O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet


-jadval O‘zbekiston Respublikasining ayrim tijorat banklarida depozitlarga taklif etilayotgan miqdorlar, 2021 yil aprel holatiga


Download 286.19 Kb.
bet11/12
Sana03.12.2023
Hajmi286.19 Kb.
#1799192
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
,Muhammadqulov Sarvarjon

6-jadval
O‘zbekiston Respublikasining ayrim tijorat banklarida depozitlarga taklif etilayotgan miqdorlar, 2021 yil aprel holatiga

7-jadval
AT Mikrokreditbankning depozitlari dinamikasi, mln.so‘m


Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, Respublikamizning tijorat banklarida depozit siyosatining samaradorligini oshirish borasida o‘z yechimini kutayotgan muammolar mavjud.
Muammolarni hal etish tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirish imkonini beradi.
Mazkur muammolarni hal etish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
-majburiy zahira stavkalarini depozitlarning muddati va summasiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirish lozim;
-depozitlarning o‘z vaqtida mijozlarga qaytarilishini ta’minlash maqsadida tijorat banklarining likvidliligi va to‘lovga qobilligi ustidan amalga oshiriladigan nazorat va tahlilni kuchaytirish lozim;
-keng omma omonatchilarning mayda jamg‘armalarini jalb qilish maqsadida pochta jamg‘armasi tashkiloti tizimini rivojlantirish zarur;
-depozit bazasini shakllantirishda kredit oluvchilarni arizalarida ko‘rsatilgan muddatlarni e’tiborga olish yoki jalb qilingan depozitlarni muddatlari bo‘yicha kredit portfelini shakllantirish lozim.
Muddatsiz depozitlar mijozlarga ko‘rsatilgan bank xizmatlari uchun olinadigan komission to‘lovlar uchun manba bo‘lib hisoblanadi.
Tijorat banklarining depozit bazasining tarkibida muddatsiz depozitlar salmog‘ining yuqori bo‘lishi ularning sof foizli daromadlari hajmiga salbiy ta’sir qiladi.
Jamg‘arma depozitlari bankning boshqa resurs manbalari ichida nisbatan eng arzon resurs hisoblanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda aholining muddatli omonatlarini jalb qilish tijorat banklari depozit siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Jami depozitlar tarkibida muddatli depozitlarning salmog‘ini oshirish maqsadida banklarning foiz siyosatining samaradorligini oshirish lozim.
Aholining omonatlarini banklarga keng ko‘lamda jalb qilishni taminlash maqsadida banklarning joriy likvidliligining barqaror darajasini ta’minlash lozim.
Mijozlardan xorijiy valyutadagi mablag‘larni keng ko‘lamda jalb etish maqsadida xorijiy valyutadagi depozitlarga to‘lanadigan foiz stavkalarini oshirish lozim.
Depozitlarga to‘lanadigan foizli xarajatlar salmog‘ining barqarorligini ta’minlash lozim.
Majburiy zaxira stavkalarini depozitlarning muddati va summasiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirish lozim.
Depozitlarning o‘z vaqtida mijozlarga qaytarilishini ta’minlash maqsadida tijorat banklarining likvidliligi va to‘lovga qobilligi ustidan amalga oshiriladigan nazorat va tahlilni kuchaytirish lozim.

Download 286.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling