O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh harakat yuritmasi
5-Amaliy mashg’ulot Pozitsiyali va konturli RDB texnologik jihozlar uchun boshqarish dasturini tayyorlash metodikasi Dastgoh ishchi organining harakatini ta’minlovchi mexanikaviy, elektrik, gidravlik, elektron va boshqa qurilmalar dastgoh yuritmasini tuzadi. Vazifasiga qarab dastgohlarda bosh harakat, surish va yordamchi harakat yuritmalari mavjud. Bosh harakat yuritmasi bevosita kesish jarayonini ta’minlaydi. Surish harakatlari yuritmalari zagotovka yoki kesish asbobni kesish zonasi ichida harakatini ta’minlab beradi. Yordamchi yuritmalar zagotovkalar, detallar, kesish asboblarning yordamchi harakatlari, asbob magazinlar va stollarning burilishini, sovutish suyuqliklarni uzatish va boshqa harakatlarni ta’minlaydi. Har bir yuritmaga qo’yiladigan talablar uning vazifasiga bog’liq. Bosh harakat yuritmasidan doimiy quvvatni (N e = const) ta’minlab berish talab etiladi, chunki shpindelning kichik chastotalarida asosan katta kuchni talab etadigan kuchli kesish amalga oshiriladi, baland aylanish chastotalarida esa kichik kesish kuchni talab etadigan toza ishlov berish bajariladi. Bunda shpindelning chastotalarini rostlash diapazoni 100dan oshmaydi (D shp ≈ 100). Surish harakati yuritmalaridan asosan doimiy moment bilan rostlanish talab etiladi (M = const). Surish mexanizmlarida yuritmaning asosiy kuchi ishchi organning surilishi chog’idagi ishqalanish kuchlarni yengishga sarflanadi. Surish yuritmalaridan o’ta keng surishlar diapazonini (D s ≥ 10000) ta’minlab berish talab etiladi, chunki raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda minimal surilish boshqarish diskretligi hamda teskari aloqa bilan belgilanadi. Yuritma tomonidan faqat har bir diskretani amalga oshirish orqali yuqori aniqlik va yuzaning tozaligiga erishish mumkin. Bundan tashqari surish yuritmalari tez harakatlarni yuqori tezlikda amalga oshirishi va tezlikni olish hamda to’xtashda tez ishlaydigan bo’lishi kerak. Yordamchi yuritmalar kesish jarayonida qatnashmaydi va ulardan katta rostlash diapazoni va tez ishlash ko’p holatlarda talab etilmaydi. Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda mexanikaviy, gidravlik, pnevmatik va elektrik yuritmalar qo’llanishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling