O‘zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 92.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.11.2023
Hajmi92.41 Kb.
#1773785
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ahmedova Mashhuraxon

Ijrochi mexanizmlar avtomatik rostlash va boshqarish vosita- larining oxirgi 
zvenosi hisoblanadi. Ular boshqariladigan mexanizmning o’ziga ta’sir qiladi. 
Qo’llaniladigan energiya’ning turiga ko’ra ijrochi mexanizmlar uch guruhga: elektr, 
pnevmatik va gidravlik mexanizmlarga bo’linadi. Ijrochi mexanizmlarning 
elementlari tarkibiga klapanlar, drossellar, gidravlik va pnevmatik dvigatellar, 
pereklYuchatellar kiradi.
Ijrochi mexanizmlarning ayrim elementlari sxemalarini ko’rib chiqamiz. 
Drossel (2.2-rasm, a) o’tish teshigining kesimini o’zgartirish hisobiga porshenning 
harakatlanish tezligini rostlash uchun hizmat qiladi. Drossel korpus 1 va rostlash 
probkasi 2 dan to’zi lgan. Suyuqlik yoki havo korpus teshigidan kiradi va probka bilan 
korpus orasidagi tirqishdan o’tadi. Teshikdagi probkani burib tirqish o’tish 
kesimining yo’zi rostlanadi. Drossel truboprovodga o’rnatiladi.
Teskari klapanlar (2.2-rasm, b) havo yoki suyuqlikni bir yo’nalishda o’tkazish 
uchun hizmat qiladi. Klapan ham drossel kabi truboprovodga o’rnatiladi.
U korpus 1, klapan 2, prujina 3, qopqoq 4 dan to’zi lgan. Bosim berilganda klapan 
2 qisiladi va truboprovodga sxemada strelka bilan ko’rsatilgan yo’nalishda havo 
kiradi.
Bosim berish to’xtatilganda prujina 3 klapan 2 ni dastlabki vaziyatiga qaytaradi 
va klapanning konussimon qismi teshikni ber kitadi.


Saqlash klapani bosimni belgilangan chegaralarda tutib turish uchun hizmat 
qiladi. Saqlash klapanlari ortiqcha bosimni chiqarib Yuborish uchun ham ishlatiladi. 
Klapan (2.2-rasm, v) korpus 1, sharik 2, prujina 3, tirak 4, gayka 5 dan tashkil topgan.
Klapanning o’tish teshigini sharik 2 berkitib turadi. Sharikni prujina 3 tutib 
turadi. Prujinaning tarangligi tirgak 4 bilan rostlanadi. Bo’shliqda bosim 
belgilanganidan oshib ketganda prujina 3 siqiladi va klapanni ochadi.
Ijrochi mexanizmlar sifatida gidrodvigatellar, pnevmodvigatellar va 
boshqaruvchi elektr yuritmadan foydalaniladi. 2.2-rasm, g da ikki tomonlama 
ishlaydigan porshenli pnevmodvigatelning sxemasi keltirilgan. Dvigatel shtuserlar 1, 
10, chap qopqoq 2, manjetlar 3, 4, 8, porshen 5, gilza 6, o’ng qopqoq 7, shtok 9 dan 
to’zi lgan. Bunday pnevmodvigatel katta ish kuchini hosil qiladi. Havoning kirishi va 
chiqishini ikkita klapan yoki zolotnik boshqarib turadi.
Kichik masofaga siljitish uchun egiluvchan elementli pnevmo- dvigatellar 
ishlatiladi (2.2-rasm, d). Dvigatel shtuser 1, qopqoq 2, diafragma 3, korpus 4, prujina 
5, vkladish 6 va porshen 7 dan to’zi lgan. Shtuser 1 orqali o’ng bo’shliqqa bosim 
berilganda egiluvchan element - diafragma porshenni qisadi. Diafragmadagi qat-qat 
buralmalar diafragmaning cho’zilmasdan surilishiga imkon beradi. Bosim berish 
to’xtatilganda prujina 5 porshen bilan shtokni dastlabki vaziyatiga qaytaradi. Bu 
turdagi dvigatellar to’zi lishi jihatidan juda oddiy, ishlatish uchun juda qulay. Ba’zi 
hollarda pnevmo- va gidrodvigatellarni birlashtirish variyanti kerak bo’ladi. Bunday 
qurilmaning sxemasi (2.2-rasm, e) pnevmodvigatel 1, gidrodvigatel 5, teskari klapan 
4, drossel 3, ish suyuqligi solingan bak 2 ni o’z ichiga oladi. Pnevmodvigatel 1 
porsheni gidrodvigatel 5 plunjerini suradi, gidrodvigatelda ish suyuqligi bir 
bo’shliqdan ikkinchi bo’shliqqa o’tadi. Teskari klapanlar 4 suyuqlikni kiritish
drossellar 3 esa chiqarish uchun hizmat qiladi. Bu o’z navbatilaporshenlarning 
surilish tezligini rostlash imkonini beradi.


2.2-rasm. Ijrochi mexanizmlar elementlari:
a - drossel; b - teskari klapan; v - saqlash klapani; g - ikki tomonlama ishlaydigan 
porshenli pnevmodvigatel; y - egiluvchi elementli pnevmodvigatel; e - pievmo va 
gidrodvigatellarni birlashtirish sxemasi; j - blok-kontaktli va elektromagnili klapan.
Blok-kontaktli 
elektromagnitli 
klapan 
(2.2-rasm, 
j) 
«Pusk-Stop» 
blokkontaktlari, elektromagnit 2, elektromagnit g’altaklari 3, o’zak-surgich 4, 


chiqarish klapani 5, kiritish klapani 6, kolodka 1 dan tashkil topgan. Elektromagnit 
g’altagiga kuchlanish berilganda kiritish klapani 6 ochiladi va chiqarish klapani
yopiladi. Siqilgan havo pnevmosilindrning bo’shlig’iga kiradi.
Klapan ochilgan paytda o’zak-surgich 4 dagi kolodka 1 kontaktlar 7 ni 
tutashtiradi. «Stop» knopkasini bosganda o’zak-surgich dastlabki vaziyatiga qaytadi. 
Shunda blok-kontaktlar ajraladi, kiritish klapani 6 berkiladi va chiqarish klapani 5 
ochiladi.

Download 92.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling