O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidravlik yuritmalar
- Pnevmatik yuritmalar
Mexanikaviy yuritma qo’pol bo’lib, rostlash ravonligini ta’minlab bera olmaydi,
baland tovush chiqaradi, dastgohning konstruktsiyasini murakkablashtiradi. Lekin mexanikaviy yuritma yordamida doimiy quvvat bilan rostlanishga oson erishiladi. SHuning uchun dastgohlarning bosh harakat mexanizmlarida shunday yuritmalar ko’p uchrab turibdi. Gidravlik yuritmalar keng diapazonda rostlanishni ta’minlay oladi, surish mexanizmlarida aylanma harakatini ilgarilama harakatiga aylantirish talab etmaydi, gidravlik dvigatellar tez ishlash qobiliyati va nisbatan kichik gabarit o’lchamlarga ega. Lekin gidravlik yuritmalarni ishlashi uchun katta o’lchamli va baland tovush bilan ishlaydigan gidrostantsiyalar mavjud bo’lishi kerak. Gidravlik yuritmalar puxta qarovni talab etadi. Gidrodvigatellar cheklangan quvvat va momentlarga ega. Ushbu foydalanish kamchiliklar tufayli raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda gidravlik yuritmalar elektrik yuritmalar bilan keng ravishda almashtirilmoqda. Pnevmatik yuritmalar kichik kuchlar bilan ishlaydigan dastgohlarning mexanizmlarida hamda sanoat robotlarda qo’llaniladi. Elektrik yuritmalartezlikni keng diapazonda yuqori aniqlik va tezlikda qulay rostlash xususiyatiga ega. Sanoatda chiqarilayotgan o’zgaruvchan va doimiy tok elektrdvigatellari keng ko’lamdagi quvvat, moment va tezliklarga ega. Ular tayyorlashda texnologik jihatdan qulay, foydalanishda ishonchli va oddiy. Elektrik yuritmaning tarkibi elektrdvigatelni oziqlantiruvchi kuchli o’zgartirgich, talab etilgan rostlash sifatini ta’minlaydigan rostlagichlar va teskari aloqa datchiklaridan tashkil topgan. Elektrik yuritmalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi: Vazifasi bo’yicha: bosh, surish va yordamchi harakati uchun; Rostlash usuli bo’yicha: doimiy moment bilan, doimiy quvvat bilan, ikki zonali; Ijro etuvchi dvigatelning tok turi bo’yicha: doimiy va o’zgaruvchan tok dvigatellari; Kuchli o’zgartirgich sxemasi bo’yicha: bir va ko’p fazali boshqariladigan to’g’rilagichlar, keng impulsli o’zgartirgichlar; Avtomatik rostlash tizimi tuzilishi bo’yicha: bir konturli, ko’p konturli; Boshqarish turi bo’yicha: analogli, raqam-analogli; raqamli. Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda har bir ishchi harakati alohida yuritmalar bilan amalga oshiriladi. Aksariyat hollarda barcha yuritmalar avtomatik tarzda boshqariladi va rostlanadi. Lekin ayrim hollarda rostlanmaydigan yuritmalar ham uchrab turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling