O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6AdatpaeXkNBzsF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrogidravlik qadamli yuritma
3-Laboratoriya ishi
6N13F3 rusumidagi konsolli vertikal-frezalash RDB dastgohini struktura- texnologik modellashtirish Dastgohning vazifasi va asosiy uzellari 6N13F3 rusumidagi konsolli vertikal-frezerliash RDB dastgohi tekkis, fason va katta yuzali detallarga ishlov berishga mo`ljallangan. Ushbu dastgoh universal vertikal-frezerli dastgohi asosida ishlab chiqilgan va tezliklar qutisi ko`rinishidagi asosiy harakat yuritmasiga ega. Dastgoh shpindeli 18 xil aylanish chastotasini qabul qiladi. Dastgoh shpindel babkasi, stoli va slazka qadamli elektrogidravlik yuritmalar uzatmalari bilan ta`minlangan. Dastgohning boshqaruv tizimi Dastgoh N33-14 turidagi RDB tizimi bilan ta`minlanga bo`lib, uning tarkibiga qadamli dvigatellarni boshqaruvchi qurilma, interpolyator va dastur kirgizuvchi qurilmalar kiradi. Interpolyator interpolyatsiya algoritmini realizatsiyalashga mo`ljallangan qurilmani aniqlovchi blokidan tashkil topgan. Interpolyator yordamida koordinata o`qlari bo`ylab interpolyatsiyani har bir ishtirokchisi uchun harakat ketma-ketligi hisoblanadi. Geometrik axborot X,Y,Z koordinata o`qlari bo`ylab beriladi. Elektrogidravlik qadamli yuritma Elektrik qadamli dvigatel va aylanuvchi moment gidrokuchaytirgichi elektrogidravlik qadamli yuritma asosiy uzellari hisoblanadi. Qadamli dvigatel rotori 5 muvozanatlovchi uzel gaykasi 6 bilan, kuzatuvchi zolotnik plunjeri esa vint 7 bilan ulangan. (1 rasm). Qadamli dvigatel rotori tinch turganda gilziyaga 4 nisbatan plunjer 8 o`rta holatda bo`ladi. Shuning uchun moy bosim bilan barcha gidrodvigatel porshenlariga yetib boradi va uning rotori 2 aylanmaydi. Qadamli dvigatel rotorini burilishi gaykani 6 burish, o`q bo`ylab vint 7 va plunjerni 8 birlashishi orqali amalga oshiriladi. Shu vaqtda moy nasosdan gidrodvigatelga borib tushadi va uning rotori qadamli dvigatel rotori burigan yo`nalishda buriladi. Vtulka 3 va rotor harakati shtifi gaykaga 6 nisbatan aylanadigan, o`q bo`ylab joylashadigan va kuzatuvchi zolotnik plunjerini 8 harakatlantiradigan vintga 7 uzatish vositasidir. Plunjer o`rta holatiga kelganda gidrodvigatel vali to`xtaydi. Shu yo`sinda qadamli dvigatel rotori yaxlit qadamlari gidrodvigatel orqali qayta ishlanadi Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling