O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/118
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1809058
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118
Bog'liq
6AdatpaeXkNBzsF

4-Laboratoriya ishi 
FP-17M rusumidagi konsolsiz vertikal-frezalash RDB dastgohini struktura-
texnologik modellashtirish 
Ishdan maqsad: FP-17M rusumidagi konsolsiz vertikal-frezalash RDB 
dastgohi bilan tanishish; Dastgohning texnologik imkoniyatlarini o`rganib chiqish; 
dastgohning struktura-texnologik modelini qurish. 
 
Dastgohning vazifasi 
Dastgoh 8 qatorli perfolentaga yozilgan 
dastur bo`yicha kontorli va avtomatik ishlov berish 
uchun mo`ljallangan.
1.rasm. FP-17M rusumidagi vertikal-frezali konsolsiz RDB 
dastgohining umumiy ko`rinishi: 1 – stol; 2 – stanina; 3 – ustun; 4 
– polzun; 5 – elektrodvigatel; 6 – gidrosilindr; 7 – frezer kallagi; 
8 – boshqaruv pulti; 9 – teleskopik himoya shitkalari 


Stol 1 polzun 4 uchun yo`naltiruvchi bilan perependikulyar siljuvchi stolda 
bo`ylama (koordinata Y) harakat qiluvchi ustun 3 biriktirilgan yo`naltiruvchi stanina 
2 bo`ylab ko`ndalang (koordinata X) harakat qiladi.
Vertikal yo`nalgan ustun bo`ylab freza kallagi 7 (koordinata Z) harakatlanadi. 
Shpindelning aylanishi elektrodvigatel 5 orqali amalga oshiriladi. Dastgoh 
shpindelidagi asbob-uskunalarni siqish va bo`shatish gidrosilindr 6 orqali amalga 
oshiriladi. 
Stol, polzun va freza kallagining siljish yuritmalari uzatma reduktori va 
stanina, ustun va polzunda o`rnatilgan keng vintli paralar uchyoqlama hosil qilgichli 
doimiy tok elektrodvigatel orqali amalga oshiriladi.
Asosiy harakat (freza kallagining vertikal shpindeli aylanishi) yuritmasi doimiy 
tok elektrodvigateli va 185-2055 ayl/min diapazonda 8 pog`onada sozlashni 
taminlovchi shpindel aylanish chastotali tezliklar qutisi orqali amalga oshiriladi.
Stolning eng katta programmalashgan siljishi 1600 mm, polzun 600 mm, freza 
kallagi 250 mm. Koordinatalar bo`ylab siljish tezligi pog`onasiz sozlanadi: 
koordinataning X va Y o`qlari 0,1-1500 mm/min chegarasida; Z o`qi bo`yicha 0,1-
1200 mm/min chegarasida.
Dastgohning boshqaruv tizimi konturli, uzatmalar yuritmasi - kuzatuvchi 
bo`ladi. Ishchi organlarining barcha siljishlari dastur bo`yicha avtomatik yoki 
boshqaruv pultidan qo`lda amalga oshirilishi mumkin.
Freza kallagi pinoli faqat 100 mm uzunlikdagi naladkali harakatlanadi. 
Dastgohning gidravlik tizimi shpindeldagi asbob uskunalarni siqish va 
bo`shatish, stanina yo`naltiruvchilarini, ustun, polzun va freza kallagi, uzatma 
reduktori va tezliklar qutisini moylash uchun mo`ljallangan.
Uzatmalar zanjirida teskari aloqa uchun aylanuvchi transformatorlar o`lchovchi 
qurilmalar sifatida qo`llaniladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling