O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet
-rasm. AT Mikrokreditbankida depozitlari tarkibi (mln.so‘m)
Download 286.19 Kb.
|
,Muhammadqulov Sarvarjon
2-rasm. AT Mikrokreditbankida depozitlari tarkibi (mln.so‘m)
Mazkur muammolarni hal etish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: 1. Jami depozitlar tarkibida muddatli depozitlarning salmog‘ini oshirish maqsadida banklarning foiz siyosatining samaradorligini oshirish lozim. Muddatli depozitlarga to‘lanadigan foiz stavkasi mijozlarning talabiga javob beradigan bozor stavkalariga yaqin bo‘lishi lozim. Buning ustiga, depozitlarga foiz to‘lashda inflyatsiya darajasi hisobga olinishi lozim. Markaziy bank tomonidan tijorat banklari kreditlarining foiz stavkasini shakllanish jarayoniga aralashuvining har qanday shakliga chek qo‘yilishi lozim. Kreditlar bank aktivlarinint asosiy turi bo‘lganligi sababli, ularning foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilash banklarning depozitlarga foiz stavkalarini belgilash jarayoniga ta’sir qiladi. Kreditlarning foiz stavkasini pasayishi yuz bergan sharoitda banklar depozitlarning foiz stavkasini ham pasaytirishga majbur bo‘ladilar. Bu holat, pirovard natijada, mijozlarning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin. 2. Aholining omonatlarini banklarga keng ko‘lamda jalb qilishni taminlash maqsadida banklarning joriy likvidliligining barqaror darajasini ta’minlash lozim. Bunda muddati kelgan omonatlarning va ularga hisoblangan foizlarning naqd pulda o‘z vaqtida va to‘liq berilishini ta’minlashga e’tiborni qaratish lozim. 3. Mijozlardan xorijiy valyutadagi mablag‘larni keng ko‘lamda jalb etish maqsadida xorijiy valyutadagi depozitlarga to‘lanadigan foiz stavkalarini oshirish lozim. Agar respublikamiz tijorat banklarining xorijiy valyutalarda amalga oshiriladigan ssuda va boshqa aktiv operatsiyalari rivojlanganda edi, ular mijozlarning xorijiy valyutadagi depozitlariga nisbatan yuqori foiz to‘lagan bo‘lar edi. 4. Depozitlarga to‘lanadigan foizli xarajatlar salmog‘ining barqarorligini ta’minlash lozim. Buning uchun oylik va choraklik davriy oraliqlarda foizli xarajatlar tarkibida depozitlarga to‘langan xarajatlarning salmog‘ini tahlil qilib borish zarur. Ushbu salmog‘ning pasayishi kuzatilgan taqdirda, buning sabablarini aniqlash lozim. Ko‘pchilik hollarda depozitlarga to‘langan foizli xarajatlar salmog‘ining pasayishi qimmatli kog‘ozlarga to‘langan foizli xarajatlar salmog‘ining oshishi hisobiga yuz berishi mumkin. 5. Tijorat banklarining foiz marjasini xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan mo‘‘tadil darajaga yetkazish lozim. Buning uchun foiz marjasini muddatli depozitlarga to‘lanadigan foiz stavkalarini oshirish hisobiga qisqartirishimiz lozim. Ayni vaqtda, foiz marjasini qisqartirish har bir tijorat banki daromadliligining «o‘lik nukta»sini aniqlash orqali amalga oshiriladi. 6. Majburiy zaxira stavkalarini depozitlarning muddati va summasiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirish lozim. Nisbatan yuqori zaxira stavkalarini muddatsiz depozitlarga nisbatan belgilash lozim. Muddatli depozitlarga nisbatan zaxira stavkalarini belgilashda ularning muddatini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Depozit qanchalik uzoq muddatga jalb qilingan bo‘lsa, majburiy zaxirasi shuncha past belgilanishi lozim. 7. Depozitlarning o‘z vaqtida mijozlarga qaytarilishini ta’minlash maqsadida tijorat banklarining likvidliligi va to‘lovga qobilligi ustidan amalga oshiriladigan nazorat va tahlilni kuchaytirish lozim. Bank tizimini ishonchli tarzda himoya qilishni ta’minlaydigan huquqiy tartibga solish me’yorlarini yaratish lozim. Masalan, iqtisodiy normativlar barcha tijorat banklariga nisbatan bir xil tarzda qo‘llanilishi lozim. Aks holda, ayrim banklar erkin raqobat muhitidan chetga chiqib qoladi. Iqtisodiyotga davlat aralashuvining qisqarishi va moliyaviy munosabatlarni erkinlashtirilishi barqaror pul-kredit tizimini rivojlantirishga imkoniyat tug‘diradi. Bank tizimini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish orqali umumiy nobarqarorlik darajasini pasaytirish mumkinligi bank faoliyatini tartibga solish zarurligidan dalolat beradi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining depozit siyosatini amalga oshirish orqali ta’minlanadi, ya’ni: depozit operatsiyalari bank daromadining oshishga yoki kelajakda daromad olishga sharoit yaratishi kerak; bank balansining likvidliligini saqlash maqsadida depozit siyosatini amalga oshirish kerak; depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qo‘yilmalarga e’tibor qaratish lozim; depozitlarni jalb qilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan bog‘liq bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko‘rish zarur va boshqalar. Hozirgi vaqtda bu muhim omil hisoblanadi. Chunki mamlakatimiz aholisining pullik hisob-kitoblarining asosiy qismi naqd pullarda amalga oshiriladi. Ular ma’lum bir tadbirlarni kelgusida moliyalashtirish maqsadida jamg‘aradilar. Tijorat banklariresurs bazasini mustahkamlash masalasi hal qilinayotganda, albatta, aholi va korxonalarning bank obligatsiyalaridan olayotgan daromadlarini soliqqa tortish masalasiga aniqlik kiritish lozim. Chunki bank obligatsiyalarini investorlar uchun jozibadorligini oshirish maqsadida soliqqa tortish mexanizmini qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Download 286.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling