nolga teng bo‘lganligi sababli, uning yoyilmasida haqiqiy (Cos) va mavhum (Sin)
tashkil etuvchilarini o‘z ichiga oladi.

Download 360.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling