O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet


Download 186.45 Kb.
bet11/15
Sana03.12.2023
Hajmi186.45 Kb.
#1800835
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
9TAYYOR

Agar karta bloklangan bo'lsa
1. Uni blokdan chiqarish uchun hisobraqam ochilgan bank filialiga murojaat qiling.
2. Karta egasini qo'llab-quvvatlash bo'limi xodimiga parol identifikatorini ayting va bank xodimlari kod kiritilishini qayta tiklaydilar.
Agar bankomat sizning kartangizni ushlab qolsa
1. Bankingizga xabar bering va kartani bloklang.
2. Kartangizni olish uchun bankomatga xizmat ko’rsatadigan bank bilan bog'laning. Karta shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan keyin sizga qaytariladi.
3. Bankdan tashqarida oʻrnatilgan bankomatda bankomatga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning manzili va telefon raqami koʻrsatilgan boʻladi, ular bilan bogʻlanib, nima qilish kerakligi boʻyicha koʻrsatmalar olishingiz, kartani olish uchun qachon va qayerga murojaat qilishingiz mumkinligini bilib olishingiz mumkin.
Plastik kartalar bo'yicha batafsil ma'lumotni debet kartalar sahifasidan olishingiz mumkin.
Dunyodagi eng mashhur plastik kartadan foydalanishning afzalliklari va qoidalari haqida yig'ma material.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar kundalik hayotimizda yanada chuqurroq oʻrin egallab kelmoqda. Bizning mintaqamizda ushbu jarayon turli sabablarga koʻra u qadar jadal emas. Shunday boʻlsa-da, hatto mahalliy bozorlarda ham hozir UzCard terminallariga ega savdogarlarni koʻrish mumkin. Bungday odamlar taraqqiyotni oldinga qarab harakatlantiradi.
Qoʻllash doirasi:Aslida, bugun kartangizni qayerda qabul qilish yoki qilmaslik haqida soʻz yuritish oson emas – ulardan barcha yerda foydalanib kelinmoqda. Milliy toʻlov tizimi asosidagi plastik karta orqali metroda yoʻl kira haqini toʻlash yoki bozorda bir bogʻ koʻkat uchun haq toʻlash mumkin. VISA kabi jahonda eʼtirof etilgan operatorlar haqida gap ketganda, ular bilan asosan xorijiy doʻkon va butiklar, yirik mehmonxonalar, shuningdek qimmat va koʻproq chet elliklarga moʻljallangan restoranlar “doʻstona munosabatda boʻladi”. Mahalliy xizmatlardan Oʻzbekiston Havo Yoʻllarida aviachiptalar xaridini qayd etish mumkin boʻlib, uni siz VISA bilan amalga oshirishingiz mumkin.
Bunda kartasiz muomala qilib boʻlmaydigan joylarni muhokama qilish koʻproq ahamiyatga ega. Bunday joylarga asosan masofadan turib amalga oshiriladigan savdo sohalari, yaʼni onlayn-xaridlar, elektron xizmatlarga obunalar va boshqalar kiradi. Biroq, bundan qiziq misollar ham mavjud. Masalan, VISA kartasi bilan siz ezgu ishlarga oʻz hissangizni qoʻshish imkoniyatiga ega boʻlasiz: sizga sayyoramizdagi eng yirik xayriya jamgʻarmalari yoki WikiMedia kabi ijtimoiy foydali onlayn-loyihalar bilan aloqa qilish yoʻllari ochib beriladi.
VISA kartalari oʻrtasidagi farq: VISA oʻntadan koʻp karta variantlarini oʻz ichiga oladi. Eng mashhur variantlaridan biri debet kartalari hisoblanadi – bu qoʻshimcha kredit xizmatlarisiz qogʻoz pullar funksiyalarini takrorlovchi oddiy va shaffof yechimdir. Bizning bankimiz mijozlariga bunday kartalarning uch turini taklif etadi: boshlangʻich VISA Electron, standart VISA Classic va maqomga oid VISA Gold. Endi har biri toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtamiz.

Download 186.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling